Asosiy mavzular
29 yanvar 2022

Onasi ayiq qafasiga tashlagan qizaloq shifoxonada qolmoqda

Onasi hayvonot bog‘idagi ayiq oldiga uloqtirgan uch yashar qizaloq Toshkentdagi kasalxonada qolmoqda. Qizning ahvoli «qoniqarli» 5 metr balandlikdan tushgan paytida uning boshi yorilgan. «Ona» qamoqda.

Voqea 28 yanvar kuni soat 12 lar atrofida Toshkent hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan. EltuzTG ga ma'lum bo‘lishicha, hayvonot bog‘iga kelgan ayol o‘zining Zarina ismli uch yashar qizchasini ko‘pchilikning ko‘zi o‘ngida, besh metr pastda joylashgan ayiq voleriga tashlab yuborgan.

Voqea guvohlari va hayvonot bog‘i xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Zuzu laqabli ayiq o‘z volerida yotib, qizalog‘ini uning oldiga uloqtirgan ayol harakatlarini kuzatgan. Keyin sekin borib qizaloqni hidlagan va unga tegmasdan uzoqlashgan.

Bog‘ ma'muriyati matbuot xizmatining xabarida yozilishicha, bog‘ ma'murlarining urinishlariga qaramay ayolni to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmagan. “Yirtqichlar” bo‘limsi xodimlari tezkor harakat qilib, ayiqni ichki xonaga olib o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan. Hayvonot bog‘i hamshirasi, qizchani ko‘rikdan o‘tkazgan.

Qayd qilinishicha, Zarina ayiq panjalari yoki tishlaridan emas, balki 5 metr balandlikdan uloqtirish natijasida jarohat olgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga urinish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayol qamoqda, ayiqqa esa qo‘shimcha portsiya bol va qiyma berildi, deya yozadi EltuzTG sharhlovchisi.

Tag‘in o‘qing
11 aprel 2016
O‘zbekistonda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar ...
30 mart 2016
Prezident Karimov hokimiyatdan hali ketish niyati yo‘qligini aytgan, hokimiyatga yaqin shaxslar esa allaqachon hokimiyat boshqa bir kattakonning, uning kuyovi ...
17 sentyabr 2018
Bir vaqtlar Islom Karimov nonning narxini oshirmaymiz, deb katta va'da bergan, lekin keyinchalik ko‘p bora kuzatilganidek, o‘z va'dasining ustidan ...
24 avgust 2020
Respublika iqtisodini ko‘tarish uchun, eng avvalo, yer xususiylashtirilishi kerak, deya hisoblaydi Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi, qishloq xo‘jaligi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...