Catira
10 dekabr 2019

Ular buni saylov deb o‘ylashadi!

22 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan beshta siyosiy partiyadan 150 nafar deputat saylanishi lozim. Bu prezident Shavkat Mirziyoev davrida o‘tayotgan ilk parlament saylovidir. 

Bo‘lajak deputatlar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi a'zolar o‘z partiyalari ramzi tushirilgan sharflarga o‘ranib, mamlakatda saylov kampaniyasi o‘tayotganini astoydil isbotlashga urinishmoqda. 

O‘zbekistondagi saylov haqiqiysidan nimasi bilan farq qiladi? Iqtidordagi hokimiyatga siyosiy muxolifatning yo‘qligi bilan. Demokratik saylov g‘oyasi mamlakat tepasidagi hukumatga muqobil, uni boshqarishga talabgor siyosiy raqobatning mavjudligiga asoslangan.   

O‘zbek deputatlari o‘rtasidagi saylov poygasi esa hozircha bir joyda turib depsinishni eslatmoqda. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 noyabr 2016
Teramiz paxta, Yotamiz zaxda… Qornimiz och, paxtadan qoch Do‘xtirga Paxta… Qozonda makaron Oshqozon hayron Domlalar der: «Paxtani ter qolmasin ...
17 yanvar 2022
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 11 yanvar kuni paxta pullarini ololmayotgan fermerlar norozilik bildirib, “Tetrateks” klasteri binosi oldiga to‘planishdi. Fermerlarning ...
6 aprel 2020
Rassom Tuz
30 avgust 2016
Prezident Islom Karimovning na o‘lik, na tirik ekanligi davlat siri darajasida mahfiy, yangi yurtboshining kim bo‘lishi hamon noma'lumlicha qolarkan, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...