Video
30 iyun 2016

Ahmadboyning ijtimoiy tarmoqdagi ovozasi

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqda chinozlik Ahmadboy lavhalari ovoza bo‘lmoqda, bu hodisa bundan uch to‘rt yil burun prezidentning korruptsioner qizi Gulnora Karimova atrofida tarqagan gaplarga o‘xshab ketadi. O‘tgan oyda boyvachcha Ahmadni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan semizgina bolakay iltijosi bilan boshlangan tomosha xanuz davom etmokda. Bundan tashqari voqeani hukumat kanallari yoritmoqda, 30 iyun kuni O‘zbek televideniesi bu haqdagi o‘zining ikkinchi ko‘rsatuvini efirga uzatdi.

Axmadboyning hibsga olinishi “kreditorlar” orasida panika yaratdi. 4 yil davomida odamlar Ahmadboyga pul, qoramol, avtomobil va oltin buyumlarni foiz olish uchun berib kelishgan.

Huddi bir vaqtlar Gulnora Karimova shotirlari kabi, Ahmadboyning sheriklari avvaliga mijozlarini ular ortidagi shaxsning betondek mustahkamligiga ishontirishga urinishdi. Biroq bu ishonch qumdan yaralgan ehrom kabi tezgina to‘kila boshladi.

Ahmadboyning minglab mijozlari orasida yurak huruji bilan shifoxonaga tushganlar, hatto o‘lganlar borligi aytiladi. Biroq, paradoks shundaki, million million pullari hukumat foydasiga musodara qilingan bu sho‘rliklarni, xalq hazil mutoyiba bilan qarshilamoqda.

Ahmadboyning fermasiga kelgan alamzadalarning biri, sudxo‘r yigit boy otaning uchta sigirini olib ketayotganini yashirmaydi. Bu video ortidan, telegrammda Ahmadboyning sigiri degan yangi memlar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bu galgi blogimiz O‘zbekistonda moliya piramidasini yaratgan va oqibat qamoqqa olingan chinozlik Ahmadboy va u haqda urchigan lavxalar haqida bo‘ldi. Agar sizda bu yuzadan fikr muloxazalar tug‘ilgan bo‘lsa marhamat izoh koldiring, ularni boshqalar bilan baxam kuring va umuman, Eltuz saytiga kirib turishni unutmang.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 mart 2021
Ey ahli vatan! Bosdi sani muncha g‘afolat,G‘arq ayladi muncha sani daryoi jaholat,Tushdiy sani boshing uza shum zallayu razolat,Boq! Holingga ...
2 iyul 2018
Iyuldan boshlab O‘zbekistonda aroq qimmatladi. O‘zA xabarida bunga prezident Mirziyoevning sportga oid 5 martda chiqarilgan qarori sabab bo‘lgani aytilmoqda. ...
26 avgust 2020
Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Jozef A. Presel xotiralaridan 2020 yil 19 avgust Men 1997 yil oktyabr oyida ...
10 oktyabr 2024
Toshkentdagi universitetning 21 yashar studenti odam buyragini 38 ming, jigarni 43 ming hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...