Catira
10 mart 2020

Avtomobil narxi oshdi – odamlar shoshdi

«UzAvto Motors» AJ 9 martdan avtomobillar narxini 3 foizdan 21 foizgacha oshirganini ma'lum qildi. 

Bildirilishicha, oddiy aholi sotib olishi mumkin bo‘lgan xaridorgir avtomobillar narxi oshirilgan. Ular orasida Spark, Nexia, Lacetti bor.

Shunday qilib, Sparkning narxi modifikatsiyasiga qarab 10-21 foiz, Nexianiki 15-19 foiz, Lacettiniki esa 3 foiz oshdi.

Shusiz ham aholi cho‘ntagi ko‘tarmaydigan Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe avtomobillari narxlari esa o‘zgarishsiz qoldirildi.      

Sir emas, O‘zbekistonda tadbirkorlikni endigina boshlagan odam borki, o‘zbeklar orasida «bo‘lka non» degan nom bilan shuhrat qozongan Damas avtomobilini sotib olishga chog‘lanadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, Damas rusumli avtomobillar narxi muntazam ravishda oshib boradi.

Masalan, 2020 yil 8 martgacha 62 750 539 so‘m bo‘lgan Chevrolet Damas VAN narxi va eski narxi 64 696 586 so‘m bo‘lgan Damas DLX narxi bugun 21 foiz oshib, 75 928 000 va 78 283 000 so‘mni tashkil qilmoqda. 71 349 654 co‘mlik 11 foiz oshgan Damas LABOning narxi esa 79 198 000 so‘m bo‘lgan.

Chevrolet Spark LS M/T narxi 10 foiz (eski narxi — 66 602 502 so‘m), Spark LT A/T narxi esa 21 foiz ko‘tarildi (eski narxi — 76 745 952 so‘m). 

Chevrolet Cobalt LT s/k narxi 10 foiz (eski narxi — 87 060 777 so‘m), Cobalt LTZ A/T 14 foiz oshdi (eski narxi — 100 777 630 so‘m).

Chevrolet Nexia LT M/T 15 foiz (eski narxi — 75 930 613 so‘m), Nexia LTZ A/T 19 foiz (eski narxi — 89 062 015 so‘m), Nexia LT M/T Optimum Plus 15 foiz (eski narxi — 78 189 036 so‘m), Nexia LTZ A/T Elegant Plus 19 foiz qimmatladi (eski narxi — 91 320 438 so‘m).

Chevrolet Lacetti narxi 3 foiz (eski narxi — 111 116 080 so‘m), Chevrolet Lacetti (GBO) SX 3 foiz (eski narxi — 119 696 350 so‘m), Chevrolet Lacetti CDX A/T Elegant Plus 3 foiz ko‘tarildi (eski narxi — 134 104 347 so‘m).

Albatta, keltirilgan bu narxlarga «o‘zimizga mos, o‘zimizga xos» bo‘lgan «shapka», «kepka», «qistir-qistir» uchun to‘lanadigan narxlar qo‘shilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarning yangi narxiga doir noroziliklar, xaridorlarning xavotiri bildirilgan xabarlar urchib ketgani bois «UzAvto Motors» AJ rasman javob berdi

Rasmiyga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobillar narxi oshmagan, deya  quyidagicha izoh bermoqda.

Gap shundaki, 2020 yildan boshlab «UzAuto Motors» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalardagi «Spark», «Cobalt», «Lacetti» avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba'zi qo‘shimcha optsiyalar bilan jihozlanmoqda.

Shu bois, mazkur optsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya'ni avtomobil narxi o‘z-o‘zidan emas, qo‘shimcha optsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan.

Mazkur holat diler va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, shartnoma shartlariga ko‘ra, qo‘shimcha optsiyalar kiritish bilan bog‘liq ravishda avtomobil (tovar) narxi o‘zgargan taqdirda xaridor o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni to‘lashi yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.

Quyidagi jadvalda qo‘shimcha optsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha batafsil ma'lumot keltirilgan: 

«UzAvto Motors» kompaniyaci ishlab chiqarayotgan alohida modellarning narxlari oxirgi marta 2018 yili o‘rtacha 7,7 foiz oshirilgan.

Bundan sal oldin esa mahalliy avtomobillar narxi qo‘shimcha optsiyalar hisobiga «qisman oshganligi» ma'lum qilingan. 

Buni «UzAuto Motors» kompaniyasi rahbariyati 2018 yil oxirida bir qator imtiyozlardan mahrum qilingani, 2019 yildan boshlab faqat QQS to‘lovidan ozod qilingani, 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab esa kompaniya bu soliqni ham to‘lay boshlagani bilan izohlagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 noyabr 2024
RT: Xafta Ilon Mask uchirgan raketa kabi zuvv etib aylandi va men sizlar bilan yana yuzma yuzman. MS: Nichiksizla mo‘chchi ...
18 yanvar 2016
23 yoshli Sardor Milano Toshkentda Ëshlar simfonik orkestri jo‘rligida yakkaxon kontsert uyushtirishga azmu qaror qilganida “O‘zbeknavo” mulozimlari bu kontsertga ...
2 mart 2018
Prezident Mirziyoevning 28 fevralda chiqargan «vinochilikni rivojlantirish» haqidagi qarori ortidan respublika nashrlari birin-ketin bu mavzuni tashviq qila boshlashdi. «Xalq ...
3 may 2020
Hech qachon rus xalqiga kin va nafrat tuymadim. Aksincha, yoshligimda Rusiya bilan bog‘liq ishlarimda (adabiyotda kabi siyosatda ham) juda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...