Catira
10 may 2020

«G‘alaba»ni sog‘indi kimlar?

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 9 may kuni Toshkentda Xitoydan taklif qilingan haykaltaroshlar tarafidan “neostalinizm” uslubida barpo etilgan G‘alaba bog‘ini ochdi va u yerdagi «Matonat madhiyasi» deb ataluvchi yodgorlik poyiga gul qo‘ydi.

Yangi bog‘ Toshkentning Olmazor tumanida 12 gektar maydonda prezident Mirziyoevning tashabbusi bilan 9 may kuniga qurib bitkazildi.

O‘zbekiston prezidentining “Kremlga oshiqligi” tarmoqdagi ba'zi vatanparvarlar e'tirozini uyg‘otdi.

Tarmoq faoli Muzaffar Ne'matov nazarida Mirziyoev kundan kunga O‘zbekistonni Rossiya orqa bog‘chasi qilishga shoshayotgani taassufli holat:

“Hukumat yetakchilari 2-jahon urushiga bag‘ishlangan postlarida bu kunni ozodlik uchun kurashdagi g‘alaba, deb talqin qilishibdi. Bu yerda bir muammo chiqib qolyapti. Agar biz fashizm changalidan ozodlikni saqlab qolish uchun kurashgan bo‘lsak, biz g‘alaba qozonib ozodligimizni saqlab qolibmiz. Unda biz 1991 yili qaysi davlatdan mustaqil bo‘lib chiqdik? Axir biz 1945 yili fashizm ustidan g‘alaba qozonib, ozodlikni saqlab qolgan ekanmiz-ku? Yana qaerdan keldi unda 91-yil mustaqilligi?»

O‘zbekistonlik yana bir faol Anvar Nazir bu holatni bunday sharhladi:

«Sovet tizimi va OZODLIK – bu bir-biriga zid tushunchalar! Agar Sh.Mirziyoev teskarisini o‘ylasa, unda unga, aynan unga, chunki shu urush mavzusini aynan shu prezident bizga sindirmoqda, savollarim bor:

Qanaqa ozodlik haqida gap? A.Qodiriyning, millatimizning eng ulug‘ buyuklarining boshini yeb, merosini o‘chirib tashlashga harakat qilgan stalincha tizim o‘zbek uchun ozodlik ramzimi?

Tilimizni ikkinchi darajali tilga aylantirgan tizimning biz uchun «ozodligi» nimadan iborat?

Ona tariximizni, ona adabiyotimizni tsenzura orqali faqatgina sovetga loyiq ko‘rinishda mumkin qilgan sovetning men, o‘zbek uchun qaysi tomoni ozodlik bilan bog‘liq?

Propiska, chetga chiqish taqiqlangan, so‘z erkinligi va vijdon erkinligi yo‘qligi, shaxsiy mulkning taqiqlanganligi, bitta partiyalik, kommunizmga hamma majbur bo‘lgan ishonish, ishonmasa jazolanardi, paxta majburiyati – shularning hammasi OZODLIKMI??

Gitlerda esa Markaziy Osiyoni bosib olish rejasi bo‘lmagan! Yaxshi inson bo‘lganligi uchun emas, unga Yevropa, Osiyoda esa Britaniya imperiyasiga tegishli Hindiston qiziq edi va bu fakt! Shunga bizni nemislar yo‘q qilishmoqchi edi, degan gaplar yolg‘on.

Va eng qizig‘i, biz hatto 1991 yili ozodlikkka erishmadik, chunki sovetdan qolgan propiska, tsenzura, bosimlar bugun ham bor. Shunga ozodlik biz uchun na 1945 yili kirib keldi, na 1991 yildan keyin. Afsus».

“Eltuz” uchun karikaturalar chizayotgan rassom Kirpi urush g‘olibini sog‘ingan o‘zbekning bu holatini o‘z hajviy suratida aks ettirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 mart 2024
Salom qadrli muxlislar Eltuzga kelayotgan so‘nggi beshta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Namangan, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan ...
19 noyabr 2018
Ijtimoiy tarmoqda Namanganning 5-mikrorayonida qurilayotgan Eyfel minorasi nusxasining dastlabki fotosuratlari paydo bo‘ldi. Parijning mashhur Eyfel minorasi nusxalarini bugungi kunda ...
26 noyabr 2019
Bu galgi «Yozarning sasi» ruknida «Eltuz» O‘zbekiston xalq shoiri, 98 yashar adib Shukrullo domlaning fikrlarini e'tiboringizga taqdim etadi. Shukrullo ...
29 iyun 2017
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Sudya och ekan, prokuror to‘q ekan. Sudyaning alvasti kabi xotini, yiqilay deb turgan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...