Catira
11 avgust 2020

Senat raisi mamlakatdagi o‘g‘irliklar haqida gapirdi

O‘zbekiston Senatining 7 avgust kuni ochilgan oltinchi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboeva mamlakatda korruptsiya avj olganini ta'kidladi.

«Koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun ajratilayotgan mablag‘lar, aniqrog‘i, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari talon-taroj qilinayotgani bizni tashvishlantirmoqda. Xususan, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi sanitariya epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan umumiy hisobda bir milliard 750 million so‘mdan ziyod mablag‘i talon-taroj etilganiga jiddiy e'tibor qaratish taqozo etiladi», dedi u.

Palata raisi, shuningdek, oliy ta'lim sohasida korruptsiya deyarli barcha bosqichlarda mavjudligi, bu mamlakat ta'lim tizimi reytingiga jiddiy ta'sir ko‘rsatayotganini ta'kidladi.

«Mana, bugungi kunda buning oqibatida respublikadagi birorta oliy o‘quv yurti dunyo oliy o‘quv yurtlari reytingidagi mingtalikka kira olmagan», dedi Norboeva.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2018
Jizzaxlik olti nafar faol 21 fevral kuni itlarga qarshi terrorni to‘xtatishni talab qilib, jamoatchilikka va hukumatga murojaat qildi. Jonivorlar ...
11 noyabr 2019
«Eltuz» nashri «Yozarning sasi» ruknida taniqli o‘zbek shoirasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 67 yashar Qutlibeka Rahimboevaning millat va ...
1 iyun 2021
Toshkentlik faol Aleksey Garshin Shovvozsoyda Mirziyoev tegishli ekani aytiladigan dam olish maskani yaqinigacha yetib bordi. Bu Toshkent viloyatining Ugom-Chotqol ...
8 mart 2017
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinning O‘zbekistonga sirli tashrifi na mahalliy matbuotda, na biz kuzatishga muvaffaq bo‘lgan rus ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...