Catira
16 noyabr 2020

Dars o‘rniga Ozodbekning qo‘shig‘i

O‘zbekiston maktablarida darsdan oldin madhiya kuylanib, tanaffusda maxsus radiokarnaylardan vatan mavzusidagi she'r va qo‘shiqlar eshittirila boshlandi.

Joriy qilingan bu qoidaga yozuvchi va sobiq mulozim Murod Muhammad Do‘st munosabat bildirdi:

“Yangi O‘zbekistonda o‘quvchilarning 9 oy davomida dars oldidan madhiya kuylashi rasm bo‘larkan. Albatta, bu – ming tasadduq aytishga arziydigan go‘zal tashabbus. Lekin, afsuski, ta'til payti negadir tashabbuskorlar e'tiboridan chetda qolibdi.

Ayni dolzarb masalani zudlik bilan hal qilishni mahalla vazirligiga yuklashni talab qilishimiz kerak. Ta'til yanada mazmunli o‘tishi uchun qo‘shimcha tadbir sifatida ommaviy madhiyabozlikka ota-onalaru boboyu buvilarni ham jalb qilish foydadan xoli bo‘lmaydi. Har tongni bezaydigan yangi qutlug‘ tadbirni har shomga ham ko‘chirish tajribasini biror viloyat yoki kattaroq shahar miqyosida sinab ko‘rish mumkin”.

«Eltuz»da nusxasi bo‘lgan hujjatda tanaffusda maxsus radiokarnaylardan Ozodbek Nazarbekovning yettita qo‘shig‘i navbatma-navbat kuylanishi borasida ko‘rsatma berilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 mart 2024
Turkiyaning Denizli Honaz’ida yashagan 3 bolaning otasi 59 yashar pensiyadagi fermer Ramazon Oqboy (Ramazan Akbay) bundan to‘rt yil oldin xotini ...
2 sentyabr 2021
Bundan yuz yil burun bolsheviklar va Yosh buxoroliklar qo‘li bilan Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxon ag‘darilgan edi. Bir asr ...
7 dekabr 2020
Rassom Kirpi karikaturasi
23 yanvar 2017
«Kecha Mirziyoev. Sh.M ketishi bilan 3 kundan beri o‘chmay turgan chiroqlar boshladi o‘chishni» deya yozdi to‘rtko‘llik shifokor Alimardon Sultonov. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...