Semizlar tarozida tortilib, «semiz daftar»ga yozilmoqda
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida MFY amaldorlari tarozi ko‘tarib, odamlar vaznini o‘lchab yuribdi. Haddan oshiq semizlar esa maxsus daftarga xatlanmoqda.
Kelajakda bu “semizlar” maxsus tadbirlarga jalb qilinadi. Bu tadbirlarda ularga semizlikning zarari haqida nasihat qilinadi.
“Semizlikni qo‘y ko‘taradi”, degan maqol mazmuni mana bunday. Qo‘y boqishdan maqsad uni semirtirish. Chunki oxirida u so‘yiladi. Ammo odam ortiqcha semirib ketsa, oqibati yomon bo‘ladi.
Bundan oldin davlat amaldorlari, bojgir va IIB xodimlarining vaznini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi.
O‘zbekistonning aksar aholisi ortiqcha vazn bois turli kasalliklarga yo‘liqqani haqida xavotirlar mavjud.
Eltuz.com