yakshanba,
8 dekabr 2024
20 yanvar 2021
Musiqani tark etib mulla bo‘lgan qo‘shiqchi prezidentlikni xavas qildi
Shariat taqiqlagani bois qo‘shiqchilikni tark qilgan Jahongir Otajonov joriy yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishini ma'lum qildi.
“Ochiqdan ochiq aytaman, meni ham Prezident bo‘lish niyatim bor va albatta bo‘laman, deb umid qilaman. Prezident bo‘laman va O‘zbekistonni rivojlantiraman. Xalqning gullab-yashnab yashashiga erishaman. Albatta, men bu gapim bilan hozirgi kundagi davlat rahbariga hech qanday “pretenziya” qilayotganim yo‘q va bunga haqqim ham yo‘q. Ular ham qo‘ldan kelgancha harakat qilyapti ”, deydi u.
Rassom Kirpi,
Eltuz.com