Rassom Tuz: Mirziyoev Toshkentni megashaharga aylantirmoqchi
Mirziyoev «Toshkentni 8 million kishi yashaydigan megashaxarga aylantiraman» dedi. Nega?
Tirbandlik, moshn mo‘risidan chiqqan tutun va boshqa yuzlab omillar ortidan gigant shaxarlar modadan chiqayatgan kichik eko smart shaharlar trendga kirayotgan paytda bu demoda gap qag‘dan chiqdi?
Gayana maslahat berdimi? Ë Alijon do‘mla qumaloqqa qarab pol ochdimi? Ëki Aripovning xitoy mushovirlari shipshidimi?
Moskva katta shahar, qolgan joy bomjyatnik degan sxema o‘tkan asrda SSSRga qo‘shilib yo‘q bo‘lishi kerak edi.
Katta shaxarlar xuddi miyasi kichik, ammo gavdasi ulkan dinozavr kabi yo‘qolib ketishga mahkum.
Ispaniyada poytaxt Madriddan ko‘ra Bilbaao, Malaga yoki Barselona rivojlangan. Germaniya ham bir tekis rivojlangan farovon shaharlardan iborat.
Kelajak kichik shaxarlarniki. Piyoda yoki elektr skuterda yurasiz. Maktab, kasalxona, apteka, muzey kabi binolar bir qadam. Bank va hokimiyat tizimi faqat onlaynda xizmat beradi.
Xullas, Toshkentni dinozavrga aylantirish tufta ideya. Faqat bir narsa meni ovuntiradi. O‘zbekistonda hech bir g‘oya oxirigacha olib borilmaydi. Tovuq¸ limon va qalampir ekish vasvasasi kabi.
To‘ytepani smart shahar qilamiz deganda qarg‘alar kuluvdi. To‘ytepani nomidan nishon ham yo‘q.
Toshkentni semirtirish 2045 yilgacha amalga osharkan. Ungacha yo eshak yoki poshsho o‘lishi tayin.
Mendan so‘rasangiz. Toshkentni o‘z xolida qoldiring. Samarqand bilan Buxoro orasidagi cho‘l zonasida xuddi Dubay kabi yangi shaxarlar yarating. Poytaxtni Samarqandga ko‘chiring.