Kamoliddin Rabbimov antisemitizmni parvarishlaydigan «vazifa»dami?
O‘zbekiston antsemitizm chaqiriqlar va nafrat propgandasi jazosiz qoladigan platformaga qachon aylandi?
Tamal savodi bo‘lmagan, Yevropa ilm dunyosida hech qachon sotsiolog deya e'tirf qilinmagan Rabbimov antisemitizmi allaqachon «irqchilik»ning tuban ko‘rinishini kasb qila boshladi.
O‘zbekiston bilan teng huquqli va do‘stona dipomatik aloqalarga ega Isroil davlati va yahudiylarga oshkora nafrat propagandasi bu qo‘shtirnoq ichidagi sotsilog botib ketgan botqoqning qanchalik chuqurligidan dalolat.
Irqchilarga xos xususiyat qo‘liga lupa olib o‘z nazarida dushman bilgan irq vakilini qidirib «fitna nazariyasi» qolipida tamg‘alash va sazoyi qilishga chorlashdan iborat.
Rabbimov ismli antesimit degenerat o‘zi yozgan manovi aljirashda o‘zbek yozuvchilari orasidan «yahudiy izini» qidiradi.
Yahudiylar xozirgi O‘zbekiston hududida o‘zbeklar bilan yonma-yon yashab kelgan.
Buxoro musiqa san'ati, shashmaqom va zamonaviy musiqa san'atining sayqallashib mukammallik kasb qilganida yahudiylarnimng zalvorli hissasi bor.
Rassom Garrik Zilberman O‘zbekiston va ayniqsa Boysun manzaralarini mehr bilan tasvirlagan. Filolog olim Natan Mallaev tadqiqotlari, “Toxir va Zuhra” filmini suratga olib dunyo darajasiga chiqargan Daniil Demutskiy, mumtoz qo‘shiqchilar Berta Davidova, Abram Tolmasov, Muhabbat Shamaeva…. Hatto o‘zbeklar haqidagi eng qiziq film «Mahallada duv-duv gap» filmi stsenriysini yahudiy yozuvchi B. Rest yozgan.
O‘zbekiston madaniyat va san'ati¸ ilm fani turli milat va elatlarning yuz yillar davomidagi intilish va mehnatlaridan tarkib topgan gulzor. Buni asrash va Rabbimov kabi antsemit¸ chala mulla va radikalistlarga bu gulzorni toptab Yaqin sharqdagi razborlarni O‘zbekistonga import qilib nafrat urug‘ini sochishiga yo‘l qo‘ymaslik bu milliy vazifa.
Aslida antisemitizm va odamni milliy mansubligini kamsitish O‘zbekkiston qonunlariga asosan jazolanishi kerak. Antisemitizm va irqchilik chaqiriqlarini so‘z va ifoda erkinligiga aloqasi yo‘q. Bunday propagandani parvarishlaganlar xuddi kasal tashuvchi virus kabi izolyatsiya qilinishi kerak.