ART-DURBIN
2 avgust 2021

Rahim Ahmedov – o‘zbek Gogeni va rassomlar vaziri

Taniqli o‘zbek rassomi Rahim Ahmedov tirik bo‘lganida 100 yoshga kirgan bo‘lar edi.

Rahim aka nafaqat ijodi balki turli qarashdagi rassomlarga yetakchi bo‘lib, bir yoqadan bosh chiqara olgan chapani rahbar sifatida ham esda qoldi.

Sovet O‘zbekistonida rassomlar vaziri bo‘lgan Rahim Ahmedov 26 yil mobaynida “Rashidov eshigini oyog‘i bilan tepib ochib”, rassomlar muammolarini hal qilib berdi.

O‘zbek rassomlari Rahim Ahmedovning mamlakat madaniy va marifiy dunyosiga qo‘shgan hissasi haqida turli fikrda.

Ayni paaytda uning yorqin shaxsiyat ekani va ijodkorga sharoit yaratish borasida asosiy motor bo‘lgani borasida ziddiyatli fikrlar bor.

Surxandaryolik qiz. 1959
Surxandaryolik qiz. 1959

Rahim aka rassomlarga bosh bo‘lgan davr Rashidov davri edi. Iqtisodiy barqarorlik hukm surgan mo‘l-ko‘l bir zamon edi.

Mamlakatda ko‘plab iddaoli va yaxshi ta'lim olgan rassomlar mo‘yqalamlarni bo‘yoqqa dadil botirib, mavjud quyushqonga zid tarzda matoga chaplagan zamon.

«Kolxozchi Merganov portreti», 110x120 sm., 1984 y.

Shafaqatsiz tsenzura yumshagan davrda rassomlar vaziri Rahim Ahmedov turfa qarashdagi va qarama-qarshi lagerdagi musavvirlar bilan murosaga borishga majbur edi.

Stalin davrida yetishgan Rahim Ahmedov umrining oxiriga qadar avtoritar boshqaruv uslubini saqlab qoldi. Buning oqibatida ko‘plab dushmanlar ham orttirdi.

Avtoritar harakterga ega bo‘lishiga qaramay, Rahim aka talantli odamlarni his qilar va ularning qadr – qimmatini joyiga qo‘yishga intilar edi.

Shunisi g‘alatiki, aynan sovet hukumatining turg‘un va mahdud yillarida o‘zbek rassomlari o‘zlarini bugungidan ko‘ra dadil, bugungidan ko‘ra to‘q his qilib qaddini tik tutishar edi.

O‘zbek rassomlari bugungidan farqli tarzda sovet davrining ta'minlangan, o‘ziga to‘q va jamoat hurmatiga noyil bo‘lgan o‘rta sinfini tamsil qilgan.

«Opa-singillar», 1958

Rahim aka davrida rassomlarga ustaxonalar qurib berildi. Ijodkorlarga kvartiralar berildi. Dam olish uylari, sanatoriy va oromgohlar rassomlar uchun eshigini lang ochgan davrlar edi.

O‘zbek Gogeni Rahim Ahmedov portret va natyurmortlar ustasi sifatida ot qozondi. Ammo u rangtasvirning barcha sohalarida birdek mohirona rasmlar chizar edi.

Rassomning Surxondaryoga safarini frantsuz rassomi Pol Gogenning Taitiga qilgan safariga o‘xshatishadi.
Surxondaryo turkumidagi asarlar koloriti nimasi bilandir Gogen asarlarini eslatadi.

«Yoz», 1960

Plastika va rangni his qilish, usta san'atkorgagina xos dadil rangtasvir uslubi, kolorit tiniqligi va liniyalar uyg‘unligi Rahim Ahmedovni O‘zbekiston tasviriy san'atining ulug‘ vakili bo‘lishiga omil bo‘ldi.

Akmal Rizaev,
o‘zbekistonlik muallif taxallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 noyabr 2015
30 oktyabr kuni militsiya xodimlari Yakkabog‘ tumani Amir Temur jamoa xo‘jaligi, Xo‘ja Ilg‘or mahallasida yashovchi Manzura Turobovaning 6 sigiri ...
19 iyul 2016
Bugun O‘zbekistonning taniqli va jasur jurnalistlari bo‘lgan Galima va Bagila Buxarboevalarning onalari Manzura Buxarboeva vafot etgani haqida xabar topdik. ...
11 yanvar 2022
Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Shuhratovichga sabr tilaymiz. Chunki uyni o‘g‘ri ursa, buyam bitta musibat-da. Joriy yil 4 yanvar ...
22 oktyabr 2022
Muxbir: To‘liq asarlar to‘plamingiz chiqayotgan ekan. Adashmasam, 9 tom. Bu juda katta hajm! Men hursand bo‘ldim. Turklar buni «Kulliyot» ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...