Jizzaxlik xamshiralar ko‘cha tozalashga jalb qilinmoqda
Malohat Eshonqulova
Eltuz.com
Ular “Do‘stlik” tuman sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari edi.
Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay ular, erta tongdanoq M-39 magistral yo‘lining Sirdaryo chegarasidan to Paxtakor tuman hududigacha bo‘lgan yuzlab kilometr masofadagi yo‘l yoqasini tozalash, supurib-sidirish ishlariga jalb etilganishgandi.
Intervyu – Do‘stlik tuman birlashgan shifoxonasi nervopotologi Risolot opa bilan suhbat
Obodonlashtirish ishlarida ko‘maklashishga “O‘z hohishimiz bilan chiqdik” niqobi ostidagi ushbu “hashar” O‘zbekistonda uzoq yillardan beri davom etmoqda.
Tibbiyot – o‘ta nozik va murakkab soha, inson salomatligi, hayoti uchun muhim kasb.
Biroq, noyabr oyining birinchi o‘n kunligida paxta yig‘im-terimidan qaytgan shifokorlar hayal o‘tmay “obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga aylantirildi”
Inson hayoti bilan kurashayotgan tibbiyot xodimining ruhiyati tiniq va jismonan bardam bo‘lishi, charchoq unga begona bo‘lishi lozim.
Bizni o‘ylantirgan yana bir narsa, modomiki, tibbiyot xodimlari dehqonlarning o‘rniga paxta terar, obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari o‘rniga yo‘l yoqalarini tozalarkan, u holda yuqoridagi soxa xodimlarining davlatdan oladigan maoshi qancha?
Bu qo‘shimcha ishlar uchun tibbiyot xodimlarining oladigan ish haqichi?
O‘zbekiston hukumati tibbiyot xodimlariga bemorning salomatligiga mas'ul bo‘lganligi, kasallarni davolagani uchun oylik maosh tayinlaydimi, yoki paxta yumushlaridagi ishtiroki, yo‘l chetlarini tozalaganiga haq to‘laydimi?
Shifokorlarning mahalliy hokimiyat tomonidan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga aylantirilishiga oid siz ko‘rayotgan ushbu tasvirlar, O‘zbekistonda hech bir kasb egasi o‘z ishiga mas'ul emasligidan, turli kasb egalari o‘z ishlarini uddalay olmayotganligidan dalolat emasmi?
Zero, bunday “becpredel”ga hukumatning o‘zi izn berib qo‘yibdi.