Video: «Toshkent sindromi»
O‘tgan hafta AQSh Davlat departamentinning trafiking bo‘yicha yangi hisobotida yangi reytingida O‘zbekiston paxtachilikdagi majburiy mehnat bois eng past darajaga tushirildi. Bu hisobot dunyoning 188 mamlakatini o‘z ichiga olgan.
Trafiking – odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat. Uning qurbonlari jazo tahdidi ostida mehnat qilishga majbur.
Bu haqda maqola chop etilgach, Eltuz.com nashriga juda ko‘p salbiy izohlar kela boshladi. Ularda ko‘pchilik amerikani so‘kmoqda, bunday reytinglar hasad tufayli ekani aytilib “pindos”larga mamlakat ichki ishiga aralashmaslik maslahat berilmoqda.
Ayrimlar esa bolalikda paxta terishganini nostalgiya bilan eslashadi.
«Hozir 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar paxtaga jalb qilinmaydi. 6 sinfda o‘qib yurganimda paxtaga olishgan…» deya yozdi Gulora ismli muxlis.
Uch yildan buyon maktab o‘quvchilarining paxtaga majbur qilinmasligi rost. Biroq, tanqidni yoqtirmayotganlar, bolalarning ayni horijliklar tanqidi bois terimdan ozod qilinganini aytishni istashmaydi.
Buning yanada isnodli tomoni, na ota onalar, na o‘qituvchilar o‘z farzandlarini himoya qila olishmaganida.
Bu yil O‘zbekiston reytingi tushirildi. Chunki hukumat bolalar ortidan kattalarni ham paxtadan ozod etish yo‘lida hech narsa qilmadi. Aksincha, uning o‘zi majburiy mehnat tashkilotchisi bo‘lib qolmoqda.
Qudrat Bobojon,
Eltuz.com