Asosiy mavzular
29 mart 2017

Mirziyoevga ham kuyov, ham tansoqchi

Mirziyoevning kuyovi Otabek Shaxanov, O‘zbekiston prezidentining Qozog‘istonga rasmiy safari chog‘ida o‘zbek delegatsiyasi tarkibida ko‘rindi.

22-mart kuni tasvirga olingan prezident Mirziyoevning Ostonaga ilk rasmiy tashrifi aks etgan video tasvirlarda, unga kuyovi Otabek Shaxanovning hamroh bo‘lganini ko‘rish mumkin.

5-mart kuni Ashxobodga ilk rasmiy tashrifi chog‘ida ham Turkmanistonnig rasmiy telekanallari Shavkat Mirziyoevga uning kuyovi Otabek Shaxanov hamrohlik qilganini tasdiqlovchi tasvirlarni uzatgan edi.

Otabek Shaxanov prezidentning kenja qizi Shahnoza Mirziyoevani eri bo‘ladi.

Bundan ilgari Eltuz nashri Otabek Shaxanovning prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida, o‘z manbalariga tayanib xabar bergan edi.

Biroq kuyov bo‘lmishning rasmiy tashrif chog‘i prezident Mirziyoevga nimaga hamroh bo‘lgani, uning lavozimi haqida hech qaerda aniq rasmiy ma'lumot yo‘q.

Bugun Kanadada yashayotgan, Mirziyoev tabiatini yaqindan biladigan o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Ashur, prezidentning faqat o‘z yaqinlarini davlat xizmatlariga tayinlayotgani sababini boshqalarga ishonmasligi va unga qarshi kompramatlar tayyorlanishidan qo‘rquv tuyg‘usi bilan izohlaydi.

Eltuz nashri shu yilning boshida Karimov o‘limidan so‘ng, Mirziyoev jumladan, katta kuyovi Oybek Tursunovni ham yuksak lavozim – prezident ma'muriyati raxbari Zelimxon Haydarovning o‘rinbosari etib tayinlagani haqida yozgan edi.

Video: https://youtu.be/W7psaznMCQQ

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 avgust 2017
Yodgor Obid – 1940 yilda Toshkent tumani Ko‘kterak mavzeyida tug‘ilgan. Moskvadagi Oliy adabiyot Institutida tahsil olgan. «Oqqush ertagi» nomli ...
1 yanvar 2022
Qadrli Eltuz kanali ko‘rarmanlari va obunachilari. Cizlarni avvalo kirib kelayotgan yangi 2022 yil bilan tabriklamoqchimiz. O‘tgan 2021 yil O‘zbekiston ...
1 fevral 2021
Davlat xavfsizlik xizmatining 7-bo‘linmasi sobiq tezkor xodimi Sherzod Haitov dekabr oyining birinchi yarmida DXX xodimlari tomonidan hibsga olindi. Bu ...
1 aprel 2022
«NATO degan ajdar, tilidan oqar zaxar» Toshkentdagi 150 son maktab o‘quvchilariga NATOning yovuz tashkilot ekani haqida «darsda uqtirilgan» Xalq ...
Bloglar
23 may 2023
Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va ...
22 may 2023
O‘zbekistonning o‘risqul hukumati yana bir sanktsiyaga tushgan Ukrainaga qarshi urush aybdorini Toshkentga chaqirib siyladi. Ukrainadagi ...
20 may 2023
Eltuzning dushman emas balki do‘st ekanligini eng birinchi anglab tushunib yetgan ilk rasmiy kishi bu ...