Maktab direktori: Hokim mendan kattalarni ham urdi, shunga jim turdim
Sirdaryo viloyatining Sayhunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiev kaltaklagan maktab direktorlaridan biri «Eltuz» nashriga intervyu berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mushtumzo‘r hokim o‘zini ko‘rsatgan majlisda safga tizilib, kaltaklangan maktab direktorlari bilan birga, jami 40 dan ziyod turli soha vakillari bo‘lgan.
U avgust oxirlarida Sirdaryo viloyatining Sayyohunobod tumani markazida o‘tkazilgan Mustaqillik tadbiriga maktabi o‘qituvchilarini jalb qilmagani uchun kaltak yegan maktab direktorlarining biridir.
«Men tadbir boshlanishiga juda oz vaqt qolganda xabar topdim. U yerga borish uchun o‘qituvchilar velosipedda, mashinada, piyoda katta ko‘chagacha chiqib olishlari, shundan so‘ng avtobusga chiqishlari kerak», deydi maktabi tuman markazidan besh kilometr uzoqda joylashgan maktab direktori.
U hokimlik tadbirlarida qatnashishga o‘qituvchilarni doim ham majburlash oson emasligi, o‘rtada kaltak maktab direktori boshida sinishini aytdi.
«Bunday voqealar ko‘p bo‘ladi, agar hamkasbimiz uni videoga olmaganida bu holatni hech kim bilmasdi ham», dedi u.
Eltuz.com