Asosiy mavzular
4 oktyabr 2017

Jurnalist Solijon Abduraxmonov qamoqdan chiqarildi

4 oktyabr kuni tushdan keyin 67 yoshli mahkum jurnalist Solijon Abdurahmonov Qarshidagi Shayxali qamoqxonasidan ozod etildi. Foto: Huquq faoli Abdurahmon Tashanovning feysbuk sahifasidan.

2008 yilning 10 oktyabrida siyosiy motivlar bilan qamalgan o‘zbek jurnalisti Solijon Abduraxmonov roppa rosa to‘qqiz yil qamoq jazosini o‘tadi.

O‘sha yili jurnalistning mashinasiga giyohvand tashlanib qamoqqa olinganidan buyon o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistondagi ochiq jamiyat, inson huquqlari tashkilotlari, xalqaro va diplomatik idoralarning jurnalist himoyasiga qilgan chiqishlari javobsiz qoldi.

2014 yilning 30 noyabri kuni esa Yoxann-Filipp Palma nomidagi nemis jamg‘armasi Solijon Abdurahmonovni yuksak xalqaro mukofotga taqdim etdi.

Bu tantanali marosimda ham na Abduraxmonovning o‘zi, nada uning qarindoshlari ishtirok eta olishmadi.

Germaniyaning Shorndorf shahrida o‘tgan 2014 yil uchun So‘z va matbuot erkinligi mukofoti laureati bo‘larkan mukofotni uning horijdagi hamkasblari qabul qilib olishgan edi.

Qoraqalpog‘istonlik jurnalist Solijon Abdurahmonovning ozod etilishidan bir kun oldin, «Eltuz» nashri boshqa bir faol, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan 38 yashar A'zam Farmonovning ham qamoqdan ozod etilgani haqida xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 may 2022
Taniqli kinopublitsist Abdulaziz Mahmudov og‘ir xastalikdan so‘ng  8 may kuni 71 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda Eltuzga uning ...
4 mart 2022
Bahor kelsa, o‘rtoqlar, uyg‘onadi o‘tloqlar. Mana o‘lmagan qul bahorga ham yetdik. Og‘zimiz ko‘kka tegadigan bo‘ldi. Ko‘k barak, ko‘k somsa. ...
4 avgust 2018
Ezgulik farishtalari 21 yillik qamoqdan yupun chiqqan mahkumga kiyim eltayotgan bir paytda SNB va MVDdagi yovuzlar sobiq mahbusning keyingi ...
10 sentyabr 2019
Qoraqalpog‘iston IIV tergov boshqarmasi mahalliy huquq faoli Azimboy Otaniyozov, shuningdek, uning qizi va ayolini 7 sentyabr kuni shoir Mahmud ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...