Ulug‘bek Ashur prezident Mirziyoevni hajv qilib qo‘shiq kuyladi
Kanadalik 54 yoshli o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Ashur prezident Shavkat Mirziyoevni hajv qilib qo‘shiq kuyladi.
«Shavkat aka!» deb nomlangan qo‘shiq klipiga ikki yil davomida «Eltuz» nashrida chop etilgan karikaturalar asos bo‘ldi.
Ulug‘bek Ashur shu yilning 27 sentyabridan buyon turmada nohaq qolayotgan hamkasbi Bobomurod Abdullaning so‘nggi ikki qo‘shig‘i uning ham qo‘shiq kuylashiga turtki bo‘lganini aytadi. «Bu qo‘shiqni Bobomurod bilan birga duet tarzida kuylashni niyat qilgan edik», deydi u.
Jurnalist musiqiy satira bugungi o‘zbek zehniyatiga ta'sir o‘tkazishda eng kuchli vosita bo‘lishi mumkinligini aytadi.
Ulug‘bek Ashur o‘zining jurnalistik faoliyati bois muayyan vaqt qamoqda bo‘lgan. Xalqaro matbuot va inson huquqlari tashkilotlari harakati natijasida 2006 yilning 8 noyabrida ozod qilingach, Kanadadan siyosiy boshpana olgan.
Video: https://youtu.be/iEdBCEcRgow
Elruz.com