O‘zbek ayoli kalish ichida 5000 quti sigaretni Turkiyaga olib kirishga urindi
Istanbuldagi Otaturk aeroportiga Toshkentdan uchib kelgan o‘rta yoshdagi o‘rangan o‘zbek ayoli 5000 quti sigaretani yashirincha o‘tkazmoqchi bo‘lganida bojgirlar qo‘liga tushdi.
O‘zbek ayolining shuncha sigaretani o‘z bagajiga yashirgani kontrabanda mollarga o‘rganib qolgan tajribali turk bojgirlarini ham hayratga soldi.
Turk politsiyachilaridan ba'zilari sigareta mohirona yashirilganidan zavqlanib kulishdi. Sigaretalar o‘zbek vatandoshlarining sevimli oyoq kiyimi bo‘lgan kalishlar ichiga bekitilgan edi. Bundan tashqari, sut bidonlari, termos va konfet qutilarining ichiga ham sigaretlar yashirilgan edi.
Katta qilib yopilgan samarqandcha nonlarning orasi ham sigaretlar bilan to‘la edi.
Turk politsiyalari o‘zbek ayolidan musodara qilgan sigaretalarni taxlab, ulkan devor yasashdi.
Turk politsiya xodimining «Eltuz» muxbiriga aytishicha, kontrabanda sigaretalarning O‘zbekistondan kelishi to‘xtamayapti.
“Kimdir Toshkentdagi bojxona hodimlari bilan til biriktirib, sigaret kontrabandasini konveyer uslubida tashkil qilgan“, deydi Otaturk aeroportida «Eltuz» muxbiri gaplashgan politsiya hodimi.
Eltuz.com