Asosiy mavzular
26 iyul 2019

O‘zbek taksichisi bilan Praga bo‘ylab

Chexiya poytaxti Praga bir vaqtning o‘zida o‘zbeklarning turli qatlamlarini o‘ziga jalb qilmoqda.

O‘ta boy o‘zbeklar va mulozimlar Pragada shirkatlar ochib, sarmoya yoqtizmoqda. O‘rta qatlam esa Karlovi Vari kurortida yilda bir bor davolanishadi, Praga do‘konlarida shoping qilishadi. Qozon qaynatish qayg‘usida bo‘lganlar uchun Praga tuzukkina pul topsa bo‘ladigan joy.

Bir yil burun Pragada taksi hayday boshlagan 31 yashar andijonlik Hayotulla Boyboev bu yerga durustroq pul ishlash uchun kelgan.

Ko‘chalar, qurilishlar, masjid va ko‘ngilochar maskanlari yil sayin o‘zbeklarni o‘ziga tortmoqda. Shaharda bugun ikki mingga yaqin o‘zbek yashaydi.

U, shuningdek, O‘zbekistonda tadbirkorlikka to‘sqinliklar sabab ham bu shaharga kelishga majbur bo‘lganini aytadi.

«Bu yerdagi qonun ustuvorligi, yashash arzonligi o‘zbeklarni o‘ziga jalb qiladi», deydi u.

Shaharda hatto O‘zbeklar va Toshkent ko‘chalari bor. Praga-10 mavzeida joylashgan Toshkent ko‘chasi xiyobonidagi eski bir mozaika va Chexiyaning sovet o‘tmishini esga soluvchi yodgorlik haykallari diqqatimizni tortadi.

Boyboev ayni haykallar bilan Toshkentdagi Shomahmudovlarga atab o‘rnatilgan yodgorlik majmuasi o‘rtasida o‘xshashlik ko‘radi.

Tarix haqida mutaxassis gapirgani ma'qulligini aytib, Boyboev meni Pragada universitet ochgan iqtisod fanlari doktori Xolnazar Omonovning oldiga olib bordi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chexiya hukumatining ta'lim tizimini rag‘batlantirishi O‘zbekistondagi ilm kishilarini ham o‘ziga jalb qilgan.

Ayni tizim orqali u 17 yil burun Chexiyaga kelib, o‘z xususiy universitetiga asos solgan.

Boyboevdan farqli o‘laroq, o‘zbek olimining so‘zlariga ko‘ra, sovetlar davri chexlar uchun go‘zal bir ertak emas.

«1968 yili sovetlar tinch xalqni tanklar bilan bostirib, ularning demokratik huquqlarini oyoqosti qilishgan edi», deydi Omonov.

Pragadagi Toshkent va O‘zbechka ko‘chalarida bugun, asosan, chexlar yasharkan. Bu ko‘chalardagi tashlandiq sovet unsurlaridan ko‘ra, o‘zbeklarni jalb qilayotgan joy, Boyboevning aytishicha, Pragadagi hashamatli «Samarqand» restoranidir.

«Sababi, yaqinda ovqatlarini ular o‘zbeklar uchun 50 foiz arzonlashtirishdi», deydi Boyboev.

Biroq aksariyat pragalik o‘zbeklar turk kabobxonalarida ovqatlanishni xush ko‘rishadi. Shu asnoda Boyboev bilan shahar markazidagi gavjum «Mangal» kabobxonasini borib ko‘rdik.

Pragadagi ko‘plab qurilishlarda ham o‘zbeklar ishlaydi. Qiziquvchilarning ko‘rishi uchun qurilish to‘siqlariga maxsus darchalar o‘rnatilgan.

«Bu darchalar, bir tomondan, xalqqa qurilish sifatini nazorat qilish imkonini beradi», deydi Boyboev.

Shu o‘rinda u O‘zbekistonda hukumatning o‘zboshimchalik bilan qurayotgan binolarni misol keltiradi.

Boyboevning aytishicha, nafaqat restoran, qurilish, machit va ko‘chalar, Pragada hatto o‘zbeklarga xizmat ko‘rsatadigan alohida banklar bor.

«Mana shu yerdagi bankdan o‘zbeklar oldi-berdi qiladi. Uning egasi ham o‘zbek», deydi u.

Hikoyamiz qahramoni Hayotullo atigi bir hafta oldin ijaraga mashina olib kira qilardi.

Filmni suratga olish nihoyasida u o‘z puliga mashina sotib olib kira qila boshladi.

Kelgusida u avtobaza ochib, boshqalarga mashinani kiraga berishni rejalagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 aprel 2019
Rassom Kirpieltuz.com
25 noyabr 2024
Kechadan buyon rasmiy va norasmiy OAVlar tomonidan «Abdusalom Azizov ishdan haydalmadi, balki hurmat va ehtirom bilan Xavfsizlik Kengashiga o‘tkazildi» ...
9 may 2023
Qo‘qon xonligining Toshkent himoyasiga otlangan mulla Alimqul boshchiligidagi asosiy kuchlari 1865 yilning 9 mayida shaharni rus bosqinchilaridan tozalashga muvaffaq ...
30 sentyabr 2021
Toshkentda ish boshlagan xalqaro kinofestivalning bosh qahramoni rus pop ashulachisi Kirkorov bo‘ldi. Tashkilotchilar esa festivalga 37 davlatdan 400ga yaqin ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...