Asosiy mavzular
19 sentyabr 2018

Umida Niyozova: Bizdagi kabi majburiy mehnat dunyoda yo‘q

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Toshkentga qilgan rasmiy tashrifi chog‘i «Belsat-TV» studiyasi mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari Umida Niyozova ikkala mamlakat rahbarlarini o‘ziga jalb qilayotgan majburiy mehnat sxemasi haqida gapirdi.

Belarus rahbarini bu sxema nimasi bilan qiziqtirmoqda?. Suhbat davomini kuzating.

Belsat-TV: Minsk-Toshkent: Diktatorlik muloqoti

Boshlovchi: Xayrli kech!

Umida: Xayrli kech.

B: Siz bugun O‘zbekistondagi vaziyatni va Aleksandr Lukashenko bayonotlarini kuzatyapsiz. U hazil aralash «bu do‘stlik ikki diktatorning yaxshi ma'nodagi do‘stligi» deyapti.

U: Avvalambor men Lukashenkoning tashrifi mahalliy matbuotda qanday yoritilayotganini kuzatdim. Haqiqatan ham o‘ta dabdabali yoritildi. Uni eng oliy darajada kutib olishdi. Faxriy qorovullar… bunday holatlarda nimaiki lozim bo‘lsa qilindi…
Shu narsa sezildiki, prezident Lukashenko va O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev bir-birini juda yaxshi anglashadi. Ularga, menimcha, bir-birlari bilan suhbat qurish judayam qulay.

B: Katta mehr kelib chiqyapti…

U: Ha, albatta, chunki ikki avtoritar lider bir-birlariga yoqmaydigan hech bir masalani ko‘tarishmaydi. Aytilganidek, juda ko‘p hujjatlar imzolandi va chindan ham, bilishimcha, Belarus bilan to‘qimachilik, shuningdek, qishloq xo‘jaligi uskunalari sohasida aloqalar bor.

B: Men ham shundan boshlagandim, paxta masalasi bo‘yicha. Lukashenko Belarus ishlab chiqaruvchilari ayni mehnat bozoriga ham kirib borishini aytyapti. Ya'ni buni Belarus matbuoti, ekspertlari va huquq himoyachilari bir necha bor qullik deya atagan bozorda ham ishtirok etadi, deya tushunishimiz kerakmi?

U: Shuni qisqaroq aytmoqchiman, paxta va O‘zbekistondagi majburiy mehnat – mening mavzuim. Davlatga paxta tannarxini pasaytirish imkonini beruvchi bu noyob tizim qishloq xo‘jaligiga aloqasi bo‘lmagan turli kasbdagi odamlarni paxta mavsumida ishlashga yoki o‘zi uchun odam yollashga majbur etadi.

B: Bu qanchadir kilogramm terish kerak bo‘lgan normami?

U: Ha, buning hammasi juda markazlashgan. Aytaylik, o‘n uch viloyat bor, har bir viloyat kvota oladi. Ya'ni muayyan miqdorda paxta yetishtirishi kerak. Umuman, O‘zbekistonda taxminan uch million tonna paxta teriladi va har bir viloyatga kvota tayinlanadi.

B: Agar terib olinmasa, bu nima bilan tugaydi?

U: Viloyat rahbarlari uchun bu ishdan haydalish bilan yakunlanadi. Shuning uchun va barcha ilgarigi yillarda ham buning noyobligi nimadan iborat? Chunki O‘zbekiston ulkan inson resurslariga ega mamlakat. Ya'ni bizda 30 million aholi bor. Va butun absurd shundan iboratki, ishsizlar armiyasini yollash o‘rniga davlat turli korxonalarda allaqachon ishlayotgan xodimlarni ishlatadi…

B: Bu majburiy mehnat..

U: Ha, bu majburiy mehnat! Adolat nuqtai nazaridan aytishim kerak, bu davlat tomonidan tashkillashtirilgan tizimli ommaviy majburiy mehnat yillar mobaynida davom etdi. Hisob-kitobimizga ko‘ra, har yili paxta terishga taxminan million odam majburlanadi. Chindan ham bu noyob xolat. Bunday ommaviy hodisa dunyoning hech qaerida yo‘q. Ilgari majburiy bolalar mehnati ham bo‘lgan. Lekin muttasil bosimlardan keyin to‘xtatildi. Hozir ham taxminan kiyim tikuvchi 200 tacha turli to‘qimachilik shirkati o‘zbek paxtasiga boykot e'lon qilishgan. Ya'ni har holda xalqaro bosimlar o‘z mevasini bermoqda.

B: Lukashenko boykot e'lon qilmaydi va mening tushunishimcha, bu qullarcha mehnatga qo‘shiladi…

U: Albatta shunday, ulkan ko‘lamda inson huquqlari buzilayotgan, paxta sohasiga sarmoyasini Xitoy yoki Belarus kabi mamlakatlar kiritarkan, bizning edvokasi maydonimiz shu yerda tugaydi…

B: Bu pulning hidi bo‘lmaydi yoki Lukashenko uchun inson huquqlarining hech qanday roli yo‘q, deganimi?

U: Menimcha, har ikkala holat ham bu o‘rinda juda mos keladi. Ha. Ya'ni bu sohaga kelayotgan, paxta bilan bog‘liq, ya'ni to‘qimachilik ishlab chiqarishiga pul tikayotgan biznesmenlarga taalluqli. Ular foyda olishni istashadi va bu tizim ortida nima yashiringani ularni tashvishlantirmaydi. Prezident Lukashenko uchun ham shunday. Uni ham aslida bu tizimning o‘ta repressiv ekani va uni avval o‘zgartirish kerakligi kam tashvishlantiradi.

B: Belarus shirkatlarining paxtadan iqtisodiy foyda ko‘rishi qanchalik real – chindan foyda ko‘rishadimi yoki bu kamera oldida yaxshi eshitilishi uchun aytilyaptimi?

U: Men bilmayman, buning uchun Belarus biznesiga qanday shartlar qo‘yilayotganini ko‘rish kerak. Chunki g‘arb bozorlarining o‘zbek paxtasiga boykoti sharoitida savdo uchun ham kam maydon qoladi.

B: Ehtimol bu qandaydir foydali shartlardagi yangi bozorni qidirishdir… Suhbatimiz yakunida, agar Lukashenko haqida, agar Mirziyoev haqida gapiradigan bo‘lsak, u yerda ham, bu yerda ham biz muttasil tarzda qandaydir liberalizatsiya haqida gap ketayotganini kuzatamiz. Kecha studiyada ekspert buni psevdoliberalizatsiya deya atadi. Siz buni qanday baholaysiz?

U: Agar O‘zbekistondagi voqealarni bir so‘z bilan baholash kerak bo‘lsa, men buni ishonchsizlik, deya atardim. Chindan ham mutlaqo tushunarsiz. So‘nggi bir yil ichida liberalizatsiya, islohotlar, sud tizimi, inson huquqlari to‘g‘risida mingta yaxshi so‘z aytgan bo‘lsa-da, o‘zbek prezidentining haqiqiy niyatini hech kim bilmaydi.

B: Qo‘shnilari bilan yarashdi…

U: Ha. Aslida shunday ijobiy qadamlar bor, asosan, iqtisodiy sohada, qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatlarda ham. Biroq, men hamisha aytaman, biz yomon podshoning o‘rniga yaxshi podshoga ega bo‘ldik. Biroq bu qancha muddat davom etadi, bilmaymiz. Garchi u diktator Karimovga nisbatan biroz yaxshi.

B: Yangi podsho davrida odamlarning hayoti yaxshilandimi?

U: Agar iqtisodiy vaziyat haqida aytsak, albatta, yo‘q. Ko‘plab odamlar Rossiyaga bir burda non topish uchun ketyapti. Biroq agar lokal qarorlar, deylik, chegara zonalaridagi odamlar uchun chegaralarning ochilishini oladigan bo‘lsak,  bu albatta yaxshi, ularga yengillik. U yerda bir-birlariga yaqin, ammo chegaralar yopiqligi uchun yillab qarindoshlar ko‘risholmasdan yashashgan.

B: Ayni paytda O‘zbekiston ancha betaraf bo‘lib turgan. Bugun siz bu rossiyaparast yo‘l ekanini sezmayapsizmi?

U: Rossiyaparast yo‘l, qay ma'noda?

B: Moskvaga mutelik yo‘li.

U: Biz shundan juda qo‘rqamiz aslida. Buning boisi bor, albatta. Rossiya biznesi o‘z pozitsiyasiga ega. Alisher Usmonov – bu boy Rossiya oligarxi..

B: O‘zbekistonga o‘z ta'sirini o‘tkazadi.

U: Ha, u aslida prezidentning uzoq qarindoshi ham sanaladi. Shuning uchun, bundan tashqari, Rossiya O‘zbekistonda atom elektrostantsiyasi qurmoqda.

B: Belarusda ham aniq shunday. Bu yerda paralellar juda ko‘p va Lukashenko tashrifi kamera oldida aytilmagan yana ko‘p sinoatlarni ochishi mumkin. Ushbu intervyu uchun sizga rahmat. Umida Niyozova, O‘zbekiston – Germaniya inson huquqlari forumi.

«Belsat-TV» ko‘rsatuvidan «Eltuz» nashri tarjimasi

Tag‘in o‘qing
6 fevral 2017
Taniqli mahalliy jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullaev «Novosti Uzbekistana» sayti orqali o‘zining Samarqandda elektr ta'minotidagi to‘xtovsiz uzilishlar haqida yozgan «Samarqandni zulmat ...
5 aprel 2016
3 aprel kuni O‘ktam Pardaev uyining darvozasi oldida, oq rangdagi, nomeri 25 B 239 BA bo‘lgan «Jiguli» rusumidagi avtomobil ...
4 oktyabr 2016
Karimovning 27 yillik iqtidori davrida, iqtisod, madaniyat, maorif jar yoqasiga keldi. Shavkat Mirziyoev esa, ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan, ustozidan o‘rgangan ...
3 iyul 2016
Turkiya aeroportida 28 iyun kechasi uyushtirilgan bombali hujum paytida halok bo‘lgan namanganlik Abrorjon Ustaboev va toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovichlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...