Asosiy mavzular
8 mart 2019

«Teleportatsiya» yoki ertani o‘ylash haqida RTdan va'z

Bugun dunyo olimlari neftga qaramlikdan qutulib, yangi muqobil energiya ustida jadal ish olib bormoqda.

TYeSLA elektromobillari dunyoni zabt qilishga hozir. Ertalab ichayotgan kofe stakanidagi issiqlikdan telefonni zaryad qiladigan kichkina uskuna yaratilganiga bir oydan oshdi.

Uyni supuradigan robot kennayilarning uchinchi avlodi sotuvda.

Bu vaqtga kelib olimlar «teleportatsiya» haqida o‘ylashmoqda. Nima o‘zi u «teleportatsiya»?

Oddiy qilib tushuntirsam. Siz xotingizni onasining uyiga yubormoqchisiz. Aytaylik Rossiyaning Kostromasidan O‘zbekistonning Oltiarig‘iga. O‘rtada minglab kilometr masofa bor. Kostromadan to‘g‘ridan -to‘g‘ri uchoq yo‘q. Avtobusda palakat chiqishi mumkin. Ana shu paytda siz xotingingizni «teleportatsiya» qilasiz. Odam molekulalardan iborat. Molekula – mayda zarrachalar. Xotingizni Kostromadagi apparat molekulalarga aylantirib, internet orqali Oltiariqqa jo‘natvoradi. Bir sekunddan keyin Oltiariqdagi uskuna xotiningiz molekulalarini qayta to‘plab beradi. Bir sekundda 3 ming km masofaga yetib borgan xotiningiz bemalol onasining diydoriga to‘yib, kechqurun kostromalik dangasa erining qo‘yniga qaytadi. Bu deportatsiya emas – «teleportatsiya».

Bugunni emas, ertani o‘ylash kerak demoqchiman.

Agar kimdir sizdan oldin g‘ildirak o‘ylab topgan bo‘lsa, siz g‘ildirak ixtiro qilishga vaqt sarflamang.

Agar kimdir lampochka ixtiro qilgan bo‘lsa, toshchiroq yasab o‘tirmang.

Kimdir asbest zararli deb uni yo‘q qilayotgan bo‘lsa, siz shu asbestdan shifer yoki quvur yasab ishlatmang. Aks holda bolangiz rak kasal bo‘ladi.

Buni boshqalar aqlidan foydalanib, ertani o‘ylash deyiladi.

Nega atom bomba tushib vayron bo‘lgan Yaponiya birdan rivojlanib ketganini bilasizmi?

Javob qisqa. Ular 1946 yildayoq kelajak loyihasini, aytaylik, 1980 yilgi texnologiyani ishlata boshlashdi.

Boshqalar ot arava yasayotgan paytda ular shamoldan tez yuradigan avtomobillar va robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Gap shundaki, 1945 yilga kelib dunyo olimlari kelajak texonologiyasini allaqachon qog‘ozda yaratib bo‘lishgan edi.

Ammo AQSh ham, Yevropa ham ishlab turgan stanok va konveyerlarni birdan almashtirishga tayyor emas edi.

Bomba tushib tep-tekis qilingan Yaponiya esa o‘z sanoati poydevorini kelajak texnologiyasidan boshladi.

Ular olimlar yaratgan teoriyani sotib olib, hayotga tatbiq qilishdi. Masalan, 1981 yildayoq ular polaroid fotoapparatlar bilan rasm tushirib oniy suratlarga ega bo‘lishdi. Biz telefon budkasida «Buxorooo» deb baqirayotgan paytda ular qo‘l telefonlariga ega bo‘lishgan edi.

Holbuki, polaroidni 1937 yilda Edwin H. Land yaratib, qog‘ozda chizmalarini chizib qo‘ygan edi. Tez temir yo‘l, VHS videokasseta, CD-RD, DVD H Hybrid, Assistive, LimbI, ISDB kabi narsalar ham yaponlarga oid.

Takrorlayman, 1983 yilda yashagan ixtirochi telefon ixtiro qilish haqida emas, internet haqida o‘ylashi lozim edi. Chunki telefon bu – o‘tmish, internet – kelajak.

Muddao

O‘zbekistonning rahbari Mirziyoev 20-asrning qoloq texnologiyasi bo‘lgan atom elektro stantsiyasini bugun xalqdan chetlatilgan (izgoy) mamlakat Rossiyaga qurdirish bo‘yicha siyosiy qaror berdi. Bu noto‘g‘ri. Chunki atom elektr stantsiyasi – ertangi texonologiya emas. Bu o‘sha toshchiroqning o‘zi, ammo o‘ta xavfli. Ertangi texonologiya bu – quyosh, shamol va boshqa muqobil energiya tizimlaridir.

Tavsiya

Ertani o‘ylaylik.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman.  MS: Toshkent o‘risni mallakina oylondimi og‘a? ...
9 aprel 2015
Bugungi kunda ahborot qatlamida Rossiya amalga oshirayotgan ishlarni, nafratni qo‘zg‘ashdan boshqa narsa deya atab bo‘lmaydi, deydi jurnalist Qudrat Bobojonov.  ...
20 noyabr 2017
Bu yil o‘zbek futboli uchun navbatdagi og‘ir yil bo‘ldi. Shuncha ko‘tar-ko‘tarlar bilan terma jamoa yana jahon chempionatiga chiqa olmadi. ...
19 iyul 2018
O‘zbekistonning «Sevimli» telekanalida 15 iyul kechki payt ko‘rinib ketgan seks sahnasi haqidagi malomatlar ijtimoiy tarmoqda hali ham tingani yo‘q. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...