Asosiy mavzular
16 may 2019

Oliy sud Bobojonovlarning uylarini musodara qilish qarorini bekor qildi

O‘zbekiston Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati 16 may kuni jurnalist Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqidagi oldingi sud qarorlarini bekor qildi.

O‘zbekiston Oliy sudi sudlov hay'ati tarkibidagi uch nafar sudya – Akmal Murodov, Nargiza Mahkamova va Muhabbat Rabbieva jurnalistlar foydasiga qaror chiqardi va bir yildan ortiq cho‘zilgan jarayonga yakun yasadi.

«Bu haqda hozircha telefonda og‘zaki bildirishdi. Qaror pochta orqali keladi», dedi jurnalistlarni himoya qilgan «Simay» advokatlik byurosi advokati Umid Davletov «Eltuz» muxbiriga.

Video: https://youtu.be/1P0gGp8vRPg

Germaniyadan siyosiy qochqin maqomini olgan jurnalist Shuxrat Bobojonov o‘zi va ukalarining uylari tortib olingani yuzasidan tashvish bildirib, sal ilgari Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga maktub yozgan edi.

Bir yildan ortiq davom etgan sud jarayonlari haqida «Eltuz» turkum maqolalar chop qilgan.

2018 yilning boshida Urganch tumani sudi jurnalist Shuhrat, Qudrat, G‘ayrat Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqida qaror chiqargan. Bu qarorni chiqargan sudya O‘tkir Masharipovning o‘zi keyin apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, uni o‘z kuchida qoldirgan. Keyingi instantsiyada 1 fevral kuni Oliy sud sudyasi Jamshid Tirkashev jurnalistlar arizasini rad qilib ajrim chiqargan. Ajrim yuzasidan jurnalistlar nazorat tartibida Oliy sudga shikoyat qilishgan edi.

«Sud nihoyat arzimizni eshitgani va bizning foydamizga qaror chiqarganidan juda hursandman. Uzoq davom etgan bu jarayon o‘zbek sudiga murojaat qilib adolatga erishish mumkinligini namoyish qildi», dedi G‘ayrat Bobojonov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 sentyabr 2015
Bugun ijtimoiy tarmoq orqali bildirilishicha, kecha tushlik paytida Andijon viloyatining Marxamat tumanidagi 31-maktabdan ikki nafar birinchi sinf o‘quvchilari o‘g‘irlangan. ...
27 avgust 2021
Rassol Kirpi
24 fevral 2017
So‘nggi vaqtlarda o‘zbek matbuotida ilgari tilga olinmagan mavzular ko‘tarilayotganiga bir necha marta e'tibor qaratgandek. «Oila va jamiyat» gazetasida (22.02) ...
29 noyabr 2017
Ijtimoiy tarmoqda «boshqa dinga kirdi» deya xotinini pichoqlagan o‘zbek zaharxanda qilingan memlar paydo bo‘ldi. Qozog‘istonning Sayram tumanida yashovchi 34 ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...