Asosiy mavzular
2 iyun 2020

Yangi qo‘mita MXX qamatgan mahkumlar muammosini hal qila oladimi?

O‘zbekistonda qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha mustaqil qo‘mita tuzish rejalanmoqda, deya bayonot berdi Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova 29 may kuni o‘tgan matbuot anjumanida. 

Yangi loyihada qo‘mita qiynoqlar bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishi, tekshiruvlar olib borishi, shuningdek, jinoyat ishini yuritish chog‘i ushlangan shaxslarning yagona elektron reestrini yuritishi rejalanayotgani bildirilgan.

«Eltuz» yetti yil burun qamalgan, MXXning Surxondaryo viloyatsi boshqarmasi xodimlarining  shafqatsiz qiynoqlari ostida Tojikiston foydasiga josuslikni bo‘yniga olgan mahkum  Abdug‘ani Erdonovga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘ldi. 

Erdonov qiynoqlarga qarshi qo‘mita faoliyatidan umid qilayotganini aytdi:

“Qiynoqlarga qarshi qo‘mita ish boshlaganini eshitib sevindim. Mana, ikki kun bo‘ldi, Svetlana Ortiqovaga xat yozib, bizga nohaq qo‘yilgan jazoni qayta ko‘rib chiqilishini iltimos qilmoqchi bo‘lib o‘tiribman”, dedi Abdug‘ani Erdonov «Eltuz»ga bergan intervyusida.

Yetti yildan buyon qamoqda qolayotgan 63 yashar surxondaryolik Abdug‘ani Erdonov ishini sud karantin bois noma'lum muddatga qoldirdi.

O‘g‘li bilan birga Sherobod tumanidagi manzil koloniyada o‘tirgan Abdug‘ani Erdonov ularning ishini Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari sudi ko‘rib chiqishini kutayotgan edi.

Erdonovning «Eltuz»ga bildirishicha, fevral oyida o‘tishi kerak bo‘lgan sud 7 aprelga surilgan. Keyin esa koronavirus karantini bois, sud jarayoni noma'lum muddatga qoldirilgan.

“Oilamizdan mendan tashqari 14 kishi qamalib o‘tiribmiz. O‘g‘lim, singimning o‘g‘li, akamning o‘g‘li, amakimiz, qudamiz… Olti yil Jasliqda o‘tirdik. Bundan avval meni o‘g‘irlab ketib, noqonuniy tarzda 4 oy 10 kun hibsda saqlashdi. O‘sha yerda meni eng og‘ir qiynoqlarga tutishdi. Lekin bu sud hujjatlariga kiritilmagan va jazo muddatimga qo‘shilmagan”.

Erdonov “Eltuz”ga uni Jasliq qamoqxonasida ikki yarusli temir shkonkaga qo‘lidan osib qo‘yib qiynashganini gapirib berdi.

“Eng dahshatlisi – farzandlaring, yaqin qarindoshlaringning ham shunday azob chekayotganini ko‘rish. Mana, shuncha yildan buyon o‘g‘lim bilan yotibman, bundan ortiq qiynoq bormi odamga?” deydi Erdonov.

Erdonov, shuningdek, uning ishiga oid mahkumalardan bo‘lgan uchta ayol og‘ir qiynoqlarga dosh bera olmasdan o‘lganini aytadi:

“Birinchi ayol Qurbonova Gulchehra. 14 yil jazo muddati berilib, Zangiota turmasiga borganidan keyin berilgan azoblarga chiday olmasdan o‘ldi o‘sha yerda. Ikkinchisi Muqimova Dilfuza, ungayam 14 yil berishgan edi. Mana, uchta bolasi qolib ketdi. Bu yerdan chiqib borib, o‘sha ayollar koloniyasida o‘ldi u ham. Uchinchisi Eshbekova Muhabbat. U reabilitatsiya markazida azoblarga bardosh bera olmasdan o‘ldi”.

Erdonovning so‘zlariga ko‘ra, unga va uning oilasiga qarshi jinoyat ishi Milliy xavfsizlik xizmati polkovnigi, MXXning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tergov bo‘limi sobiq boshlig‘i Nodir To‘raqulov tomonidan uydirilgan. 

Lekin To‘raqulovning o‘zi 2018 yilda 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U Jinoyat kodeksining 11 ta moddasi, jumladan, ta'magirlik, o‘zlashtirish, poraxo‘rlik, hujjatlarni qalbakilashtirish, aybsizlarni javobgarlikka tortish, qiynoqlar qo‘llash, hokimiyat vakolatlarini suiiste'mol qilish kabi jinoyatlarda aybdor deb topildi.

U holda nega Erdonovlar ishi orqaga surilib kelayapti? Bu savolga javob berarkan, Erdonov buning bir sababini ularning qo‘liga hech qachon ayblov xulosasi va sud qarori berilmagani bilan izohlaydi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 aprel 2017
Erkaklarning doyalik qilishiga qarshi ma'ruzasi bilan tanilgan toshkentlik 42 yoshli imom Sayfuddinov mavzuni yoritgan jurnalistlarni fitnada aybladi. «Erkak kishini ...
29 yanvar 2020
O‘zbekistonlik olima Gulsara Shermatova ijtimoiy tarmoqda qoldirgan 28 yanvar kungi postida «chet ellardagi yuqori malakali PhD unvoniga ega kadrlarning» ...
26 dekabr 2019
Kechgan yilda O‘zbekiston tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirdi, biroq bundan o‘zbek xalqi ro‘shnolik ko‘rmadi. 2018 yil boshidan «O‘zbekneftgaz» ...
22 dekabr 2016
Rasman tasdiqlanmagan ma'lumotga ko‘ra, 2005 yilda Andijon qirg‘inini uyushtirgan Zokir Almatov prezident maslahatchisi sifatida ishga qaytarilgan. Ba'zi manbadarda 67-yoshli ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...