Asosiy mavzular
2 noyabr 2020

Frantsiyaning yirtilgan bayrog‘i voqeasi yuzasidan rasmiylar noto‘g‘ri ma'lumot tarqatgan

Namangandagi Grand Sherdor mehmonxonasi oldiga osilgan Frantsiya bayrog‘i yirtib tashlanishi voqeasi rasmiy javoblarda bildirilganidan ancha boshqacharoq kechgani ma'lum bo‘ldi. 

Bu voqea haqidagi xabarlar 28 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan, mazkur holat aks etgan suratlar ham e'lon qilingandi. 

“Ozodlik” radiosi saytida voqea yuzasidan material berilganidan so‘ng mehmonxona rahbari bayroq yirtib tashlanmagani, yuvish uchun olingani va yana ilib qo‘yilganini aytgan, shu bilan mavzu yopilgandi…

Biroq “Eltuz” muxbirining surishtiruvi ortidan rasmiylar taqdim etgan ma'lumot bilan guvohlarning gapi ikki xil chiqayotgani bilinib qoldi. 

Jumladan, voqeaga guvoh bo‘lgan, o‘zini Jamshid deya tanishtirgan  fuqaroga ko‘ra, bayroqni uch yigit yechib olgan. Ulardan biri bayroqni yirtib tashlagan va mehmonxonaga kirib ketgan. Ular mehmonxona xodimlari bo‘lgan.

Bayroqni rasmga olib, ijtimoiy tarmoqda e'lon qilgan fuqaro esa mehmonxona rahbariyati tazyiqidan so‘ng rasmni sahifasidan o‘chirishga majbur bo‘lganini bildirdi.

Mavzu yuzasidan “Eltuz” muxbiri mehmonxona rahbariyati bilan bog‘landi. U bunga javobni videodan olasiz, deya tahririyatga o‘zining voqeaga javoban uyushtirilgan videoxabarini taqdim etdi. 

“Eltuz”ning aynan bayroq yechib olinayotgani aks etgan videoni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘roviga esa rad javobi berildi. 

“Videoda hech kim kelib bayroqni yirtib tashlay olmaydi. Bu yerda kuzatuv kameralari 24 soat ishlab turadi. Bizda davlat ramzlariga hurmat bor”, dedi mehmonxona rahbari “Eltuz” bilan suhbatda. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 noyabr 2024
Kechadan buyon rasmiy va norasmiy OAVlar tomonidan «Abdusalom Azizov ishdan haydalmadi, balki hurmat va ehtirom bilan Xavfsizlik Kengashiga o‘tkazildi» ...
6 iyun 2019
Shuncha marta aldanganiga qaramay, hali-hunuz birorta ko‘zbo‘yamachiga yolg‘oni uchun jiddiy jazo bergani ommaga aytilmagani O‘zbekiston prezidentining o‘zi aldanishga moyil ...
25 mart 2017
23 mart kuni O‘zbek milliy futbol termasining Suriyaga yutqazishi tarmoqda futbol ishqibozlari tomonidan g‘azab bilan qarshi olindi. Eltuz.com
5 fevral 2018
O‘zbekiston parlamentining ikki deputati Vazirlar Mahkamasining yuridik shaxslar avtomobillari haydovchilarining aynan «Avtotest-Report» MChJ malaka kurslarida o‘qib, majburiy sertifikat olishi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...