Asosiy mavzular
2 noyabr 2020

Frantsiyaning yirtilgan bayrog‘i voqeasi yuzasidan rasmiylar noto‘g‘ri ma'lumot tarqatgan

Namangandagi Grand Sherdor mehmonxonasi oldiga osilgan Frantsiya bayrog‘i yirtib tashlanishi voqeasi rasmiy javoblarda bildirilganidan ancha boshqacharoq kechgani ma'lum bo‘ldi. 

Bu voqea haqidagi xabarlar 28 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan, mazkur holat aks etgan suratlar ham e'lon qilingandi. 

“Ozodlik” radiosi saytida voqea yuzasidan material berilganidan so‘ng mehmonxona rahbari bayroq yirtib tashlanmagani, yuvish uchun olingani va yana ilib qo‘yilganini aytgan, shu bilan mavzu yopilgandi…

Biroq “Eltuz” muxbirining surishtiruvi ortidan rasmiylar taqdim etgan ma'lumot bilan guvohlarning gapi ikki xil chiqayotgani bilinib qoldi. 

Jumladan, voqeaga guvoh bo‘lgan, o‘zini Jamshid deya tanishtirgan  fuqaroga ko‘ra, bayroqni uch yigit yechib olgan. Ulardan biri bayroqni yirtib tashlagan va mehmonxonaga kirib ketgan. Ular mehmonxona xodimlari bo‘lgan.

Bayroqni rasmga olib, ijtimoiy tarmoqda e'lon qilgan fuqaro esa mehmonxona rahbariyati tazyiqidan so‘ng rasmni sahifasidan o‘chirishga majbur bo‘lganini bildirdi.

Mavzu yuzasidan “Eltuz” muxbiri mehmonxona rahbariyati bilan bog‘landi. U bunga javobni videodan olasiz, deya tahririyatga o‘zining voqeaga javoban uyushtirilgan videoxabarini taqdim etdi. 

“Eltuz”ning aynan bayroq yechib olinayotgani aks etgan videoni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘roviga esa rad javobi berildi. 

“Videoda hech kim kelib bayroqni yirtib tashlay olmaydi. Bu yerda kuzatuv kameralari 24 soat ishlab turadi. Bizda davlat ramzlariga hurmat bor”, dedi mehmonxona rahbari “Eltuz” bilan suhbatda. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 26 sentyabr kuni frantsuz olimi Stefan Dyuduanon (Stefan Dudouannon) ishtirokida shoir Cho‘lpon xotirasiga ...
18 iyul 2016
«Hamma unutsa ham, bizning o‘zbek musulmonlari unutmagandir. 16 fevraldan keyin nima bo‘ldi, butun muxolifat yo‘q qilindi…» deydi Kamoliddin. Barbod ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel oyida kutilayotgan Konstitutsiyaga o‘zgartirish ...
8 may 2017
Ijtimoiy tarmoqda kartoshka savdosi bilan bog‘liq janjal va turnaqator navbatlar aks etgan tasvirlar bot-bot paydo bo‘la boshladi. O‘zbekistonda eng ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...