chorshanba,
18 dekabr 2024
19 noyabr 2020
Cud xalq ta'limi vazirining Qobil Do‘sovga qarshi da'vosini qanoatlantirdi
16 noyabr kuni Chirchiq tumanlararo fuqarolik ishlari sudi Xalq ta'limi vazirligining sobiq deputat Qobil Do‘sovga nisbatan da'vosini qanoatlantirish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Sud qaroriga ko‘ra, Do‘sov O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligining faoliyati va ta'lim tizimining ayanchli holati to‘g‘risida aytgan tanqidiy gaplariga raddiya berishi va uzr so‘rashi lozim.
Do‘sovning tanqidlariga javoban joriy yilning sentyabrida Xalq ta'limi vazirligi o‘z sha'ni va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga murojaat etgan edi.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Do‘sovning vazir Shermatovga ehtirosli murojaati va vazirlikni qog‘ozbozlik va ko‘zbo‘yamachilikda ayblagan video tarqalgan edi.
Eltuz.com