Test biznesidan boyib ketgan Bo‘riev
Toshkent xalqaro aeroportida ikki tomonlama shartnoma asosida O‘zbekistonga kirib kelayotganlarni koronavirusga tekshirish ishlari bilan “Tibbiyot dunyosi” MChJ shug‘ullanmoqda.
Germaniya, Turkiya kabi mamlakatlar tibbiy institutlarining hali 78 soatdan oshmagan manfiy test natijalariga qaramay, O‘zbekistonga kirgan har bir odamdan pul evaziga qayta test olinmoqda.
Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, aeroportda test olayotgan bu tashkilot Bo‘rievlar oilasiga tegishli.
2018 yilda Bosh prokuratura MChJ direktori Aslam Bo‘rievga nisbatan o‘ta katta miqdorda firibgarlik jinoyati sodir etish bo‘yicha jinoyat ishi ochgan edi.
Jinoyat ishida Aslam Bo‘riev bir hindistonlik investorning 1 million dollardan oshiqroq mablag‘ini jinoiy o‘zlashtirishda gumonlangan.
«Eltuz» manbalari ta'kidicha, Bo‘riev “o‘z akaxonlari vositasida jinoyat ishini muzlatib qo‘yishga” muvaffaq bo‘lgan. Manba aytishicha, “akaxonlar bosh prokurordan ham yuqorida turadigan kuch markaziga oid”.
Endi bir aylanib Aslam Bo‘riev korxonasi respublikaning eng asosiy darvozasida turib olib koronavirusga test olayotgani bilgichlarda savol uyg‘otmoqda.
Eltuz.com