Asosiy mavzular
18 noyabr 2023

Loyga botgan ko‘cha, yiqilgan devor, qarovsiz kulbadagi ayol

Eltuz portaliga yog‘ilayotgan shikoyat maktublari dastasini ochishda davom etamiz. Bugun e'tiboringizga taqdim etiladigan xatlar O‘zbekistonning Qashqadaryo, Farg‘ona, Samarqand va Jizzax viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat maktubi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridan kelgan. Shikoyat asfalt qilinmagan ko‘cha haqida, buning ustiga gaz yo‘q, axlat, chiqindi ko‘payib ketgan. Voka voka voy, yomg‘ir yog‘sa hamma yoq loy hullas…  

 “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Sinabog‘ mahallasidan murojaat qilyapmiz. Ko‘chamiz suv quvuri o‘tkazish uchun kovlandi. Keyin loyli shag‘al to‘kishdi, ammo asfalt qilinmadi. Ko‘cha ta'miri payti tushlikka fuqarolardan 20 ming so‘mdan yig‘ishdi.

Hozir ko‘chamiz abgor ahvolda. Yomg‘ir yog‘sa, yo‘limiz loy-balchiqligidan bolalarimiz bog‘cha va maktabga bora olmay qoladi. Holat bilan mahalla raisining ishi yo‘q. Qolaversa, mahallamizda gaz yo‘q, chiqindi mashina vaqtida kelmaydi. Mahalla ahli nomidan ushbu masalalarda amaliy yordam so‘raymiz” deya yozmoqda Sinabog‘ mahallasi turg‘uni.

Keying maktub Farg‘onadan. Neftni qayta tozalash zavodi ishchisi o‘z haqini ololmayotganidan shikoyat qilmoqda. Hamma ayb direktorimizda, deydi u.

«Assalomu alaykum eltuz og‘a, sizning ijodingizni anchadan beri kuzatib kelaman. Meni ishxonamdan shikoyatim bor.

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlayman, oylik ish haqimiz shu paytgacha berilgani yo‘q. Shu oxirgi direktor tayinlanganidan beri shu ahvol. Biz zombilar bilan qiynalib ketdik, o‘zi ishimizga yarasha haq to‘lashmasa, shuniyam vaqtida berishmaydi. Oktyabr oyi uchun oylik ish haqimiz berilgan yo‘q hali. Oylik ish haqlarimiz judayam kam sizdan iltimos shu kanalingizni prezident o‘qiydi. Shu bizning yuragimizni o‘rtayotgan muammoni yetkazib qo‘ysangiz. Oldindan katta rahmat.» deya yozadi farg‘onalik Eltuz muxlisi.

Keyingi maktubni Samarqand viloyati, Toyloq tumani tadbirkorlari yozmoqda. Bolalar maydonchasi buzib tashlangan.  Ular jo‘natgan videoda Ichki ishlar xodimlari bir qancha ayollarni kuch ishlatib olib ketayotganini ko‘rish mumkin.

 “Samarqand viloyati Toyloq tumanidan murojaat qilyapmiz. Ichki ishlar xodimlari Ilmobod mahallasida bolalar bog‘chasi ochgan tadbirkor ayollarga nisbatan kuch ishlatgan. Bolalar maydonchasi ekskavator bilan buzdirib tashlangan. Ichki ishlar xodimlarining harakatlari qonuniymi?”

Videomurojaat Eltuz portaliga qo‘yilishi bilan rasmiylar munosabati ham yetib keldi.

Ularga ko‘ra, hududda noqonuniy qurilgan devor buzilgan.

«Toyloq tumani Ilmobod mahallasida yashovchi fuqaro Lo‘bat Eshto‘xtaeva va Zarina Jo‘raevalar Samarqand viloyati «Suvoqova» davlat unitar korxonasi Toyloq tuman filiali balansida bo‘lgan 10 sotix yer maydonini noqonuniy ravishda egallab,  atrofini uzunligi 25 metrdan iborat devor qurib olgan.

Vaholangki, mazkur yer maydonida  ichimlik suvi inshootini qurish bo‘yicha Toyloq tumani hokimining 2019 yil 18 apreldagi 1045-sonli qarori qabul qilingan, deyiladi rasmiylar murojaatida.

Shuningdek rasmiylar yerga da'vo qilayotgan shaxslarda yerga egalik qiluvchi hujjatlar yo‘qligini bildirishgan. Shu bois Kadastr palatasi Toyloq tuman filiali tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olgan devorni o‘z xohishi bilan belgilangan muddat ichida buzib, o‘z holiga qaytarib qo‘yish bo‘yicha ogohlantirish berilgan.

Biroq fuqaro ogohlantirishlarga qaramay noqonuniy qurilgan devorni buzmagan.

Mazkur yer maydoniga ichimlik suvi minorasini qurib, Ilmobod hamda Bunyodkor mahallalari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida joriy yilning 13 noyabr kuni viloyat hamda tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ishtirokida mazkur qurilma buzilib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Buzish jarayoniga fuqaro Lo‘bat Eshto‘xtaeva  hamda uning qarindoshlari faol qarshilik ko‘rsatgan, deyiladi jumladan rasmiylar murojaatida.

Keyingi maktub Jizzax viloyatidan. Jizzaxlik faollar, Zafarobod tumani Samarqand mahallasi Uyg‘un ko‘chasi 2-uyda yashovchi Malika Berdirasulovaning ko‘makka muhtojligini aytishmoqda. Ayolga nisbatan adolatsizlik ham bo‘lmoqda. Vakolatli idoralar holatni nazoratga oladi degan umiddamiz, deyishmoqda jizzaxlik faollar.

Eltuzga Qashqadaryoning Koson tumanidan yetib kelgan navbatdagi shikoyat ham oilasi bilan xarob ahvoldagi uyda yashayotgan ayolga oid. Qashqadaryolik faol Koson tumani Surxon MFYda, ikki nafar farzandi va nogiron eri bilan yashovchi ayol Gulshoda Shokirova yashayotgan bu uyni borib ko‘rdi.  

Va bu murojaat bugun e'tiboringizga taqdim etilgan shikoyatlarning so‘nggisi edi.

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2021
O‘zbekistonda majburiy ruhiy davolash: sovet zamonidan qolgan amaliyot hamon mavjud O‘zbekiston inson  huquqlari forumi (O‘IHF) mamlakatda faollar ovozini o‘chirish maqsadida ...
30 aprel 2018
Shvetsiya poytaxti Ctokholm shahrining shimolida joylashgan Akalla mavzeida 30 aprel kuni terror akti rejalaganlikda gumon qilingan uch toshkentlik va ...
5 avgust 2019
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev so‘nggi vaqtlarda xalqning cheksiz g‘azabiga duchor bo‘layotgan buz-buzlarda o‘zining aybi yo‘qligini bildirdi.  Davlat rahbari uy-joylar ...
28 avgust 2018
2002 yilning 31 martida kutilmaganda Muhammad Bekjon Zarafshondagi 48-zonaga etap qilinadi… Siyosiy mahkumni sil kasalining o‘tkir turiga chalingan mahkum ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...