Asosiy mavzular
18 may 2021

Samarqandda «GAI» boshlig‘i mashinasiga signal chalgan haydovchi jazolandi

Samarqandda «Damas» avtomobili haydovchisi IIB xodimining o‘tish yo‘lini to‘sib to‘xtagan, davlat raqami 828 VSS bo‘lgan mashinasiga signal bergani uchun jazolandi. Uning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Tarmoqda tarqalgan videoda aks etgan voqea, «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, 8 may kuni ertalab Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi sodir bo‘lgan.

Haydovchi asosiy yo‘lga chiqish uchun mashinalar o‘tib ketishini kutib turganida, davlat raqami 828 VSS bo‘lgan oq rangli «Lasetti» avtomobili kelib, uning yo‘lini to‘sadi. Haydovchi unga signal beradi.

Avtomobildan tushgan IIB xodimi furajkasini namoyishkorona kiyarkan, orqadan izma-iz «Neksiya» mashinasida yetib kelgan boshqa bir xodimga “Bunga chora ko‘r”, deya buyruq berib, nari ketadi.

“Kattalar kelyapti. Nomerni tanimaysanmi”, deydi “haydovchiga chora ko‘rish”ni boshlagan IIB xodimi.

O‘zini “GAI nachalnigi Maqsud Tog‘aevman”, deya tanishtirgan xodim «Damas» haydovchisidan hujjatlarini so‘raydi. Haydovchi sababini so‘raganida Tog‘aev “eyman!” deya javob beradi.

“O‘pkangni bosib ol kim bo‘lsang ham!” deydi mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotgan IIB xodimi «Damas» haydovchisiga.

“Nachalnik ekan, signal berish mumkin emas. Uyimizdan ham chiqolmaymiz endi!” deydi  «Damas» haydovchisi mashinasini jarima maydonchasida qoldirarkan.

«Damas» avtomobili videoregistratoriga yozilgan, IIB xodimlari qo‘polligi aks etgan videoda tuman YHXB boshlig‘i Maqsud Tog‘aevga “Bunga chora ko‘r!” deb buyurgan xodimning kimligi «Eltuz»ga hozircha noma'lum.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 aprel 2018
Yaqin tanishimning qizi rus maktabida o‘qiydi. O‘zbek maktablarida ta'lim berish sifati pastligi bois farzandini shu maktabga bergan. Shunday bo‘lsa-da, ...
2 oktyabr 2015
Kecha sharmandali bir voqeaning guvohi buldim. Yozyovon yo‘lidagi Shahartepa qishlog‘iga bir ish bilan bordim. Yo‘lning ikki chetini 100 dan ...
5 may 2015
Bizda ko‘p narsalar taqiqlangan: har qanday mafkura, din, o‘zgacha fikrlar.  Taqiqlar shu darajada ko‘p va xilma xilki, Masyana haqidagi ...
13 fevral 2019
O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev xorazmlik jurnalistlar Bobojonovlar shikoyati bo‘yicha 1 fevral kungi sud ajrimi bilan ularning uylarini musodara ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...