Video
16 iyun 2021

Avtobus-10. Avtobus ichidagi arab raqsi

Avtobusni traktor shatakka olgan holda ketyapti. Yo‘lda avtobus haydovchisi salonga yarim yalang‘och raqqosa qizlarni chiqarib oladi… “Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 10-qismini taqdim etadi.

Chiptachi: Shu sho‘pir avtobusni haydayveradi, haydaveradi. Charchab qolmaydimi? Bechora 4 yildan beri dam olmaydi. Sho‘pirni hamma yomon ko‘radi. Hatto magazinchi G‘aybulla akayam. Faqat men sevaman sho‘pirni.

Avtobus ichidagi televizorda arab raqqosalarga pul tutayotgan hokim ko‘rinadi (video).

Chol: Bay-bay-bay! Bul parivashlar nuqul amaldorlar yonida xirom qiladi-ya.

Xonimchi: Yo‘lda to‘xtab, betonkadagi qizlarni avtobusga chiqarvolsak. Sho‘pirning ko‘nglini olsa. Becharaning ko‘ngli bo‘m-bo‘sh.

Sho‘pirning oldiga yalang‘och raqqosalar kelib raqsga tusha boshlaydi. Sho‘pir qizlarning ishtoniga pul tiqadi.

Mulla: (kinodan olingan ovoz) Hamma raqsga tushsin.

Sho‘pir. Oynonay, kapalaklarim. O‘ynanglar mening davrimda.

Chol: Bular juda yupun kiyingan-ku. Shamollab qolmaydimi?

Xonimchi: Bular shamollamaydi. Shamollatadi. Mana, to‘rt yildirki, Abdilla akaning ko‘kragiga shabada tegdi.

Mulla: “Dam bu damdir, o‘zga damni dam dema… (videodagi ovoz)

Ko‘zoynak: Yalang‘och raqqosaga pulni qaerdan olib berdi bu sho‘pir?

Olifta: Biz to‘lagan chipta pulini ishlatyapti.

Chol: Avtobusining g‘ildiragi yo‘g‘-u, arabcha raqs tushadigan raqqosalarga pul xarjlayapti.

Ayol baqiradi: (videodan) Jonga tegdi korruptsiya!

Xonimchi: Ey prapesor, nima o‘qiyapsan?

Olifta: Avtobusni zo‘r haydaydigan Saakashvili haqidagi kitobni.

Chol: Gruziyada shunday sho‘pir bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-a. 

Abror: Men o‘qiganman bu kitobni… (videodan original ovoz)

Ko‘zoynak: Biz to‘lagan pulni raqqosalarga sarflagan sho‘pirni almashtirish kerak.

Chiptachi: Sho‘pir almashtirish masalasini kun tartibiga qo‘ymanglar. Adliya vazirining iltimosi bu.

Chol: Nima vaziri? Odalat vazirligi borakanmi adolatsiz yurtda? Bu mulozimlar bor ekan, arab raqs san'ati tanazzulga uchramaydi.

Chiptachi: Nima qipti raqsga tushgan bo‘lsa. Bu O‘zbekiston xalqi yaxshi ko‘radigan arab xalq raqsi. Avtobusimiz Arabiston bilan diplomatik aloqalar o‘ynatgan.

Mulla: Hamma raqsga tushsin. (Sho‘pir knopka bosadi).

Keling do‘stlar, o‘ynaylik,

Hech kim chetda qolmasin.

Kimning mayli kimda bo‘lsa,

Qo‘yabering – o‘ynasin!

Yalang‘och bo‘lib o‘ynasino,

Arab raqsiga o‘ynasin…

U yoniga tashlab o‘ynasino,

Bu yoniga tashlab o‘ynasin.

Sochiga osgan lentasini,

Yoniga tashlab o‘ynasin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 oktyabr 2021
O‘zbekiston fuqarolik jamiyatining bir guruh faollari Buyuk Britaniya hukumatini mamlakat fuqarosi Muhammad Amersiga nisbatan Telia-Takilant kelishuvi natijasida u ega ...
8 dekabr 2020
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda xonandalar Sanjay va Sherali Jo‘raev janjaliga umuman aralashmaganini, artist bilan ...
2 sentyabr 2019
«Aka, men ularni oqlamoqchi emasman, unday niyatim ham yo‘q. Men ularning odam ajratishiga ishonqiramay turgandim, xolos. Agar haqiqatan ham ...
23 may 2015
O‘zim haqimda ma'lumot Nodemokratik rejim Murojaat huquqi Demokratik tuzum va siyosiy qarashlar Janob Bosh Kotib! Men Formonov Azamjon Turg‘unovich ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...