Asosiy mavzular
8 sentyabr 2021

«Pisht» deyilmaydigan mushuklar

Har bir insonning asosiy vazifasi qalbidagi insoniylikni saqlay olishdir», deb yozgan edi XX asr boshlarida yozuvchi Anton Chexov. Bugun, yangi asrdan yigirma bir yil o‘tgach, bu zakiy yozuvchining fikri o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Zamonaviy jamiyatning tasviriy oynasi – bu bizning hayvonot olamiga bo‘lgan munosabatimizdir.

«Eltuz» jamoasi Turkiyada safarda ekan, O‘zbekistonning Chirchiq shahrida daydi it va mushuklar o‘ldirib tashlanayotgani va ular qiynoqlar nishoni bo‘lgani haqida xabar oldik. Hayvonsevar Indira Xudoyshukurova bu dahshatli munosabatdan shokka tushganini aytdi.

Tarmoqda tarqalgan videoda Chirchiq shahrida itga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan. Ikkita erkak norozi aholi ko‘zi o‘ngida itni sudrab, azob berib, mashinaga yuklashga harakat qilayotgani aks etgan.

Bu zo‘ravonlikka bosh-qosh bo‘lgani aytilayotgan Chirchiq shahri «Bahor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ziyodulla Xolmurodov itlarga qarshi harakatlarni oqlashga urinadi.

Xolmurodovning fikricha, bu it ko‘chada yurgani uchun daydi it sifatida ushlanmoqda, xonaki itlar uyda boqilishi kerak. Daydi itlarga ovqat berish mumkin emas.

«Mahallamizda bitta fuqaromiz bor. Har kuni bir-ikki kilo tovuq chiqindisini olib kelib daydi itlarga beradi. Daydi it-mushuklarni boqyapman, deydi. Bu mumkin emas. Men unga necha bor aytdim buni», deydi mahalla oqsoqoli Xolmurodov shov-shuvli xabarlar ortidan raddiya sifatida chiqargan videosida.

Xudoyshukurovaga ko‘ra, O‘zbekiston it va mushuklar uchun jahannamdir. Ammo dunyoda it va mushuklar saodat va farog‘at ichida yashaydigan o‘nlab mamlakatlar bor.

AQShda hayvonlarga  shafqatsiz munosabat qotillik yoki o‘t qo‘yish kabi o‘ta og‘ir jinoyatlarga tenglashtirildi. Bunday jinoyat uchun jazo – qamoq. AQShda men mushuk yo itning xo‘jayiniman, deyish mumkin emas. Men uning do‘sti yoki ota onasiman, deyish joiz. Yaponiyaning 1973 yildan buyon amalda bo‘lgan qonunchiligida «hech kim hayvonlarni o‘ldirish, jarohatlash yoki azob berishga haqli emas», deyilgan. Bu yerda hayvonni o‘ldirish yoki qiynash qamoq bilan jazolanadi.

It va mushuklar rohat va farog‘atda yashaydigan mamlakatlardan biri Turkiya. 

Turkiyadagi mushuklar hamma narsani qila oladi: ular ko‘chalarda bemalol yuradi, restoran va qahvaxonalarda uxlaydi, do‘kon va masjidlarda yashaydi. Mo‘ylovli mushuklar anchadan buyon Turkiya poytaxtining tirik timsoliga aylangan. 

Istanbul veterinariya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, metropolda 125 ming daydi mushuk yashaydi. Sayyohlar hazillashib Istanbulni Mushukobod deb atashadi, mahalliy aholi muntazam ravishda it va mushuklarni boqadi, rasmiylar esa mushuklar uchun uylar quradi. 

Turkiyada mushuklarga haykal ham qo‘yilgan. Mushuklar uchun kafe va restoranlar bor. 

Bunday cheksiz sevgining sababi nimada?

Mushuk turkcha «kadi»deyiladi. Turkiya sharqida esa pisik deyishadi. Bizning mosh mushuklarimiz pish-pish deb chaqirsak, yonimizga keladi. Turkiyada esa ular «ps-ps» deb chaqiriladi. Turkiyaning barcha shaharlarida yuz minglab daydi it-mushuk bor. 

Ular uylarning hovlisida, maydonlarda, restoranlarda, masjidlarda, muzeylarda yashaydi. Ularga  yirtqich yoki shahar manzarasini buzadigan daydi sifatida qaralmaydi.

Turkiyaning aksar aholisi, tabiatan mustaqil, e'tibor va himoyaga muhtoj jonivorlarni sevishi bilan farqlanadi. 

Mushuklarga alohida hurmat bilan qarashadi. Buning sababi bor. Qadim zamonlardan beri port shaharda har doim kemiruvchilar ko‘p bo‘lgan. Mushuklar asrlar davomida odamlarga kalamush populyatsiyasini boshqarishga yordam bergan, shuning uchun ular shahar ekotizimining haqiqiy ishtirokchilariga aylangan. Bugun Turkiya  mushuklari kemiruvchilar sonining ko‘payishiga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zbekistonda odamlarning hayvonlarga bo‘lgan yomon munosabatini jamiyatning yemirilishi deya  baholash mumkin. «Bizning kichik birodarlarimiz»ga achinmaydigan odamlarning jamiyatdan uzoq muddatli izolyatsiyasi, ularning axloqsiz moyilliklarini ko‘rsatuvchi majburiy himoya chorasi  bo‘lishi kerak. Chunki ularning hayvonotga soladigan xavfi insoniyat uchun ham haqiqiy xatar signalidir. Bugun mushukchni qiynagan zolim ertaga SIZNING bolangizga zulm o‘tkazishi mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 oktyabr 2024
Rossiya harbiy floti qochmoqda, Ukrain arsloni rus boquvchisini g‘ajib tashladi, O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi o‘zbeklarni Rossiyaga urushida qatnashmaslikka chaqirdi, Markaziy Osiyo bundan ...
26 may 2016
Bir necha kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning 600 million dollarga yaxta sotib olgani duv-duv gap bo‘lyapti. Ba'zan ...
13 fevral 2022
Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi deya faraz qilaylik. Innan keyinchi… innan keyin nima bo‘ladi? Shuni sovuqqonlik bilan bir tahlil qilib ...
30 dekabr 2019
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoev ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...