Asosiy mavzular
19 noyabr 2021

Yalang‘och rasmi tarqalgan deputat o‘zi muhokama qilingan majlisga kiritilmadi

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq hokimligi binosida 43 yoshli deputat Feruza Babashovaning deputatlik ishi va odob-axloqi muhokamasi bo‘lishi rejalashtirilgan yig‘ilish deputatning ishtirokisiz o‘tdi.

Jurnalist Aleskey Volosevichga ko‘ra, yig‘ilish deputatni daxlsizlik maqomidan mahrum qilgan. Ammo bu haqdagi rasmiy hujjat «Eltuz»da yo‘q.

«Eltuz» muxbiri holat bo‘yicha mas'ullar va deputat bilan bog‘landi. Ichki yig‘ilishga jurnalist va blogerlar kiritilmadi, dedi Babasheva «Eltuz»ga. U, shuningdek, yig‘ilish bayonnomasi va natijasi deputat va OAV vakillariga taqdim qilinmagani va oradan bir kun o‘tib ham o‘z ishtirokisiz o‘tgan yig‘ilish bayonnomasini olmaganini ma'lum qildi.

«Menga deputatlik guvohnomamni bekor qilish talabi asosi, taqdimnomasi ko‘rsatilmadi. Mening ustimdan kelib tushgan shikoyatlardan ham xabarim yo‘q. Faqat ular orasida «Agrobank» ATB Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Qiyomovning arizasi borligidan xabarim bor.

Unga ko‘ra, men u ishlayotgan bank va uning shaxsini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilib, shaxsning ishchanlik qobiliyatiga daxl qilganim aytilibdi. Ammo 2021 yilning iyul oyida bo‘lgan ushbu voqeaga men allaqachon holatning yolg‘on va asossiz ekanini tegishli tartibda isbotlab berganman. Yig‘ilishda yana nima muhokama qilingani menga ma'lum emas. Advokatim va yuristimga ham yig‘ilish bayonnomasi taqdim etilmadi. Meni rasman yig‘ilishga chaqirishmadi, kelishim so‘ralmadi ham», dedi deputat Feruza Babasheva.

Deputat Feruza Babashova uzoq yillar prokuror va Bosh prokuratura tizimida rahbar lavozimida ishlab kelgan Muhiddin Qiyomov bilan shaxsan adovati yo‘qligini, yuzma-yuz nizolashmaganini aytdi.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bir guruh o‘qituvchilar Feruza Babashevaga oyliklari «Agrobank» tomonidan bir foiz naqdlashtirishga ushlab qolinayotgani bo‘yicha arz qilgan. Babasheva bu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirgan va chiqishlar qilgan.

Chiqishlarida deputatning kuzatuvchilari «Agrobank»ni o‘g‘ri bank, deya izoh qoldirishgan. Buni matndan yulib olib effekt.uz saytida «Agrobank eng o‘g‘ri bank» nomli material e'lon qilinadi. Unga deputatning videosi ham ilova qilingan. Video ko‘p o‘tmasdan o‘chirilgan. Biroq bank tomonidan va «Agrobank» ATB Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Qiyomov tomonidan deputatga tazyiq, bosimlar uyushtirilgan.

Deputatning «Eltuz» muxbiriga ochiqlashicha, ijtimoiy tarmoqlarda aylangan video 2 oktyabr sanasida Toshkent viloyatidagi dala hovlilarning birida bo‘lgan. U yerda deputat yolg‘iz bo‘lmagan. Yana 4 fuqaro bo‘lgan. Uning aytishicha, qolgan 4 fuqaro uylariga ketkazib yuborilib, faqat Feruza Babasheva so‘roq qilingan. Qiynoqqa solingan, telefonlari olib qo‘yilgan.

Dala hovliga IIBning uch xodimi va yana oddiy fuqaro kiyimidagi ikki kishi kelgan. Voqea joyida Toshkent viloyati IIB xodimi mayor Ziyodulla Rahimov ham bo‘lgan.

Bu bo‘yicha mayorning o‘zi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq hokimligi yig‘ilish bayoni e'lon qilinmaguncha holat yuzasidan ma'lumot berolmasligini bildirdi.

Feruza Babasheva 1978 yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Oilali. Uzoq yillar tuman maktabida direktor va o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Bir farzandi bor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 yanvar 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahri sudi internetda O‘zbekiston rahbariyati va Xitoyning uyg‘urlarga qarshi siyosatini keskin tanqid qilishi bilan tanilgan ...
3 oktyabr 2016
Kasb bayramlarini o‘zbek tibbiyot xodimlari har yili paxta dalalarida o‘tkazishga majbur. Shugina emas, ularni o‘zbek hukumati «qora ishchi kuchi» ...
1 fevral 2017
O‘zbekistonning ikkinchi prezdenti Shavkat Mirziyoev, 30 yanvarida davlatning buyuk raxbari Islom Karimov tug‘ilgan kunini nishonlash haqida qaror imzoladi. Afsuski, ...
16 mart 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Surxondaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Xorazmdan. Bog‘otlik ayol tikuv mashinasi haridi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...