Asosiy mavzular
11 mart 2022

RTdan va'z: O‘risni o‘ldirgan Beshmergan

Bugun 11-mart. Ya'ni 8-mart xalqaro xotin qizlar bayramidan  3 kun o‘tdi. Eltuz kanalining Yutubdagi obunachilari soni 300 mingdan oshdi.  3 kun oldin esa kamida 641 ming o‘zbek erkagidan xotinlari xapa bo‘ldi. Chunki arzon padarka berishgan. «Ayfon» aberaman deb, Xitoyning xuy binnasa teleponi aberilgan. Oltin komplekt aberaman deganlar grami oz tsepochka berishgan. Bitta er xotinini Toshkentdagi Ayrish Pabda «marmar et»ga to‘ydiraman deb va'da qivorgan ekan. Va'daga vafo qilmagan eridan xafa bo‘lgan xotin, uning boshini marmar parchasi bilan yordi. Er bannisada. Xotin haliyam po‘m. Aksar xotinlar josuslarni ishga solib, erining ikkinchi xotini va o‘ynashlariga nima padarka berganini aniqlab, urushning kattasini qilishgan. Ukrainadagi urush xuyna bu urush oldida. Eng dahshatlisi esa mana bu: sebzorlik erkak xotiniga yuz dollarlik padarka beraman deb va'da qilgan. Va 8 mart kuni 100 dollarga akumlyatorli drel (teshadigan parma) sotib olib, xotiniga padarka qilgan. Aslida bu drel erkakning o‘ziga kerak edi-ku. Xotin oldin shok bo‘lgan. Keyin devordagi qaynananing umraga borgani aks etgan  portretini yulib olib, tepkilab-tepkilab, bollarini olib Chinozga qarab surgan (kelin Chinozlik). Aslida 8 mart xotin qizlar bayrami. Bu bayramni xudbin va egoist xotinlar «Erlarning o‘z xotinlariga padarka berish» bayramiga aylantirib olishgan. Eh, shokolad qog‘oziga o‘ralgan razolat. Planetani to‘xtating, astonopkada tushib qolay.

Matchon suqulish: Anovi psix. psix. Psixolog Nargiz Sattorova aytuvdiku xotin nimaga kerak deb. O‘sha psixolog 8 mart nimaga kerak deb aytsa xursand bo‘lardim. Biz erkaklarning cho‘ntagiga og‘irlik qilopdi bu bayram. O‘zi xammadan qarz bo‘sam. O‘ris yurtdagi qarindoshlar ham yo‘talmay qo‘ydi. Nosimam tugadi. O‘tkan kuni besh ming so‘mga mana bunchagina nos oldim. Oldin shu pulga bir qop nos berardi. Yurtdan baraka uchdi. Limonlar quridi. Tovuqlar o‘ldi. Sardobayam ontarildi. Kunora metro to‘xtab qoladi. Menam qarzga botdim. Davlat og‘a ham tomog‘igacha qarzga botdi. 2021 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 41 milliard 600 million dollarni tashkil qildi. Bu haqda Moliya vazirining  o‘zlari muborak og‘izlari bilan  9 mart kuni maqtandilar. 42 million qarzim bor deb.

Rassom Tuz: Eh, Matchon suqilish. Qarz uziladi xotin yonga qoladi. Aqlli xotin bo‘lsa ishing besh. Mana senga savol  Matchon suqilish  AQXOTVAZ kerakmi?

Matchon suqulish: Tuz og‘a nima u? Musor tashiydigan moshinmi?

Ex Matchonboy sevin. O‘zbekistonda aqlli xotinlar idorasi (ministrlik bo‘lsa keragov) tuziladigan bo‘ldi. Unga har yili 50 mlrd ajratiladigan bo‘ldi. Bu idoraga AQXOTVAZ degan viveska yarashadi, deb o‘ylayman. 8 mart kuni bu xabar olqishlandi va tashabbus ko‘rsatgan mo‘htaramga qarata «gip gip urraa» deb baqirildi. Ammo «Kerakmi shu?» degan savolni hech kim bermadi. O‘zbekiston eng ko‘p davlat idorasi bor mamlakat sifatida Ginnesga kirmoqchimi? Nega eng boy Shveytsariyada 7 vazirlik boru, eng qashshoq va odamlari pasportiga fuqaro deb yozilgan faqiristonda 25 vazirlik bor (yana doxuya qo‘mita-po‘mita, vazirlikka tenglashtirilgan rassomlar akademiyasi va bir-balo idoralar bor) Xo‘sh kerakmi shu? Aslida savolni qo‘ymay darrov aytish joiz. Kerak emas. Bo‘libam byudjet rezinka emas. Yo‘llarni remont qiling, janob Bosh vazir.

Matchon suqilish: Nima qiladi yo‘llarni remont qilib? Putin bizga qarshi urush boshlasa, hamma yo‘llar vasti vayron bo‘ladi. Ana Zyuganov aytdi o‘chrit Qozog‘iston ekan. Keyin xudo xolsa Putin tog‘a bizni bosib oladi. Keyin yayrab yashnaymiz. Videoda bir kampir aytdi Putin tinchlik obkeladi deb.

Rassom Tuz: Bir vaqtlar Levitan degan diktor urush xabarlarini o‘qigan. Menam shu kunlarda Levitanga aylandim. Mana bu xabarni istefodagi podpolkovnik Shokir aka Dolimov yo‘llabdi.

Urushdagi merganlar

Ukrainaga AQSh, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Kanada kabi davlatlardan yollanma professional merganlar oqimi kelyapti. Iroq, Afg‘oniston, Isroil hududida ulkan tajriba orttirib,  odam o‘ldirishning havosini olgan bunday merganlarning har biri o‘z mahoratiga ko‘ra, butun boshli harbiy bo‘linmaga tatiydi.

Ushbu merganlarga ko‘p narsa kerak emas, deylik, katta yo‘l yoqasidagi muhim bir tepalikka yaxshilab o‘rnashib olsa bas, o‘risning har qanday kolonnasini yakka o‘zi to‘xtatib qolishga qodir.

O‘z ishidan yirtqichday huzur ko‘radigan bunday merganlar o‘rislarni quyon ovlaganday bexato urib yotaveradi. Odatda, ular birinchi navbatda o‘ris ofitserlari, bo‘linma komandirlarini topib o‘ldiradi. Boshqaruvsiz qolgan o‘ris askarlari esa, tabiiyki, texnikasini tashlab, bosh oqqan tomon tumtaraqay qochgancha, ukrain partizanlariga yem bo‘ladi.

Yuzlab professional merganlarning o‘ljasiga aylanish tahdidi esa bosqinchi o‘ris armiyasida, birinchi navbatda, ofitserlar orasida vahima ko‘tarilishiga sabab bo‘lib, qo‘yilgan jangovar topshiriq ijrosiga kuchli salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Boz ustiga, olingan ma'lumotlarga qaraganda, Rossiya qurolli kuchlarining omborlarida atayin urush davri uchun ajratilib, uzoq saqlangan texnika turlari RF qurolli kuchlarida gurkirab borgan o‘g‘irlik, talon-taroj oqibatida, shuningdek, talab darajasida texnik xizmat ko‘rsatib borilmaganligi sababli ehtiyot qismlari yetishmay, texnik tizimlari ishlamay, foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolinganligi aniqlandi.

Natijada, Rossiyaning harbiy-siyosiy rahbariyati frontga, jang maydonida askar tashish uchun har xil mikroavtobuslar, yuk tashish mashinalarini Ukrainaga tashishga majbur bo‘lmoqda.

Zirhlanmagan bunday texnikada tashilayotgan bosqinchi o‘rislarni yo‘q qilib borish esa, fahmlagan bo‘lsangiz kerak, puxta qurollangan ukrainlar uchun ko‘p qiyinchilik tug‘dirmaydi. Iste'fodagi podpolkovnik Shokir Dolimov.

Matchon Suqilish: Tuz og‘a bizlarda ham merganlar bo‘lganmi?

Rassom Tuz: Xorazmning Shovot tumanida «Beshmergan» degan qishloq bor. Rivoyatga ko‘ra 1873 yili ruslar Xorazmga bostirib kirganida pilta miltiq bilan qurollangan beshta yo‘vmud mergani baland tutlar ustiga chiqib o‘nlab rus bosqinchilarini nishonga olib otib o‘ldirgan ekan. Shu bois qishloq «Beshmergan» nomini olgan. Men 1873 yili Piterda chiqqan gazetalar arxivi bilan tanishganimda Xiva yaqinida rus askarlari beshta turkman snayperlari tarafidan o‘ldirilgani xabarini o‘qidim. Bo‘yrachi, Ilonli va Po‘rsidagi xiva turkmanlari Gandimiyon kapitulyatsiyasini tan olmay bosqinchi o‘rislarni qirishda davom etishgan. Tarix ulug‘ muallim, ajdodlar yodi muqaddas.

Kun iqtibosi: Sardor Salim

Barcha iflosliklar «lekin»dan boshlanadi.

– Men antisemit emasman, lekin yahudiylar…

– Men rasist emasman, lekin qoravoylar…

– men rusparast emasman, lekin ukrainlar…

«Suriyada shuncha odam o‘ldi indamadilaring..» deb boshlanadigan dezinformatsiya tarqatish borasidagi DXX topshirig‘ini diniy «arbob» va o‘risparast «jurnalistlar bajarishga kirishdi. O‘tgan haftada DXX raisining o‘rinbosari Ravshan Abdullaxonov kreml buyrug‘iga binoan bunday vazifani diniy faol Abror Muxtor Aliy, jurnalist Yuriy Chernogaev, Robert Frantsev va Said Abdulaziz Yusupov kabi kanalizatsiya oqavalariga yuklatildi. Ular ham kun bo‘lmasa, kunaro: “Ukrainada Rossiyaga qarshi geylar, fashistlar urushmoqda!”, deb ayuhannos solishmoqda. Qator jinoyatlar sodir qilib, jumladan firibgarligi uchun sudlanib jazo o‘tagan o‘zini “terrolog”, “mustaqil jurnalist” deb tanishtiradigan Said Abdullaziz Yusupov 6 mart kuni Yutyubdagi “Oq va qora” kanalida demagogiyaning yangi portsiyasini tarqatdi.

Uning Rossiya bosqinini assoslashga, mazlum Ukrainani esa qoralashga qaratilgan buyurtma ko‘rsatuvi tahliliga bag‘ishlangan maqola Eltuz telegram kanalida chop qilindi.

DXX kuratorlari o‘z yetovidagi bo‘biklar ko‘magida tushunchalarni almashtirib qo‘yishni ( inglizcha «Reverso Context» ruscha»podmenы ponyatiy» ) rejalashgan.

Kuratorlar «faol va jurnalistlar o‘z fikrini bildirmoqda» degan saxna ko‘rinishi yaratib jamiyatda kremlparastlikni yoyishni istashmoqda.

Ammo Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirib yosh bolalar va ayollarni o‘ldirayotgani, shaxar va qishloqlarni yondirib vayronaga aylantirayotganini bu jo‘n tryuklar bilan oqlash mushkul.

Qora mushukni yuvib oqartirib bo‘lmaydi.

Har bir provintsial millatchi o‘risning ichida ikkita Jirinovskiy yashaydi. O‘zbek jurnalisti o‘laroq «qalam tebratayotgan» aslida kremlparast o‘risqul Sergey Yejkov Ukraina elchixonasi oldiga gul qo‘ygan o‘zbek faollarini haqoratlab «maqola» chiqaribdi.

Ayni paytda Yejkov o‘tgan xafta DXXning «Rossiya istilosini yoqlab maqola yozdirish» bo‘yicha blogerlarga topshiriq berganligini tasdiqlagan va olqishlagan.  O‘zbekiston Rossiyaning bir guberniyasi desak, haqimiz ketadi. Chunki, Rossiya guberniyalarida ham urushga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda.

Rusckiy propagandist Yejkov, idi na xer…

Eh, Abdulla!

Eh Abdulla jonon bo‘laman deb hammani kuydirasanmu?

Odatda diniy ritorika bilan tarmoqda izox yozadiganlar uchinchi jumlada so‘kinishni boshlashadi. Ashlachi Abdulla Qurbonov o‘z hamkasbi Jaxongir Otajonovni sazoyi qilish bo‘yicha buyurilgan vazifani bajarar ekan, qisqa videoda to‘rt marta Olloh so‘zining yonida xuynya, jalab kabi o‘ndan ortiq so‘zni qo‘lladi.

So‘kinish, haqorat, muxlislarga qo‘l ko‘tarish, nasha yoki ko‘knori chekib «gudit» qilish bilan tanilgan va sodir qilgan jinoyatlari uchun qamoqda o‘tirib chiqqan Abdulla Qurbonovning o‘zi kim? Nega u qamalib chiqqan edi.

1. Qurbonov maxalliychiligi va viloyatdan kelganlarni kamsitgani ortidan jazolangan.

2019 yilda Abdulla Qurbonovning litsenziyasi «O‘zbekkontsert» davlat muassasasining 31 may kungi qarori asosida tugatilgan edi.“Abdulla Qurbonov mahalliychilikni targ‘ib qiluvchi va san'atkor odobiga to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin videorolikni ijtimoiy tarmoqlarda ketma-ket chiqargani uning litsenziyasini bekor qilishga asos bo‘lgan edi.

Xonanda Abdulla Qurbonov 2019 yilda Umra safari paytida xonanda Jahongir Otajonovni mana bunday haqorat qilgani bois jazolangan edi:

“Toshkent yoqmayotgan bo‘lsa, borib Xorazmingda yasha, Xorazmda yasha, o‘sha Xorazmda. Ha, Toshkentni puli sani qutirtirivoribdi-ku, Jahon! To‘yga birinchidan kastim-shimda boriladi. Bu chyortga o‘xshab, …, to‘g‘risini aytaman, ko‘ngliga kelmasin hech kimni-yu, buni to‘yxonaga kiyib borgan kiyimini boru, itimga kiygizmayman, itimga!” degan edi tarmoqda tarqagan videoda Abdulla Qurbonov

Doimo fonogramma ijro qiladigan Abdulla Qurbonovga   qo‘shiqchi Jahongir Otajonovning jonli ijro  haqidagi tanqidlari yoqmagan edi.

2 . Og‘zi shaloq va so‘kong‘ich

2018 yilning iyunida “O‘zbekkontsert”  xonanda Abdulla Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Million” jamoasini haqorat qiluvchi intervyusi uchun unga ogohlantirish bergan edi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda Qurbonov tomoshalarida unga taqlid qiladigan “Million” jamoasini “Million basharalar” deb atagan edi.

3. Karimovning kabinetida seks qilish tashabbusi

Abdulla Qurbonov 2013 yilda o‘zbek militsionerlarining “onasi bilan prezidentning kabinetida jinsiy aloqa qilaman ”, deya so‘kkani aks etgan videotasvir Internet va qo‘l telefonlarida tarqatilgani ortidan ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

4. Bachcha obrazi

1990 yilda Farrux Zokirov bundan yuz yil oldin Turkistonda xofizlar qo‘shiq aytgan paytda likkillab o‘ynaydigan bachchalar obrazini qayta tiriltirishga qaror qildi. Farrux Zokirov «Abdulla, Abdulla» deb bariton ovozda qo‘shiq kuylashi va o‘rtada nozik ovozli o‘spirin nozli raqsga tushib xonish qilishi joiz edi. Bu obrazga o‘sha paytda o‘spirin yoshda bo‘lgan Abdulla Qurbonov tanlandi.

5. Mutlaqo savodsiz ashulachi

 “O‘zbeknavo” estrada birlashmasida ishlayotgan qo‘shiqchi bor yo‘g‘i uch sinfni bitirgan va o‘qishga layoqati bo‘lmagani uchun boshqa o‘qimay qo‘ygan.

Oshchi och qoldi

Rossiyada sanktsiyalar allaqachon ishlamoqda! Oddiy putinparvarlar birin ketin shilq etib yiqilmoqda. Birovi ishsiz, birovi esa pulsiz qoldi. Bolasi o‘lib Ukraina tuprog‘iga o‘g‘it bo‘gani qancha. Xullas xayl Putin degan «oddiy ruslar» nonning otini nanna deyishni boshlavordi. Tasodifan Rossiyada ovqat pishirganini videoga olib yutubga qo‘yadigan vatandoshimiz putinparast Stalik Xankishievning dardini doston qilganini ko‘rdim.

Bu oshchi yutubdan keladigan pulga tirikchilik qilardi. Yutub Rossiyada monetizatsiyani to‘xtatgani ortidan Stalikning qozoni qaynamay qoldi.

Stalikning putinoid ekani uzoq vaqtdan beri ma'lum edi.

Bu oshchi fikricha, Ukrainadagi qirg‘in «uning uchun maxsus operatsiya» xolos.

Stalikning pulsiz qolgani yaxshi bo‘libdi. Qarzga botib ochidan o‘lsa ham mayli bu putinoid.

Yutub kattalariga rahmat bularning adabini bergani uchun.

Karimov davrida davlat mulozimlari va rahbarlar jim edi. Tarmoqda ham yozmas edi. Sag‘al oshkoralik bo‘lgach, bular ham gapira boshladi. Jim turganda aqlli ko‘ringan bu raxbarlarning savodsiz, joxil va aksar xolatda O‘zbekiston mustaqilligi dushmani ekani o‘rtaga chiqdi. So‘z erkinligi xosiyati bilan ular o‘zlarining kim ekanligini ko‘rsatishdi. Buxoroda maktab direktori bo‘lib ishlaydigan manavi nusxa ayni paytda deputat. U o‘zi mansub bo‘lgan partiya ustavini o‘qib ham ko‘rmagan. Ertadan kechgacha Rossiya propganda TVni ko‘radi va rus shovininistiga aylangan. Bundaylar qo‘liga kelajak avlod tarbiyasini ishonib bo‘lmaydi.

Zelenskiy – 21 asrning oq arsloni!!!

7 mart kuni Chexiya prezidenti Milosh Zeman Vladimir Zelenskiyni Oq arslon ordeni (Chexiyadagi eng yuqori davlat mukofoti) bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni e'lon qildi.

«Ukraina prezidenti jasorat va botirlikning yuksak namunasini ko‘rsatdi. Qo‘shma Shtatlar unga evakuatsiya qilishni taklif qildi, biroq u rad etdi va o‘z mamlakati mudofaasiga rahbarlik qilib vatanni himoya qilish uchun poytaxtda qoldi», – dedi Zeman davlat mukofotlarini topshirish marosimida.

Tabriklaymiz Zelenskiyni va u haqiqatda zamonamiz arslonidir.

Rossiyaga vassal bo‘lish kabi tubanlikka rozi bo‘lgan MOdagi iston raxbarlarining bo‘yni bukik. Tili qisiq. Bu yetimlarnig ko‘tini Putin taxtga svarkalagan. Ertaklarda ajina o‘lgach uning sexr jodusi bilan yaralgan narsalar kulga aylanadi. Istonlar boshida urug‘ aymog‘i bilan o‘tirganlarning kuni Putin bilan birga tugaydi. Bu istonlar santsiyalar bois botqoqqa botgan Rossiyaga qo‘shilib tomog‘igacha yerga kiradi. Xozircha ular aravasiga tushgan Rossiya ashulasini aytishga majbur. Buning otini «neytrallik» deydimi yoki «bosqinchini tushunishmi» farqi yo‘q. Itning nomini marjon qo‘yganing bilan u itligicha qoladi. Kurva Kokain. Chao Pompidu. Putin kaput. Unga qo‘shilib laychalari ham kaput.

Bolajon, yig‘lama…

Tarmoqda Ukraina chegarasidan Polshaga qarab yo‘lda yig‘lab ketayotgan bolakay videosi tarqaldi. Qadamlar shahdam, biroq bola yig‘isi yurakni ezadi.

Eltuz do‘stlar klubi a'zosi G‘ayrat Omon Ukrainada rus bosqinchilari o‘ldirayotgan bolakaylarga atab she'r yozibdi.

Bolajon, yig‘lama ko‘z yoshlaring art,

Yurtinga yovuzlar ko‘zini tikkan.

Yovuz Putin nomli tuzalmas bir dard

O‘rusiya elining qaddini bukkan…

Bolajon, yig‘lama ko‘z yoshlaring art,

Oldinda nurli yo‘l, baxt seni kutar.

Yurtingni vayrona qilgan manfur «it»

O‘lim jomin quchib, laxta qon yutar.

Dunyoda yovuzlik qolmas javobsiz,

Ming yillik tuproqlar bunga guvohdir.

Yovuzlar aslida o‘limdan qo‘rqib,

O‘zga yurt bag‘rida chekkani ohdir…

Yig‘lama, bolajon! Ko‘zlaring kulsin,

Vataning hurlikda taraqqiy etsin!

Yovuzlik urug‘i dunyodan qurib,

Kurrai zaminda ozodlik bo‘lsin!

Yig‘lama, bolajon…

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
23 noyabr 2018
Urganch tumani fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi jurnalist Bobojonovlarning da'vosi bo‘yicha 23 noyabrga belgilangan sud majlisini noma'lum muddatga qoldirdi. Bobojonovlarning ...
25 fevral 2024
Prezident qarori asosidagi auktsion savdolari orqali olingan joylarning buzib tashlangani iddao qilingan murojaat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani hokimligi ushbu ...
21 aprel 2023
Bugungi juma va'zini qisqa yangiliklar bilan boshlasam. Qashqadaryo viloyat 1 sonli asab ruhiy kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi to‘rt yuz ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki shiki madam shiki va ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...