Asosiy mavzular
14 mart 2022

«Vor v zakone» Baxti Tashkentskiyning o‘g‘li avtohalokatda omon qoldi

O‘zbekistondagi jinoyat olami qiroli Baxti Tashkentskiy nomi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullaevning 28 yashar o‘g‘li Ixtiyor Toshkentning qoq markazida qimmatbaho mashinasini avariya qildi.

11 martdan 12 martga o‘tar kechasi yuz bergan avtohalokatda Ixtiyor va mashinada bo‘lgan uning ikki do‘stiga hech qanday shikast yetgani yo‘q, ammo  yap-yangi «Porsh» elektromobili yaroqsiz holga kelgan.

@eltuz ga yetib turli telegram kanallardan kelgan videodan ma'lum bo‘lishicha, do‘stlarining e'tirozlariga qaramay, Ixtiyor Toshkent qoq markazidagi Amir Temur xiyobonida mashina tezligini oshiradi va xiyobon aylana yo‘li burilishida elektromobilni idora eta olmay qoladi.

Natijada narxi 150 ming dollar turuvchi elektromobil to‘g‘ri borib daraxtga urilgan. To‘qnashuv paytida avtomatik tarzda ochilgan «xavfsizlik yostiqchasi» elektromobil ichida bo‘lgan yoshlarning hayotini saqlab qolgan.

Guvohlar kuchli zarba natijasida elektromobil tutab ketganini aytishdi.

@eltuz ga yuborilgan suratga qaralsa, old qismi qattiq shikast yegan elekromobilning yaroqsiz holga kelib qolganini anglash mumkin.

O‘g‘rilar dunyosining ayrim ekspertlari iddaosiga ko‘ra, O‘zbekistonda yagona «vor v zakone» 50 yashar Baxtiyor Baxti Tashkentskiy 26 yoshida “vor v zakone” tojini kiygan O‘zbekistondagi yagona kriminal avtoritet hisoblanadi.

Tag‘in o‘qing
11 sentyabr 2020
«Biz tomonlargayam koronavirus infektsiya yetib keldi. Qishlaxta o‘n beshta odamda o‘sha kasallik bor ekan»,- dedi bugun ertalab qishloqdoshlarimdan biri. ...
23 mart 2021
Turkmaniston hukumati karantin qoidalari sabab o‘z talabalarini mamlakat hududiga kiritmayapti. Talabalar chegara punktida qolib ketgan va bir necha kundirki, ...
23 sentyabr 2020
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 13-maktab direktori, 47 yashar Nurbek Turdievning jasadi 31 avgust kuni maktab hojatxonasida osig‘liq holda topildi. ...
11 fevral 2016
Rassom Tuz Yevropadan turib ochiq jamiyat faollariga huruj qilayotgan o‘zbek rejimi qo‘g‘irchoqlarini hajv ostiga oladi. «Men Obidov voqeasi o‘zbek ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...