Catira
28 mart 2022

Aksariyat – nodon, aqalliyat – xoin bo‘lsa…

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganiga bir oy to‘ldi. Rossiya Ukrainani uch kunda bosib oladi, degan bashoratlar (ular orasida g‘arb istihboroti ham bor) butunlay noto‘g‘ri chiqdi. O‘tgan bir oy ichida dunyoning ikkinchi qudratli armiyasi amalda bo‘sh pufak singari shishirilgani ma'lum bo‘ldi. Yiliga 40 milliard dollar sarflanadigan armiya korruptsiya bois pishloq singari ilma-teshik ekani bugun hech kimga sir bo‘lmay qoldi.

Rossiya qo‘shinlari Ukrainani bosib olish u yoqda tursin, alamli mag‘lubiyatga uchramoqda.  Nafaqat jang maydonida. Putin Rossiyasi bugun barcha jabhalarda yutqizmoqda. Hattoki, targ‘ibot mashinasi ham alahsirashga o‘tgan. Ammo, ajablanarli jihati shundaki, Rossiya ommasi ushbu alahsirashni haqiqat deya qabul qilmoqda va eyforiyada.  

Eng achinarlisi, bu urush bugungi o‘zbek jamiyati haqida qo‘rqinchli bir haqiqatni ham ochib tashladi.  
 
Bir oy oldin boshlangan urush o‘zbek jamiyatida ko‘pchilik o‘zgalar fojiasiga befarqligi va yomonlik haqida ozgina bo‘lsin tasavvurga ega emasligini ko‘rsatdi.  
 
Ko‘pchilik deganimiz bu massa butun dunyoga dag‘dag‘a qilayotgan Rossiyadagi johil to‘daning bir bo‘lagi ekanidan faxrlanmoqda. Bu massa insoniyat qalbiga g‘ulg‘ula solayotgan Putinga uzoq yillar kutganlari najotkoridek qaramoqda. Bu massa 30 yil davomida misqollab to‘plangan mustaqillik atalmish tafakkurdan voz kechishga shay turibdi. Bahona ham topib olgan: Mustaqillik bizga nima berdi?  
 
Bu massa bir haqiqatni tushunishni istamayotir yoki bu haqiqatni genetik xotira katagidan o‘chirib tashlagan: Rossiya uchun o‘zbek yoki har qanday g‘ayri rus ikkinchi sort mehnat resursi bo‘lib qolaveradi.  
 
Bir oy oldin boshlangan urush o‘zbek jamiyatida fikrlovchi qatlamning ham o‘ta kuchsiz ekanini ko‘rsatdi.  
 
Bu qatlam barmoq bilan sanarli yozuvchi, shoir, tahlilchi va jurnalistlar bilan cheklangan xolos.  
 
Uning ta'sir doirasi ham o‘ta mahdud.
 
Qolaversa, o‘zbek siyosiy elitasi o‘zining qaramligi,  qo‘rqoqligi va xoinligini yaqqol ko‘rsatdi.  
 
U shunchalar noshudki, o‘z qo‘rqoqligini pragmatizm deb, xoinligini esa ko‘p vektorli yondoshuv deya yashirishga urinmoqda.  
 
Bir millatni qullikda ushlab turish uchun esa aynan shu kerak: aksariyat nodon va aqalliyat xoinlar!

Eltuz jamoasi yutub va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z ko‘rsatuvlari va yoyinlarini davom ettiradi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizni do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashishni ututmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat madhiyasini kuylayotgani masxara qilingan ...
20 avgust 2020
19 avgust kuni Turkiyaning Antaliya shahrida asli gurjistonlik “vor v zakone” Nodir Salifov otib ketildi. «Eltuz»ga yetib kelgan ma'lumotga ...
23 iyun 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning taklifiga binoan, joriy yil 23-24 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahriga ...
22 aprel 2019
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...