Asosiy mavzular
4 aprel 2022

Qozog‘istonda To‘qaevga qarshi suiqasd rejalagan shaxs qo‘lga olindi

Qozog‘iston rasmiylari mamlakat prezidenti To‘qaevga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan “xorijiy razvedka agenti” qo‘lga olinganini ma'lum qildilar. 

Lekin uning qaysi mamlakat agenti bo‘lgani aytilmagan.

“25 mart kuni Nur-Sultonda Qozog‘iston prezidenti va bir qator yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan Qozog‘iston fuqarosi, xorijiy razvedka agenti qo‘lga olindi. Shu bilan birga, u maxsus va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan”,  — deyiladi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabarida.

Shuningdek,  KNB ma'lumotlariga ko‘ra, agent go‘yoki «Qozog‘istonda Rossiyaga qarshi tashviqotni targ‘ib qilish bo‘yicha vazifalarni ishlab chiqqan».

Ko‘pchilik bu voqea Prezident ma'muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Timur Sulaymonovning bayonoti ortidan yuz berganiga e'tibor qaratmoqda.

2 aprel kuni Sulaymonov Qozog‘iston Rossiyaga qarshi “sanksiyalarni chetlab o‘tish vositasi”ga aylanmaydi, deya bayonot bergan edi.

Sulaymonov, Qozog‘iston sanksiyalar ostidagi shaxslar yoki tashkilotlar nomidagi har qanday sarmoyani nazorat qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirgan edi.

“Biz sanksiyalarga rioya qilamiz. Garchi biz Rossiya, Belarus va boshqa davlatlar bilan iqtisodiy ittifoqning bir qismi bo‘lsak-da, xalqaro hamjamiyatning bir qismimiz. Shu bois, biz istagan oxirgi narsa – Qozog‘istonga nisbatan AQSh va Yevropa Ittifoqining ikkinchi darajali sanksiyalari qo‘llanilishi”, — degan edi Suleymenov.

Bundan avval 24 mart kuni Rossiyalik deputat Sergey Savostyanov Boltiqbo‘yi, Moldova, Polsha va Qozog‘istonda ham harbiy amaliyotlar o‘tkazishni taklif qilgan edi.

Deputat Savostyanov o‘z nutqida bitta Ukraina bilan cheklanib qolmaslik, demilitarizatsiya va denatsifikatsiyani boshqa qo‘shni davlatlar chegarasiga qadar kengaytirish haqida ochiqchasiga gapirgan edi.

Lekin real haqiqat urushda Rossiyaning allaqachon mag‘lubiyatga uchraganini ko‘rsatmoqda. Aprel oyi boshlariga kelib rus armiyasi Kiev ostonasidagi shaharlarni bir bir boy berib chekina boshladi.

Rus askarlarining tinch aholiga nisbatan harbiy jinoyatlari va yovuzliklari butun dunyoda qoralanmoqda. Biroq Rossiyaning Markaziy Osiyodagi vassallari hamon bu faktlarni ko‘rishni istashmayotir. Ular boshqa bir dushmanni, qorong‘u xonadagi qora mushukni izlashmoqda.

Tag‘in o‘qing
5 dekabr 2021
Rassom Kirpi
21 aprel 2017
O‘zbek nashrlari barcha savdo sub'ektlarida kassa apparati joriy etilishi haqidagi prezident qarori ijrosi haqida yozarkan, tadbirkorlar va banklar o‘rtasidagi ...
15 oktyabr 2018
O‘zbekistonda Uy-joy kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilayotgan uylarning faqat mulkdorlarigina turar joy ...
21 may 2016
O‘zbek rasmiylari milliy til rivoji va rag‘batini hukumat farmonlari, qarorlari bilan ochilgan universitet va uning tarkibida ochilgan o‘zbek tili ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...