Asosiy mavzular
8 aprel 2022

RTdan va'z: Qo‘chqor urishganda qo‘y jim turadi

Mana, g‘ir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qonxo‘r rus bosqinchilarining yosh go‘daklar, qizlarni zo‘rlab o‘ldirgani, ayollar, keksalar va bolalarni qiynoqqa solib o‘ldirib jasadini yoqib yuborgani aks etgan kadrlar dunyoni larzaga soldi…

Matchon suqilish: O‘zbekiston rahbarlari nima qildi bu vaqtda?

RT: O‘zbek mulozimlari hukumat xazinasini o‘marishda bardavom bo‘lishdi. Qo‘chqor urishganda qo‘y jim turib ajriq yeydi.

Sekin sekin Ukraina mavzusidagi kontentdan O‘zbekiston xabarlariga o‘tyapmiz. 100 yil oldingi kabi mavzular. «Soqol qo‘ydi – qo‘ymadi», «ayollar erining telefonini kavlashlikka shariat izn beradimi?», «do‘xtir opa paranji kiysinmi, yo srazu burqaga sakrasinmi?», «Putinni duo qilganda qaysi oyat o‘qilishi joiz?», «Saxarlikka xurmo yemasa sog‘liqqa foydami?»

Buning yonida xofiz akani qiynashda qo‘llanilgan yelimzakar va urganchdagi Sex and the City va ro‘za paytida yupun kiyingan ayollarni takfir qilish uchun stolbaga yelimlangan xizbu taxrir varaqalari. Boshqa mavzu ko‘rmadim omo lekin. Tashqarida aprel. Shoir aytganidek, baxor o‘z qo‘li bilan silab, chiqib kelayotgan hammaga yo‘l beradigan oyning ilk kuni.

Matchon suqilish. Urganch ko‘chasida porno qo‘yilgani qiziq bo‘ldi. Sal oldin  falloimitator bilan hofiz akani qiynashdi, keyin esa katta ko‘chadagi led ekranda sekis kino. Freyd xayratda.

RT: Urganch shahrida namoyish qilingan pornografik video shu monitor firmasi ishchisi tomonidan yuklangani ma'lum bo‘ldi. Bu ishchi kechirim so‘radi va jarimani ham to‘ladi.

2022 yil 31 mart kuni soat 19:20 da Xorazm viloyati IIB navbatchilik qismiga Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chasi chorrahasida o‘rnatilgan reklama monitorida pornografik mazmundagi video namoyish etilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ushbu videolavhaning reklama monitoridagi namoyishi zudlik bilan to‘xtatilgan va ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv ishlari natijasida pornografik mazmundagi videolavha reklama monitori tegishli bo‘lgan bo‘lgan xususiy firma ishchisi, 1978 yilda tug‘ilgan I.I. tomonidan reklama roliklarini joylashtirish jarayonidagi ehtiyotsizlik natijasida monitor xotirasiga yuklanganligi ma'lum bo‘ldi.

Matchon Suqilish: Tuz og‘a xorazmlik mullalar atay mashina minib, ko‘chadagi monitorda porno ko‘rgani  borishibdi. La'natlash uchun borishganda xojakalar?

RT: AQShda qo‘lga olingan o‘zbek jihodchilarining telefon va komplaridagi axborotlarni tarjima qilgan tarjimon bir qiziq gapni aytib berdi. Eng taqvosi kuchayib ketgan takfirchilar telefoni va kompyuteri eng «otvraщennыy» porno kontent bilan to‘la. Esingizda bo‘lsa, o‘zidan becharashka yasab, Shvetsiyadan qochqinlik olgan eks imomning bir qizga «zakarimni suvini ichasan» degan gapi tarqalib ketgandi. Psixologlar xulosasiga ko‘ra, moralistlar (birovniing axloqini muhokama qiladiganlar) ko‘p holda izvrashenets bo‘larkan. Gomofoblarning o‘zi hamjinsbozlikka moyil bo‘larkan. Tak chto, Urganch shahrida video qo‘yilishi Gertsen aytgan uchqun emas. Gertsen inqilob omili haqida gapirib: «Uchqundan chiqar alanga» deya yozgan edi. Darvoqe MO va xossatan O‘zbekistonda PornHub-ni eng ko‘p tomosha qiladigan stabil segment mavjud (o‘tgan yili PornHub chiqargan statistik ma'lumotga qarang, agar ishonmasangiz). (Osh bo‘lsin)

Urganch ko‘chasidagi videoni tomosha qilib, munosabat bildirgan shoferning gapiga e'tibor bering: «Qizingni sekin» deydi. Ya'ni u birovning qizi bilan jinsiy aloqa qilish istagini indirekt izhor qivordi. Tak chto, fildan pashsha yasamaylik. Hayot davom etadi. O‘zbeklar yil oxiriga borib, yana ko‘payadi. Seks – bu nufuz ko‘payishi uchun muhim omil. Sevgi haqidagi erotik kontent esa muosabatlar ehtirosini alangalaydigan motivatsiyadir. Barakasini bersin.

Mirziyoev qo‘shni mamlakatdagi genotsidga nega munosabat bildirmadi?

Putler mustaqil Ukrainaga qarshi urush olib borayotganiga qirq kundan ko‘proq vaqt o‘tdi, prezident Shavkat Mirziyoev Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilmadi, qo‘shni dushman tomonidan bosib olingan Bucha va boshqa shaharlardagi genotsid haqida o‘z so‘zlarini bildirmadi.

Albatta, Rossiya Toshkentning strategik hamkori, sherigiga, hatto bosqinchi va jallodga qarshi bayonotlar berish o‘zbek an'analarida yo‘q.

Matchon suqilish?  Nima desangiz deng, ammo bu o‘zbekchilik emas demang. G‘irt o‘zbekchilik bu. Ko‘tni qisgan boy bo‘ladi degan maqolni kim to‘qigan?

RT: Bu o‘zbekchilik emas. Balki uyatsizlik.  Eshitmadik, bilmaymiz, eslamayapmiz, deb o‘zini ko‘rsatib, jim bo‘lishni ma'qullash.

Mana hokimiyatning ikkiyuzlamachiligi. Butun dunyo tajovuz va genotsidni qoralasa, O‘zbekiston betaraflikni saqlab, buning bizga aloqasi yo‘qligini aytadi. Deputatlar va senatorlar jim. Ular partiyaning og‘zini yopishdi. Matbuot bilmaydi. Uxlayotgan Miromonich…

Urush uzoqda…

Kievdagi jamoat tashkilotlardan birining asoschisi Mustafa Nayyem Buchadagi qotillik jazolanishini istaydi.

Xudoning g‘azabi

Bu 1972 yilda Myunxen Olimpiadasida sodir etilgan teraktda ishtirok etgan terrorchilarni qidirish va yo‘q qilish bo‘yicha deyarli yigirma yillik Isroil razvedka operatsiyasining nomi edi.

Agar Ukraina maxsus xizmatlarimiz ushbu urushda qatnashgan har bir rus zobiti va askarini qidirish va yo‘q qilish uchun guruh tuzsa, men qo‘llab-quvvatlayman, yordam beraman va qo‘shilaman. Qaerda yashirishsa. Sud yoki tergov yo‘q.

Bucha va Irpendan olingan kadrlar yer yuzidagi do‘zaxdir, bu xayvoniylar o‘z kuchlaridan zavqlanib, ayol va bolalarni iskanjaga solishgan. Endi boshqa ishg‘ol qilingan shaharlarda nimalar bo‘layotganini tasavvur qilish ham qo‘rqinchli.

Bunday yovuzlik jazolanishi kerak.

Matchon suqilish. O‘tkan yili muhtaram prezidentimiz xudoning yerdagi soyasi g‘alaba bayramini to‘ylab, georgiy lentasini aziz qilib kastumiga osvolib Putinninimg mehrini qozongandi. Bu yilam ashnaqa bo‘rakanmi?

RT: Ayni paytda toshkentdagi   bir guruh faollar 9 may kuni poytaxt ko‘chalari bo‘ylab «O‘lmas polk» aktsiyasini o‘tkazishga ruxsat so‘rab, Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga murojaat yo‘llagani ma'lum bo‘ldi.

Hozircha, rasmiylar ushbu murojaatga munosabat bildirgani ko‘zga tashlanmadi.

Deputat Alisher Qodirov «O‘lmas polk» aktsiyasi o‘tkazilishiga doir xabarlarga munosabat bildirgan yagona mulozim bo‘ldi.

U «O‘lmas polk»ni «yumshoq kuch namoyishi, sovet birligiga targ‘ibot quroli» deya atadi. Alisher Qodirov 3 aprel kuni o‘zining Telegram kanalida «Biz bunday namoyishlarga qarshimiz!», deya yozgan edi.

O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar Uyushmasi esa hali qarg‘a bo‘q yemay turib, 9 may bayrami uchun o‘risparast tadbir o‘tkazishini e'lon qildi. Hatto Rossiya ijodkorlari ham urushga qarshi bo‘lib turgan paytda o‘zbek rassomlari idorasi Kreml nog‘orasini chalib boshladi.

Rasmiylar og‘ziga qatiq uyutgan bir paytda millat oydini Eldor Asanov fikri yarq etib ko‘rinadi:

«Tashabbuskor» guruh Toshkentda yana o‘lmas polk marshini o‘tkazmoqchi. Bu safar Georgiy lentalari, SSSR bayroqlari, Stalin boboning rasmlari-yu «Mojem povtorit» degan militaristik shiorlar qatoriga Rossiya svastikasi (Z) qo‘shilsa, ajablanmayman.

Jadidlarni, Rauf Parfini, Cho‘lponni eslab tadbir va aktsiyalar uyushtirishga ruxsat berilmaydigan O‘zbekistonda Rossiyaning agressiv militaristik siyosatini targ‘ib qilishga qaratilgan bu siyosiy tadbir o‘tkazilishiga ruxsat berilsa ham ajablanmayman. Ochig‘i, ko‘p narsaga ajablanmay qo‘ydim. Agar o‘zbek elitasi xalqaro siyosiy vaziyatni anglasa, ularning siyosatni tushunadigan normal maslahatchilari bo‘lsa, bunday aktsiyaga ruxsat berib bo‘lmaydi.

Birinchidan, 9 may allaqachon Rossiya militaristik siyosatini targ‘ib qilish, aholini jazavaga tushirib, urush kayfiyatini tarqatishga xizmat qiladigan bayramga aylanib qolgan. Ukrainaga bostirib kirish oldidan 9 mayga katta urg‘u berilib, shu orqali rossiyaliklar urushga tayyorlangani sir emas. Bu sanani nishonlaganda Rossiyaning ritorikasidan uzilib, «o‘z bobolarimizning qahramonliklarini yod etyapmiz» deb o‘tkazishimiz mumkin, ammo buni ham to‘g‘ri tushuntirish, to‘g‘ri tashkillashtirish kerak bo‘ladi. Harqalay, O‘lmas polk singari aktsiyalar, rus propagandasining ramzlari darhol Rossiya militarizmi bilan assotsiatsiya uyg‘otadi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, bu Ukrainaga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi, boshqa mamlakatlar ham O‘zbekistonning tashqi siyosiy moyilliklaridan shubhalana boshlaydi.

Ikkinchidan, aslida Rossiyaning o‘zi ham bu yil bu bayramni nishonlamagani ma'qul. Maqtalgan «dunyoning ikkinchi armiyasi» aslida real harbiy tayyorgarlikka va tajribaga ega emasligini, haligacha sovet taktika va strategiyalarida qolib ketganini ko‘rsatib qo‘yib, butun dunyoga sharmanda bo‘ldi. Shunday vaqtda Qizil armiyaning g‘alabalarini nishonlash Rossiya armiyasining ustidan kulish bo‘lib qoladi. Ya'ni, aslida bu bilan aqlli, sog‘lom fikrdagi rossiyaliklarni ham ranjitib qo‘yish mumkin.

Matchon suqilish: Oh, qanday razil rahbarlarimiz bor! Xalqimiz esa osmondagi oy.

RT: Aslida rahbariyat bilan aksar aholi orasida deyarli farq yo‘q. Ol birisini, ur narigisini degan gap. Ahmoq xalqqa ovsar rahbariyat. Eltuz o‘z telegramm va yutub kanallari ostida izox berish tizimini o‘chirib qo‘ydi. Ukrainlarni qarg‘ab, Putinni maqtagan tug‘ma ovsarlarning fikri zikr qilinmasa yana yaxshi.

Umuman ularda fikr nima qilsin. Fikr bildirish uchun miya bo‘lishi kerak. Miya o‘rnida oshkadi ko‘tarib yuradiganlar fikr bildira oladimi? Maktabda to‘g‘ri yozishni o‘rgatish uchun diktant yozdiriladi. Bir narsani o‘qib mazmunini tushunish malakasini shakllantirish uchun bayon yozdiriladi. Fikrlar va taxlilni o‘rgatish uchun esa insho yozish kerak. 

Eltuz platformalarida o‘z almoyi jalmoyi gaplarini milliion xato bilan qoldirayotganlar maktabni uzoqdanham ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Ularning ota enalari jamoatchilik tualeti devorlariga uyat gap yozish bilan umrini tugatgan bo‘lsa ularning chuvrindi avlodlari tarmoqda Putinni maqtab yozuv yozish bilan band. Tezak tezakdan nariga tushmaydi. Ha, doimo aytaman, deb, yodimdan ko‘tarilyapti. Xullas, Rossiyada trollar fabrikasiga o‘zbek tilini yaxshi biladiganlar ham olingan. Ular Rossiya va Putinni ulug‘lovchi, Ukraina va G‘arbni qoralovchi izohlarni tarqatishga mas'ul. Ba'zida ijtimoiy tarmoqlarda aql bovar qilmaydigan darajadagi «debilizm» namunalarini ko‘rsangiz (Putin – musulmonlar peshvosi, Zelenskiy – fashistlar rahnamosi, Geyropa, «Suriya portlatilganda qaerda eding!», “Rubl olinglar – millioner bo‘lasiz!”, “Rossiya bizni boqyapti!”, “SSSRni tiklaylik, bizni NATOdan faqat Rossiya qutqarib qola oladi va hokazo izoxdani kursangio‘) hayron bo‘lmang!

Matchon suqilish: Endi mabodo o‘lmas polk bayroqlarini ko‘tarib o‘tkan yilgi ishini qilsa nima bo‘ladi?

RT: Diqqat, rus fashizmi Toshkentni bulg‘amoqchi! Agar o‘lmas polk degan itvachchalarga namoyish uchun izn berilsa, prezident Mirziyoevni mamlakat manfaatlariga hiyonat qilgan sotqin sifatida ko‘rish uchun asos bo‘ladi.

Toshkentda zilzila bo‘lganda Ukrain quruvchilari kelib, uylar qurib bergan. Bu uylar yon tarafiga «Ukrainlardan sovg‘a!» deb yozilgan. Shuncha yil turgan yozuvni Ukrainaga Rossiya bostirib kirgan fevral oyida Toshkent hokimiyatidagi o‘risparast mulozimlar o‘chirtirib tashlabdi. Faollar, xossatan Nikita Makarenko degan o‘zbek vatandoshi bunga qarshi chiqib tarmoqda yozib chiqqani ortidan yozuv ustiga chaplangan bo‘yoqlardan tozalandi. O‘zbekiston boshqaruvida o‘risparastlar in qurgan.

Cavod haqida

«Toifa uchun sinovdan qulagan» samarqandlik va xorazmlik o‘qituvchilar «Eltuz»ga shikoyat bilan chiqdi. Yig‘langan, siqtangan maktublar. «Qani prezidentimiz aytgan gaplar» degan naqorati ham bor. Ammo bu shikoyat xatlarining ichi g‘ij-g‘ij imlo xato. Rus tili o‘qituvchisi «Rossiya» so‘zini «rasiya» deb yozsa, qaysi toifaga mansub bo‘ladi?

Mana misol «Assalomu alaykum. Men rus tili fani ukituvchisiman. 31 mart kuni attestatsiyadan 95% pedagog past ball toplab yikilib ketdi. Savollar judayam kiyin. Uchebnikdan umuman xech nima yok. Talim inspektsiyasiga karshilik kilmokchi edik nimaga bizga Rossiyaning Yediniy ekzaminatsionnыy portalidan savol tashashdi. Biz rassiyada ta'lim bermaymizu»

(men 10dan ziyod xato topdim)

Hokimlik idoralariga  tanish bilish qilib ishga kirib olganlarning savodsiz va johil ekani haqida erinmagan hamma yozgan. Ya'ni bu aksioma. Ammo bu johillar to‘dasi o‘z kompasini Kremlga to‘g‘irlab, mamlakat mustaqilligiga shak keltirar ekan falokat ko‘lami bo‘rtib ko‘rinadi. Rasmdagi mana bu mulozimning ismi Otabek. U SSSRda emas mustaqil O‘zbekistonda tug‘ilgan. Xorazm viloyat hokimligida ishlaydigan bu shotirning miyasida 1937 yil Stalin davri. Bu mulozim o‘zini repressiya davridagi Moskva gumashtasi kabi tutib, mahalliy idoralarga borib, dag‘dag‘a qilish bilan band. Bu odamsifat arvoh joriy yil mart oxirida Urganch muzeyiga borib, qaysi rassom “xalq dushmani” ekanligini aniqlash bilan shug‘ullangan. Mamlakat prezidentini haqorat qilib, Putinni ulug‘lagan. Daa. Nu i vremena….

Kremlparast o‘zbeklar ro‘yxati

O‘zbekiston mustaqilligi g‘oyalariga zid amal qilgan kremlparast o‘zbeklar ro‘yxatini tuzmoqchiman. Shu o‘rinda savol. Toshkentni bosib olish paytida Kamolon maxallasida o‘lim topgan rus bosqinchilarga atalgan obidani davlat hisobidan ta'mirlattirishda bosh qosh bo‘lgan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham shu ro‘yxatda bo‘lishga loyiqmi?

Ammo mana bu nusxa nomini temir daftarga qo‘rg‘oshin bilan yozsa ham arziydi.

Tanishing: O‘zbekiston mustaqilligini sotishga shay turgan putinqullardan yana biri. Iqtisod fanlari doktori, professor, Bank-moliya akademiyasining rektori, Nodir Jumaev. Bu kishi O‘zbekistonni Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilishga targ‘ib qilayotgan propagandonlardan. Yana bu kishi O‘zbekiston parlamenti a'zosi. Qiziq, Kremldan professor janoblari xizmatlari uchun qancha olsa? Yoki nima va'da berishgan deb o‘ylaysiz bu propagandonga?  

Matchon suqilish Tuz og‘a, oldin qaynana go‘rda – kelin qamag‘da degan janrda xabarlar yozardingiz. Shulardan  bitta aytib bering!

RT Qo‘qonlik Javlon Hamroqulov ishsiz va pulsiz qolib xotin-bola chaqasini boqolmay qoldi (ko‘pchilik erkaklar kabi) Xotin esa bollarini olib enasinikiga ketdi. Ado qilgach xotinsizlik, bu yigitning guli qaynana uyiga borib razbor qilib xotinini obketmoqchi bo‘ldi. Ammo xotin o‘zi ishlab pul topib, bolasini boqyotgani va dangasa tekintomoq erga zor emasligini aytdi. Qashshoq bo‘sayam ko‘kragida juni bor Javlon shartta pichag‘di olib qaynanasi va xotinini so‘yib tashadi. Beshariqda o‘tgan sud Javlonni 20 yilga qamadi. 20 yil davlat hisobidan boqiladi bu kuyov. Xullas xotin go‘rda – er qamag‘da.

Matchon suqilish Tuz og‘a Qandaxorda duxtur opalar paranjida, medsestralar burqada yurarkan. Bizadayam shunga ruxsat tegdi deb sevinib yuragim yorilayozdi.

RT: Bu yer Qandaxor emas, O‘zbekiston!!!

O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tibbiyot xodimlariga hijobda yurishga ruxsat berilganini rad etdi. (xalifalik orzu qigan blogerlar xursandligi shu yerda tugadi. Tarqaldik bollar)

Vazirlik tibbiyot xodimlari hijop pijob kiymasligi bo‘yicha murojaat bilan chiqqan.

Vazirlikning Fan va ta'lim boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Ismoilov so‘zlariga ko‘ra, inson salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash tibbiyot tizimining eng muhim vazifasi bo‘lib, ushbu soha egalari o‘z yurish-turishi, kiyinishi va muloqot madaniyati bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi, kasbdoshlariga, qolaversa, bemorlarga hurmat va mehr-muruvvat ko‘rsatishlari lozim. Shu boisdan 24 martda sog‘liqni saqlash vazirining «Tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilingan.

Tibbiyot xodimlari o‘z kasbiy majburiyatlariga rioya etishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan mazkur hujjatdagi vazifalar vazirlik tizimidagi barcha korxona-tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus ta'lim muassasalarida ijro etilishi qat'iy belgilangan. Xususan, buyruqning «Muassasa xodimlari va talabalarning muomalasi, kiyinish madaniyati qoidalari» nomli 3-bobida tibbiyot muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan va ta'lim olayotgan ayol xodim va tabalalarga alohida va aniq talablar qo‘yilgan.

Jumladan, mazkur bobning 3.1.2 bandida usti kiyimning turlari xalat yoki tibbiy maxsus kiyim oq rangli (bo‘limlar orasidagi boshqa rangli maxsus kiyim ichki tartibda tasdiqlanishi lozim) tabiiy matodan, oson va tez tozalanadigan, qulay kiyiladigan, tor bo‘lmagan, bichimi ortiqcha, bezaklardan xoli, diqqatni tortmaydigan, klassik shakldagi kostyum yoki xalatdan iborat bo‘lishi kerakligi keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, ushbu bobning 3.1.6 bandida ayol tibbiyot xodimlari va talabalar oq xalat va unga mos toza va maxsus bosh kiyim kiyishi, xalat tizzadan pastda turishi, yengi uzun (faslga qarab), klassik uslubda chet el va turli xil firma yorliqlaridan xoli bo‘lishi aniq va batafsil bayon etilgan.

«Tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksida keltirilgan ushbu mezonlardan ko‘rish mumkinki, tibbiyot muassasalarida shifokor va hamshiralarning ish faoliyati davomida belgilangan me'yorlar asosida kiyinishi qat'iy belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlardan ushbu buyruq mazmun-mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘raymiz», deyilgan xabarda.

Ashnaqa. Bu yer Qandaxor emas!

Matchon suqilish: Putinning oyog‘i osmondan kelyapti. Putin Rossiyasi botqoqqa botyapti. Biz Putinga ip bilan boylangan davlat sifatida qo‘shilib botqoqqa cho‘kamizmi. Lekin shaxsan men botqoqqa cho‘kishni istamayman.

RT: O‘zbekiston degan davlat bugungi chegaralarida 1924 yil tuzilgan. Nomiyam o‘shanda qo‘yilgan. MO dagi barcha shaxarlarni o‘z ichiga olgan bu davlat tuzish g‘oyasi Fayzulla Xo‘jaevga oid. Fayzulla Xo‘jaev O‘zbekiston davlatining asoschisi. Ta'zimlar bo‘lsin bu ulug‘ kishiga. Bu davlatning nominal birinchi prezidenti Yo‘ldosh Oxunboboev. Qashshoq va savodsiz odam bo‘lgan. 1991 yili SSSR tarqagani ortidan yangicha formatlangan O‘zbekistonga 1989 yili kreml tayinlagan komfirqa rahbari Karimov rahbarlik qila boshladi. Karimov insultdan o‘lgach, o‘rniga uning ko‘mish marosimiga rahbarlik qilgan Mirziyoev bo‘ldi. Mirziyoev bir muddat prezidentlikni bajardi. Xozir ikkinchi muddat. 4 yildan keyin O‘zbekistonga yangi prezident tayinlanadi.

Kamida bitta odam o‘zini mamlakatning navbatdagi prezidenti deb biladi. U 37 yoshda. Xozirdanoq ishlarni boshlab yubordi. Bugun kun mobaynida bo‘lg‘usi prezident bilan bir necha marta turli mavzularda suhbatlashdim. Ichki tuyg‘ularim 4 yildan keyingi o‘zgarishlarga ishorat qildi.

Nikolay Gogol – buyuk ukrain yozuvchisi. Kikutake Kiyonori – osmono‘par binolar arxitektori.

Le Pikar de Felippo Antuan – Frantsuz generali

Mor Georg –  XVII asrda yashagan matematik.

Saydis Uilyam Djeyms – amerikalik ixtirochi.

Makris Memos – buyuk haykaltarosh. Rus jurnalisti Pozner. Bu odamlarni Rassom Tuz bilan birlashtiradigan bir jihat bor. Ular 1 aprel kuni tug‘ilishgan. 1 aprel kuni Rassom Tuz tug‘ilib o‘zbek xalqining asriy armonlari ushalib, baxti tugal bo‘lgan kun o‘laroq tarixga oltin xarflar bilan yozildi.  «Yuz yilda bir tug‘ilar senday daholar» deb yozganida Abdulla Oripov qanchalar haq edi. Kamtarlikni shartta unutib, tan olib tashayveraman. Rassom, yozuvchi, satirik, shoir, urush va jinoyat olami muxbiri va media olamida burilishlar yaratgan tashkilotchining bir shaxsda mujassam bo‘lishi tarixda ko‘rilmagan.

Darvoqe 1 aprel kuni 35 buyuk erkak aktyor  •  22 ta aktrisa  •  28 qahramon  •  10 ta deputat  •  16 nafar doktor  •  11 ta jurnalist  •  8 kompozitor  •  7 general  •  8 qo‘shiqchi   •  32 yozuvchi  •  10 nafar siyosatchi  •  10 shoir   •  75 futbolchi  •  9 xokkeist  •  18 rassom  •  32 chempion  •  7 shaxmatist  •   va yuzlab

 •  artilleristlar  •  arxitektorlar  •  basketbolchi  •  boksyor  •  karatechilar  •  gertsog va  gubernatorlar dunyoga kelgan.  Yulduzlar yomg‘iriga o‘xshaydi. Ispaniyadagi elektr tizimiga oid quduq qopqoqlarida «jamoatchilikka yorug‘ ulashish» deb yozilgan. 1 aprelda tug‘ilganlar vazifasi ham shu. Dunyo uzra chiroq yoqish va odamlar yuziga ko‘zgu tutish (Gogolni eslang)

Xullas men bir qora kunda tug‘ildim. Tug‘ildimu shu on bo‘g‘ildim (ya'ni Eltuzning O‘zbekistonda bloklanganiga ishora) Men tug‘ilib ko‘z ochgan dunyo. Xarob edi buzg‘un benavo.

Tug‘ilarkan yig‘ladim. Ammo doktorlar ham, onam ham jilmayib kuldi. O‘larkanman, albatta tabassum qilaman. Balki meni sevgan qizlar yig‘lar. (balki yig‘lamas)  Ammo xozir barcha tiriklardan tirikman, o‘lishni emas, hayotni o‘ylayapman.

Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortuq bo‘lmas,

Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.

Yasharkanman, menga qarab sezsin tabiat o‘zining naqadar buyukligini!

Assalom O‘zbekiston Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
3 dekabr 2015
Turkiyaning Anado‘li agentligi tarqatgan habarga ko‘ra 2 dekabr kuni O‘zbekiston muxolifati lideri Muhamad Solihning Istanbuldagi xovlisiga ikki shubhali kishi ...
13 yanvar 2020
Uchko‘prik tumanidagi bir guruh fermerlar prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan klaster tizimi o‘zlarini xonavayron qilayotganidan shikoyat etishdi. Bu muammoni ...
20 iyul 2016
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib Behzod nomli rassomlik institutini tugatgan 26 yashar Adolatxon Toshkentda yashab ijod qiladi. Asosan kitob grafikasi ...
21 aprel 2021
2021 yilning 19 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Yangihayot massivida namunali uylarning tomini shamol uchirib ketgan. Uylar qurilishi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...