Asosiy mavzular
3 iyun 2022

Sanjar va Ruxshonaning aksil muhabbat qissasi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi xotinini kaltaklagan rejissyor Sanjar Matkarimovni ikki yilu bir oy ozodlikdan cheklash hakida hukm o‘qidi. O‘zbekiston JK 109¸139¸141 moddalari bo‘yicha aybli deb topilgan Matkarimov qasddan badanga yengil shikast yetkazish, tuxmat va xakorat qilganlikda ayblandi. Sud hukmiga ko‘ra Matkarimovning ozodligi ikki yilu bir oy muddatga cheklandi. Shu muddat ichida Matkarimov o‘z uyida tungi soat 22 00 dan ertalabki 7 00 gacha bo‘lishi shart.

Joriy yilning aprel oyi boshida qo‘shuqchi Ruxshona sobiq eri Sanjar Matkarimov ustidan shikoyat bilan tuman sudiga murojaat etgan edi. Bu shikoyatda qo‘shiqchi o‘zining rejissyor erini mushtumzo‘rlikda ayblagan edi.

«Eltuz» muxbiri suhbatda sud aybdor deb toogan Sanjar Matkarimov o‘zini jabrlangan deb hisoblashi va xotini Ruxshonani tuhmatchi deya bilishini uqtirdi.

Eltuz bilan suhbatda Matkarimov sud qarori va sud ekspertiza xulosalaridan noroziligini ham bildirdi;

–Menga nisbatan sud noto‘g‘ri hukm chiqardi, –deydi rejissyor Sanjar Matkarimov. –Ruxshonaning shaxsiy daxlsizligiga rahna solmaganman. Aksincha, u men bilan yashab yurganida qilib yurgan qilmishlari nafsoniyatimga tegdi. Avval ham aynan shu mavzularda oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqardi. Uning yolg‘on va aldovlariga uchgan ekanman. Hayotda ham ko‘p rol o‘ynadi. Menda ham ochiqlashga arzigulik dalillar bor. Qo‘limda uning men bilan yashab yurgan kezlardagi bir necha kishilar bilan ishqiy yozishmalari, yaqin munosabatlari aks etgan faktlar bor. Gapiraman desa gap ko‘p. Mening o‘rnimda boshqa bo‘lganda ham jahli chiqishi tabiiy edi. Chunki oila muqaddas, unda er va xotinning hech bir hujjatda yozilmagan burchlari bor. Qolaversa, o‘rtada bolalar uchun ham men o‘zimni tiyib turgan edim. Sud hukmidan noroziman va tartibga ko‘ra o‘z shikoyatlarimni taqdim etaman.

Xonanda Ruxshona «Eltuz» muxbiriga eri tomonidan ruxiy va jismoniy tazyiqlar kundan-kunga kuchayib borayotganidan so‘ng uni sudga berishga majbur bo‘lganini va boshqa ma'lumotlarni advokati ruhsatisiz taqdim eta olmasligi ma'lum qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi mulozimi Sanjar Matkarimov ishi bo‘yicha jarayon davom etishi mumkinligini aytdi.

Shuningdek, «Eltuz» ga sudda kotiblik qilgan xodimning bergan ma'lumotiga ko‘ra, Ruxshona va Sanjar Matkarimov 2021 yilning oktyabr sanasidan buyon birga yashashmaydi va tomonlar ajrashishga qaror qilishgan( Hali ajrim yakuniga yetmagan). Xonanda Ruxshonaning arizasiga ko‘ra, Bu orada Sanjar uning shaxsiy daxlsizligiga tahdid qilgan va ijod qilishiga turli ko‘rinishda halal bergan. Sobiq turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov Ruxshonaning shaxsiy videolari va rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Ruxshonaning telefon orqali bo‘lgan yozishmalarini uning ruxsatisiz o‘qigan va xonandadan yozishmalar bo‘yicha izoh talab qilgan. Xonandaning bo‘yin, yelka va qorin qismiga yengil tan jarohati yetkazgan. Arizada ko‘rsatilgan vajlar sud ekspertiza xulosalarida ham o‘z tasdig‘ini topgan.

Ma'lumot o‘rnida, Ruxshona va Sanjar Matkarimov 2016 yil 7 mayda turmush qurgan. Ikki nafar farzandi bor.

Tag‘in o‘qing
9 mart 2018
BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid shu yilning 2 mart kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengashida O‘zbekistondagi diniy vaziyatga doir hisobotini ...
30 yanvar 2023
Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz internet-nashri direktori Xurshid Daliev va anonim telegramdagi «Kompromatuzb» kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ...
7 iyun 2021
Advokat Umid Davletov termizlik bloger, 42 yoshli Otabek Sattoriy ishi yuzasidan apellyatsiya shikoyati kiritgani, lekin hali sud kuni belgilanmaganini ...
17 aprel 2023
Salom qadrli do‘stlar. Bugungi ko‘rsatuvimiz noodatiy formatda. Ko‘pchilikning ehtimol xabari bordir 15 apreldan boshlab Eltuz sun'iy intellektdan foydalanib xabarlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...