Asosiy mavzular
9 avgust 2022

600 sekund: Sardor Umrzoqov Chilonzor hokimi va tuman prokurorini ishdan haydadi…

Salom qadrli muhlislar. E'tiboringizga Eltuz 600 sekundni taqdim etadi.
+++
Prezident Administratsiyasi rahbari Cardor Umurzaqov Chilonzor hokimi Mavlonov va  tuman prokurori Bozorovni ishdan xaydadi. Sabab – daraxtlar kesilishi. Shu bilan birga daraxt kesilganini ko‘rib ko‘rmaganga olgan Ortiqxo‘jaev  va shahar prokurori Qosimovga hisob daptariga yozish sharti bilan o‘ta qattiq hayfsan berildi.
+++
O‘zbekiston Prezidenti davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga soluvchi qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, davlat xizmatchisiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, korxona ta'sischisi bo‘lish, O‘zbekistondan tashqarida hisob raqamlari ochish va xorijda ko‘chmas mulk sotib olish taqiqlanadi.  Shu bilan birga, har bir davlat xizmatchisi daromadlari va mol-mulki haqida deklaratsiya taqdim etishi shart. Qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi.
+++
8 avgust kuni soat 19:00 larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida, «Isuzu» rusumli hamda «Zil-130» rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv hodisasi sodir bo‘lgan va ikkala transport vositasi ham ag‘darilgan. Hech kim qamoqda yoki go‘rda emas.
+++
Turkiyada taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi Jahongir Otajonovning «Reno» avtomobili o‘g‘irlab ketilganiga oid ko‘plab videolar tarmoqda tarqaldi. Buni ko‘pchilik, prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishga intilayotgan Otajonovga qarshi hukumat bosimlarining davomi deya anglamoqda. Videotasvirlarga ko‘ra, Avtomobil 30 iyul kuni ikki nafar shaxs tomonidan o‘g‘irlangan. O‘g‘rilar hali qo‘lga olingani yo‘q.
+++
Xitoy qiruvchi samolyotlarining Tayvan atrofida amalga oshirgan harbiy o‘quv parvozlari videosi e'lon qilindi.
+++
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik fuqarolarni g‘arb mamlakatlari hududiga kirishini taqiqlashga chaqirdi.
The Washington Post jurnalistlari bilan suhbat chog‘ida Zelenskiy bu Rossiya tomonidan Ukraina hududlari anneksiyasini to‘xtatishning kam sonli yo‘llaridan biri ekanini aytgan.
“Ular bu urushning bizga hech qanday dahli yo‘q, bunga butun aholi javobgar bo‘lishi mumkin emas, deyishlari mumkin, shunday emasmi? Ammo mumkin. Aholi shu hukumatni tanladi va u bilan kurashmayapti, bahslashmayapti, unga baqirmayapti. Rossiyaliklar, qanday bo‘lishlaridan qat'iy nazar, marhamat qilib, Rossiyaga ketishsin”, dedi Ukraina prezidenti.
+++
Moskva metrosida VPN – servislar xatarli ekani to‘g‘risida plakatlar paydo bo‘ldi. Mazkur servislar Anonymous guruhi hakerlari hamda kissavurlar bilan qiyoslangan.
2022 yilning mart-iyul oylarida Rossiya internetdan VPN-servislarni yuklab olish soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqqan. Bu kabi holatga Rossiyada ko‘plab sayt va ijtimoiy tarmoq serverlarining bloklanishi sabab bo‘lgan.
+++
Polsha Milliy xavfsizlik byurosi, Keyingi ikki oy Ukrainadagi urush natijasini hal qilishi mumkin deya bayonot berdi.
+++
Ayni paytda Lukashenko Polshani Ukrainaning bir qismini va butun Belarusni bosib olishga urinayotganlikda aybladi.
+++
Belarusda urushga qarshi aktsiyaga chiqqan mingdan ortiq fuqaro qo‘lga olingan. “Vesna” huquqni himoya qilish markazi ma'lumotiga ko‘ra, bundan tashqari, mamlakatda urushga qarshi faoliyat yuzasidan 30 dan ziyod jinoyat ishi ochilgan.
Belarusda odamlar ko‘pincha mamlakat hududida yurgan Rossiya harbiy texnikasi suratlarini rasmiylar tomonidan ekstremistik o‘laroq tan olingan Telegram-kanallariga yo‘llaganlari uchun ham qamalishadi.
“Vesna” markazi vakillari bunga oid hisobotlari bilan Belarusda urushga qarshi chiqayotganlar rasmiylar tomonidan qay darajada qatag‘on qilinayotganini ko‘rsatish bo‘lganini bildirganlar.
+++
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ittifoqchi kuchlar Ukrainaning Soledar shahridagi «Knauf» zavodi hududini nazoratga olganini ma'lum qildi.
+++
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Mixail Yejel davlatga xiyonat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga aylandi.
Ish 2010 yilgi Xarkov kelishuvlari bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra Rossiyaning Qrimdagi Qora dengiz flotining hozirligi 2042 yilgacha cho‘zdirilgan edi.
Yejel Ukraina milliy manfaatlariga zarar yetkazganlikda gumonlanyapti.
Mazkur ish bo‘yicha sobiq prezident Viktor Yanukovich tomonidan imzolangan Xarkov kelishuvlariga aloqador bo‘lgan yana ikki vazir figurantga aylangan.  
Yejel hozirda Belarusda istiqomat qiladi va u yerda qochqin maqomiga ega. Ko‘plab boshqa jinoyat ishlarining figuranti bo‘lgan sobiq vazirga nisbatan Ukrainada qidiruv e'lon qilingan.
+++
G‘arb sanktsiyalari oqibatida Rossiya aviakompaniyalari samolyotlarni ehtiyot qismlar uchun demontaj qilishni boshladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
+++
AQSh Rossiyaning Ukrainani egallashiga yo‘l qo‘yib bersa, dunyoda «urushlar mavsumi» boshlanadi dedi jumladan Blinken.
+++
Ukraina Xavfsizlik xizmati  rossiyalik diversantlar qo‘lga olinganini ma'lum qildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, ular Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov va Razvedka bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanovni o‘ldirishlari lozim bo‘lgan.
Shuningdek, diversantlar guruhi tomonidan “taniqli faol”ga suiqasd uyushtirilishi rejalangan. “Strana” nashri xabariga ko‘ra, u “Azov”ning sobiq a'zosi, “Botsman” laqabli neonatsist Sergey Korotkixdir.
 UXX diversion guruh Rossiya Mudofaa vazirligi Bosh shtabining bosh boshqarmasi tomonidan tuzilganini iddao qilgan. Rossiya tomoni hali bu borada izoh berganicha yo‘q.
+++
AQSh prezidenti Jo Bayden 9 avgust kuni Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi to‘g‘risidagi bayonnomalarga imzo chekadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lumot tarqatdi.
Bu ikki mamlakatning alyansga qo‘shilishiga oid bayonnomalar amerikalik senatorlar tomonidan shu yil 3 avgustida ratifikatsiya qilingan edi. O‘shanda senatorlar Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishini qariyb bir ovozdan yoqlashgan.
Ikki mamlakatning NATOga qo‘shilishi shu kungacha Shimoliy Alyansga a'zo 23 mamlakat tomonidan ma'qullangan. Taomilga ko‘ra, Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a'zo bo‘lishi uchun harbiy blokka a'zo bo‘lgan 30 ta mamlakatning barchasi bu qarorni ma'qullashi lozim.
Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirishga Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan keyin qaror bergan edi.
+++
AQSh mudofaa vazirining o‘rinbosari Kolin Kal Rossiya 24 fevraldan beri Ukrainada taqriban 70 000 – 80 000 askarini yo‘qotganini bildirdi.
“Rossiyaliklar so‘nggi olti oy ichida 70 yoki 80 ming odamini yo‘qotishdi, deya bemalol taxmin qilish mumkin, deb o‘ylayman. Bu jangda o‘lgan va yarador bo‘lganlarning umumiy sonidir”, dedi u.  
Mulozimga ko‘ra, bu qadar ko‘p talafot berganiga qaramay, Rossiya o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarning birortasiga erisha olgan emas.
Rossiya Ukraina urushidagi talafoti to‘g‘risidagi ma'lumotni aprel oyidan buyon ochiqlagani yo‘q.
+++
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Ukrainaga berilajak 4,5 milliard dollar Jahon banki orqali transhlar bilan yetkaziladi. Mazkur mablag‘ byudjet va ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirishga, kasalxonalar va infratuzilmaviy ob'ektlar faoliyatini qo‘llashga ketadi.
Ukrainaning aholi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun har oy 5 milliard dollar qo‘llovga ehtiyoji bor.
+++
AQSh Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga qo‘shimcha HIMARS tizimlarini, yalpi o‘t ochish raketa tizimlari uchun snaryadlar va minomyotlar, Javelin tizimlarini, tibbiyot avtomobillarini, tibbiy anjomlar va vositalarni hamda portlovchi moddalarni yetkazib bermoqchi. Harbiy yordamning bu paketi bir milliard dollarga baholanmoqda.
+++
Bu 600 sekund ichida Eltuz sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlar edi.

Video Eltuzning Yutub kanalida: https://youtu.be/Ha6OM5pg9iM

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 41-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) «G‘afur G‘ulom» nashriyotidagi ...
1 sentyabr 2016
O‘zbekistondagi joriy qoidaga ko‘ra, Toshkent hukumati amaldorlari va prezident uchun atalgan bayram bir kun burun nishonlanadi, undan ham ilgari ...
13 mart 2017
O‘zbekiston matbuoti Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tufayli mamlakatda ta'lim tizimi qanchalik «yutuqlarga erishgani», «dunyoda tan olingani» to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtirib ...
20 dekabr 2017
O‘zbekistondagi huquq-tartibot xodimlariga daromad va mol-mulklarini deklaratsiyalash majburiyati yuklatilishi haqida qonun loyihasi tayyorlanmoqda. «Qonun loyihasida mansabdor shaxslar, shu jumladan, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...