Asosiy mavzular
14 oktyabr 2022

RTdan va'z: Dollar olma – duo ol!


Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.

MS: Tuz og‘a eshitdingizmi o‘rislar o‘zini yurtindan to‘da to‘da poda poda o‘rda o‘rda bo‘lib qochob galibdi. Toshkentda tovuqning katagiham oyiga ming dollar bo‘libdi. Insop qani. Shu o‘risni ming dollaridan ko‘ra qashshoq istudentni duosi yaxshi emasmi. Dollar olma duo ol duo dollar emasmi?
RT: Kapitalizmda xususiy mulk – muqaddas. Bozor ekonomikasi talab va taklif degan mantiq asosida ishlaydi. Toshkentlik Rixsitilla o‘z mulki bo‘lgan uyni istasa, bozor ko‘targan narxda istagan odamga beradi.
MS: Ikki xonali uyni 1000 dollarga o‘risga berguncha dehqonobodlik istudent bachalarga yarim narxida berish kerak . Shunda odalat tantana qiladi.

RT: Matchonboy, ikki xonali uyni 1000 dollarga o‘risga berguncha dehqonobodlik istudent bachalarga yarim narxida berish kerak deb aql o‘rgatishing qonunga va bozor iqtisodi qoidaliriga to‘g‘ri kelmaydi.
Rixsitilla uy sotib olganida «uy qimmat ekan¸ ko‘plab ko‘maklashib yordam bervoriylik¸ bechorani yelkasi zirqiramasin,» deb, hech kim aytmagan. Uy faqat pasportiga qashshoq deb yozilgan o‘zbekka ijaraga berilsin degan qonun ham yo‘q. Qolaversa, faqat test yodlashdan nariga o‘tmaydigan, mikrofon tutib jamiyat rivoji yoki Rossiya bosqini haqida savol bersangiz: «siyosatga arlashmayman» yoki «Zelenskiy – kloun» deydigan umurtqasiz yaratiqlar qurbi kelsa o‘qisin, bo‘lmasa, ko‘rpa to‘shagini ko‘tarib, dehqonobodga qaytaversin.
Rost24ga intervyu bergan aksar yoshlar «siyosatga aralashmayman», deb, ho‘l sovun kabi jurnalist qo‘lidan sirg‘alib qochib ketishdi. Siyosatga sen aralashmasang, siyosat senga aralashadi. O‘zbekistonnni Rossiyaning orqa hovlisiga aylantirgan hukumat siyosatiga qarshi chiqdingmi? O‘zbek rahbariyati¸ xususan Sapoevning Jirinovskiy ko‘tiga lagan tutib yaltoqlanganiga e'tiroz bildirdingmi? Yo‘q albatta. Ë ota enang e'tiroz bildirdimi? Yo‘q albatta.
Ota-onang saylovda kimga ovoz berdi? Albatta hozirgi rahbariyat va uning o‘risparast siyosatiga. Demak, sen ko‘chada ko‘rpa-to‘shak ko‘tarib sargardon bo‘lishga loyiqsan.

MS: Indi oxir bola bechoralar kallasinda alip bo‘lmasa ham o‘qyman o‘njakman o‘sjakman dap imtilib galib o‘tiribdilor axir.

Umuman dunyo ta'lim tizimida hech qanday reytingi bo‘lmagan o‘zbek institutlarida o‘qiding nimayu, o‘qimading nima. Ertaga sendan o‘risqul¸ vatansevmas¸ o‘z sohasi o‘rniga cho‘pchak yodlab kinnachiga ko‘rmurid bo‘ladigan johil o‘sib chiqsa. Nega Rixsitilla cho‘ntagiga kiradigan 1000 dollardan voz kechishi kerak. Nega o‘zining remont qilingan kvartirasini istudentlarga berishi kerak? Har oy Rixsitilla kvartira haqini so‘rab borganida «pulim yo‘q edi, jichcha sabr qiling», degan diydiyo eshitish uchunmi? Ëki 40 kvadratlik uyga 12 talaba kirvolib, rezinka kvartiraga aylanishi uchunmi? Taroziga qo‘yadigan sabab bormi? Yo‘q albatta. Moskvaga ergashgan Toshkent allaqachon ko‘z yoshlarga ishonmay qo‘ygan. Xonqada bir maqol bor «Doyim (Tog‘am) novvoy, pul bersam, non beradi». Novvoy tog‘a o‘z jiyaniga ham nonni pulga sotadi. Buning ma'nosi – kapitalizm.

MS: Kapitalizm yomon bo‘lsa navchun kapitalizmda yashaydiganlar qirilib o‘lib getmadi?

RT: Insoniy qiyofali, sotsial huquqlar kafolatlangan shved yoki nemis kapitalizmi ham bor. Bu davlatlarda oliy o‘quv yurti va yotoqxona xarajatlarini davlat ko‘taradi. Kambag‘alning boshini silaydigan ham hukumat. Ammo bunday hukumatga ega bo‘lish uchun bu mamlakat halqi siyosiy faol bo‘lib saylovda ovoz berishdi. Namoyishlarga chiqishdi. Hukumatlarni ontarishdi. Xullas, erkinlik farovonlik¸ ijtimoiy himoya va insoniy yashash uchun kurashish kerak. Ketmon dastasini yoshulli qilib qo‘ysang ham sig‘inadiganlarnimg umri azob-uqubat bilan o‘tadi.

MS: Savodsiz mullalarga «qimmatchilik va iqtisodiy cho‘kish uchun hukumat aybdor emas¸ bu odamlar gunohi uchun jazo», deb, spich qilish buyurilibdi kuratorlari tarafidan. Oxshom mechitda oytilor. Shukr ating dap.
Miyasida aql o‘rniga shahvat oqadigan¸ iqtisodni masjid qutisidan pul o‘marish deb biladigan¸ siyosatni esa bir birining ustidan idoraga yozishu to‘rtta xotinidan birini ajratib, yosh qizlarni haramiga qo‘shish deb biladigan, ammo aslida pedofil bachchabozlikka moyil bu jundor jonvorlar gapiga quloq soladigan ko‘rmuridlar uchun bu qimmatchilik aslida mukofot.
Bu ko‘rmurid jamoa aslida bundan ham battar azob uqubatga loyiq.
Bu ko‘rmuridlar podasining O‘zbekiston mustaqilligi¸ konstitutsion tuzumiga tish tirnog‘i bilan qarshi ekanligi barobarida putinparast va o‘risqul ekani ham o‘rtada.
MS Bulardan poyda yo‘qmi?

Ko‘rmuridlar

Odatda sut emizuvchi hayvonlar o‘lsa, organik o‘g‘itga aylanib, tuproqqa foyda keltiradi. Nafaqat sut emizuvchi¸ balki butun yaratiqlar vujudi tuproqqa qorishadi.
Ammo olimlar aniqlashicha, mog‘or (plesen) tuproqqa qorishmay turaverarkan. Nam paydo bo‘lishi bilan darhol zamburug‘ shaklida o‘sib chiqarkan. Dunyodagi aksar kasalliklar sababi bo‘lgan mog‘or shunaqa o‘lmasdir.

Ko‘rmuridlar ham – insoniyat mog‘ori. Bular oldin ham bo‘lgan. G‘afur G‘ulomning «Ko‘kan batrak» dostoni qahramoni yeriga nima ekish kerakligini mulladan so‘raydi. Mulla aytganiga kirib sholg‘om ekkan Ko‘kan bankrot bo‘ladi. Shundan keyin Ko‘kan «Mullaning aytganini ham, qilganini ham qilmaslik kerak», degan fikrga keladi.

Darvoqe, kecha po‘rtillagan Qrim ko‘prigiga Rossiya ruhoniy otalari o‘qilgan «muqaddas suv» sepishgandi. Ammo bu suv hodisani bartaraf qila olmadi. Butun Ukraina bo‘ylab metallomga aylanib ontarilib yotgan rus tanklarni ham totor mullalari duo o‘qib, uflaf qo‘ygan va soqoltoy poplar supurgi bilan «muqaddas suv» sepishgan edi. Foydasi bo‘lmadi. 1704 yilda mashxur skripka ustasi Stradivari o‘z yasagan skripkani dindorlar tarafidan muqaddas suvga bo‘ktirilishiga qarshi chiqib, o‘z buyurtmachisi bo‘lgan cherkov bilan nizoga borgan edi.

MS: Kim u Stradivari. Har bir yasagan skripkasi million dollar turadigan ustomi?
RT: Ha, o‘sha. Stradivari skripkalari o‘sha paytda ruhoniy otalar tarafidan suvga chayilmagani uchun ham mukammal va muhtasham bo‘lib bugungi kunga yetib keldi.
MS: Tuz og‘a Nigora degan chiroqchilik qizni Erali degan ma'maviyastiz yigit atip atib tashab ketibdi. Shu qiz bechora prezidenta xot yozibdi.

Erali uylanishni rad qilgan chiroqchilik Nigoraning prezidentga arizasi

Hurmatli prezident, men qishlog‘imizdagi eng krutoy yigit Erali bilan gaplashib yurardim. Uning podxodlari va erkalashlariga chidolmay o‘zimni unga bag‘ishlab tashagan edim. Chunki u: «seni yaxshi ko‘raman va albatta uylanaman bemalol yotaver», deb aytgandi-da. «Nigoro Nigoro sochlaringiz qop qora», deb erkalardi qirchiningdan qirilgur. Hozir bo‘lsa, Eralining onasi, hech qanday to‘y bo‘lmaydi, deb, boshimga shippagi bilan urib tayladi. Eralining o‘zi ham: «onamning gapi gap. Senga uylanmayman», deb yotibdi yashshamagur. Men uyimdagilarga Eralining meni ezg‘ilagani va umuman barcha sevgi aloqalarimizni aytmagan edim. Qanday aytaman. Iyolaman-ku men. Uydagilar bilib qolib, meni ko‘chaga haydab yuborishdi. Nimani bilib qoldi deysizmi, hurmatli prezident. O‘sha sodaqatsiz Eralining menga endi uylanmasligini bilib qolishdi-da uyimdagilar. Men Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tuman hokimini ko‘chada poylab turib arz qildim. Erali menga uylansin, dedim. Hokim bo‘lsa: «uylansa uylanmasa menga nima¸ hozir menga lalmi bug‘doy muhim», deb ketvordi. Ko‘rdingizmi qanday byurokrat rahbar. Hurmatli prezident siz: «O‘zbekistondagi barcha erga tegmagan qizlar mening bolalarim,» deb, televizorga chig‘ib aytib edingiz. Bu hokim shuni eshitib turib ham mening dardimga quloq solmadi. Agar bu hokim xalqni o‘ylaganida milisa nachalnik bilan borib Eralini olmadek qilib qo‘ynimga solib taylardi. Ammo o‘zingiz aytganingizdek, odalat yo‘q. Xiyonat qiladigan ko‘paygan. Davlatga xiyonat qilsa mayli, ammo sevgan qiziga nega xiyonat qiladi? So‘g‘in men tuman prokuraturasiga yozdim: «Erali menga uylansin» deb. Chiroqchi tuman o‘t o‘chirish idorasi va gazlashtirish bo‘limiga ham yozdim. Qashqadaryo hokimiga ham yozdim. Ammo hech kim issiq o‘rnidan qo‘zg‘alib: «Ey nokas Erali! Yugurib borib Nigoraga uylan», demadi. Qosh-ko‘zim kelishgan¸ quchoqlasa bir erkakning qo‘yni to‘ladigan¸ erta indin bir etak bachalardi tug‘ib taylaydigan qiz bo‘lsam. Nega Erali uylanmaydi. Kim bo‘libdi u? Yangi O‘zbekistondagi siyosatga qorshimi Erali? Hurmatli prezident, 2017 yildan beri yozmagan joyim qolmadi. BMT bosh Assambleyasiga ham yozdim. Javob yo‘q.
Endi esa yolg‘iz umidim sizdan.
Eralining menga uylanishi borasida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.
(Rasmda Nigoraning yuzlab arizalaridan birisi)
MS. Prezident ersizga er xotinsizga xotin topib beradigan sovchilarning qo‘shma korxonasi raisi emasku. Qolaversa bir yigit qizning emchagini ezib qo‘ysa davay uylan degan zakon ham yo‘q.
Eltuz do‘sti G‘ayrat Omon tanir ekan Erali bilan Nigorani. Mana nima deb yozibdi:

Chiroqchidan esgan changli shamollar guvohlik berishicha, Erali allaqachon ammasining qizi Hapizaga uylanib, ikkita bolali ham bo’lgan emish. Uni oxirgi marta mahalla raisi bilan menga bola puli ber deb janjallashib turganda ko’rishgan. Nigora esa Rossiyaga ishlagani ketib, o’sha yerda Surxondayrolik amakiga ikkinchi xotin bo’lib tegib olgan emish…

MS Tuz og‘a Rossiyadan qochib kelgan bir o‘ris xotin o‘zbeklar qo‘y ekan deb ustinnan gulibdi
 Haqiqat, agar uni relokant o‘ris xotin aytsayam, haqiqatligicha qolaveradi. O‘zbeklarning bo‘yni bukik va zolim zulmiga chidab, umr bo‘yi to‘nqayib yashashi yolg‘onmi? Eshshak go‘shtimi yoki it go‘shti qo‘shilganini bilib ham, bo‘lmaydigan nazoratsiz obshepit tizimidan yeb zaharlansa ham, shikoyat qilmay shukur qilib ketaverishingiz yolg‘onmi? Hokim onani, zamhokim qizingni chatanog‘ini ayirib qilaman desa, bosh egib turishi yolg‘onmi? Din tujjori bo‘lgan mulllarga ko‘rmurid bo‘lib, bollarini bachchabozlar zo‘rlasin deb, hujralarga berishi yolg‘onmi? Erimga «Spark» oberay deb, bolasini bozorga obchiqib sotishi yolg‘onmi? Qizini karisga sotib¸ qolganiga Dubayda jalablik qilayotgan qizidan kelgan pulni qo‘shib Umraga borib kelib, qizil gilam ustida g‘oz yurgan hojakalar yo‘qmi? Putinni xudo deb sig‘inib¸ o‘z yurti darvozasini o‘risga ochib berish uchun tayyor turgan kuspurush vatanpurushlar yo‘qmi? Bor. Tiqilib, achib yotibdi. Millionlab qul sotqin va biomusorlar galasi. O‘ris opa sizlarni qo‘yga o‘xshatib to‘g‘ri gapirmadi. Qo‘y ham ma'raydi. Qassob kelib yonidagi qo‘yni olib ketayotganda faryod qiladi. Ammo o‘zbeklar hech qachon qo‘shnisi nohaq qamoqqa olib ketilayotganda g‘irring demagan. 1937 yili millat oydinlari qamalgan paytda chapak chalib, yashasin Stalin, degan itvachchalar siz edingiz. 1986 yili Gdlyan Ivanov kelib, qama-qama qilganda chapak chalgan ham siz. Suriyaga borib odam o‘ldirgan ham, Rossiya armiyasi safiga yollanib, ukrain go‘daklarini o‘ldirgan ham siz. Arzimagan kulba va suyak evaziga ustozini sotgan ko‘ppaklar ham sizdan. Dunyodagi 8 milliard odam gapirganida ham, siz jim turing. Agar uyat va vijdon bo‘lsa.

Manglayi qarolar

MS Nerdan chiqdi bu manglayi qarolar?
Esingdabo‘ lsa, bir necha yil avval O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov¸ Madvazir Ozodbek Nazarbekov va uning hozir ishdan haydalgan zami Kamola Oqilova Toshkentning Kamolon mahallasida o‘zbeklarni o‘ldirgan rus bosqinchilariga atalgan yodgorlikni, davlat puliga ta'mirlab, yaltillatib qo‘yishgan edi. Bu – dunyoda ko‘rilmagan ish.
MS Bu xuddi Isroilda Gitlerga haykal qo‘yilgani kabi absurd. Bu ishni dushmanlar emas, bizning tepamizda hanuz o‘tirgan manqurt rahbarlar qildi. Hatto Sovet hukumati bu haqoratli ishni o‘ziga ep ko‘rmagan edi.
Buyam yetmaganday SSSR maqtalgan kinolar olib, o‘ris askariga yangi-yangi haykallar milliardlab davlat puli evaziga tiklandi. Hatto Rossiyada yangi haykallar qurilmagan paytda o‘risdan ham battar o‘ris bo‘lgan o‘zbek rahbariyati rosa tirishib astoydil o‘risparastligini ko‘rsatdi. O‘zbekistonni ancha yil boshqargan Rashidov ham «Rus oshig‘i» deb nom chiqargan va Brejnevni v-zasos o‘pishga ruju qo‘ygan edi. Undan ham oldin. Ancha oldin o‘rislar bosib kelganda zarchoponlar kiyish evaziga shahar darvozalarini ochib bergan sotqinlar ham o‘zimizning qorako‘zlar edi.

MS Buni kim aytdi? Isbot bormi?
Tarixchi Avaz Muhammad Attor Ho‘qandiy hikoya qiladi: «Bir necha ming o‘rus va ko‘pgina kazak sarbozlari Oqmasjiddan so‘ng Yassi, ya'ni Turkiston shahrini muhosira (qamal) qila boshladilar. Bu yerning hokimi Mirza Davlat shijoat va mardlik namunasini ko‘rsatdi, o‘z lashkari bilan kofirlar o‘rdusiga qarshi chiqib, og‘ir jang qila boshladi va shaharga qaytmoqchi bo‘ldi. Ammo Mirza Davlat kelib ko‘rsa, viloyatning qallob, kasofat va buzg‘unchi kishilari oldindan o‘ruslarga sotilib, ularning xizmatlarida yurgan ekanlar. Ular viloyatni kofirlarga taqdim qilib, shahar darvozasini musulmonlarga ochmadilar. Ular qal'a devorlarini teshib, kofirlarni shaharga quygan ekanlar. (Mirza Davlat o‘z sarbozlari bilan) bu xiyonat xabarini eshitib, afsus-nadomat qilib o‘z joyiga qaytdi. Ular kechani birnav o‘tkazib, erta tong bilan Toshkent viloyatiga yo‘l oldilar. Yo‘l-yo‘lakay Chimkentga kirib, mazkur Normuhammadni ko‘rmasdan, Qoraqamish mavzeiga yetib keldilar va hazrat Miyon Xalil Sohib bog‘iga tushdilar».
Eslatib o‘tamiz, 1864 yil 12 iyunda rus askarlari Turkiston shahrini bosib olib 4 zambarak, 117 miltiq, 200 pud porox, 100 pud qo‘rg‘oshin va boshqa narsalarni o‘lja olganlar. Urushda ruslardan 5 kishi o‘ldirilib, 33 kishi jarohatlangan. Ruslar Turkiston shahriga 1495 snaryad, 43208 o‘q otganlar. Bu — jang dahshatli bo‘lganligidan, ko‘p kishilar halok etilganligidan dalolat beradi.
Ammo shahar kattalari, xususan, shayxulislom Nasrullo Ishoqov, naqib eshon Aliakbarxo‘ja Xonxo‘jaev, azizlar — Sharifxo‘ja Bekbetov, qozikalon Otaxo‘ja Buxorov, Qozi Eshonxo‘ja Mazlumxo‘jaev, Qozi Botirxuja Xo‘jabekov, a'lam Abdushukur Qo‘rmonbekov, rais G‘aribxo‘ja Afzalxo‘jaev, Asqarxuja Sudurxonxo‘jaev va boshqa kishilar general Verevkin nomiga quyidagi mazmunda xat yozdilar:
MS Ibi shu vaqtdayam mo‘llalar ishni buzgan ekan. Shu xatni bir o‘qing xalq bilsin tarixni.
«Biz o‘zimiz Qo‘qon xonligi davrida Mirza Davlatning g‘ayriqonuniy siquvlari va zulmidan xoli bulish uchun shahar darvozasini ochdik va ixtiyoriy ravishda imperator oliy hazratlariga bo‘ysundik. Biz qo‘qonliklarning zulmidan va zo‘ravonliklaridan hamda yuz beraetgan qimmatchilikdan juda qashshoqlashdik, ehtiyojimizning qondirilishiga nihoyatda muhtojmiz. Shu bois yangi hukmdorimizga baxt-saodat tilab quyidagi so‘rovlarimizning inobatga olinishini iltijo qilamiz:

  1. Hozirgacha saqlanib kelayotgan barcha huquqlarimiz va ehtiyojlarimiz o‘z kuchida qoldirilib, hamma ishlar islom dini doirasida amalga oshirilsin, sud ham shariat asosida olib borilsin.
  2. Otameros sifatida foydalanilabtgan yerlar, bog‘lar va tegirmonlar hamda shahar ichida va tashqarisidagi pulga sotib olingan yerlar shaxsiy mulk hisobida saqlansin.
  3. Endilikda Rus davlati tobeligiga o‘tganligimizni va kambag‘alligimizni nazarda tutib, bizlarni zakot, xiroj (bug‘doydan), xonadonlardan va jon boshidan olinadigan barcha soliqlardan ozod etilsin.
  4. Harbiy xizmat bizga tatbiq etilmasin, boshqa barcha davlat ishlari esa bajonidil bajariladi.
  5. Biz xo‘jalar — Hazrat Sultonning avlodlari qadim vaqtlardan buyon va xonliklar davrida ham barcha davlat soliqlaridan ozod etilgan holda o‘zimizning yerimizga, bog‘larimizga, tegirmonlarimizga to‘la egalik qilib kelganmiz. Bundan buyon ham mazkur imtiyozlar qoldirilsin. Shuningdek, O‘rtoq va Suyar singari ikki ariq suvidan foydalanishimizga hech kim to‘sqinlik qilmasin».


Ko‘rinib turibdiki, bir guruh din peshvolari, birinchi navbatda, uz imtiyozlarini saqlashga ko‘proq e'tibor berganlar. Ular shu darajada nodonlik qilganlarki, islom dinida bula turib, «kofirlar» qo‘l ostida yashashni afzal ko‘rganlar. Ular uchun imtiyozlar saqlansa, bas.
MS O‘zi avval boshdan bo‘lari bo‘lgan ekan manglayi qoralarni.
Tarix sizga hech narsa eslatmayaptimi? Bugungi sotqinlar tomirlarida kechagi sotqinlar qoni oqmoqda.
Assalom O‘zbekiston jumamuborak.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
4 dekabr 2017
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kuchli o‘yinchi bo‘lishga intilish barobarida harbiy qudratini ham oshirib bormoqda. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining 4 dekabr ...
15 yanvar 2016
Bizga yetib kelgan xabarga ko‘ra 11 yanvar kuni ertalab Toshkentning Chilonzor tuman hokimligida TIIB shaxsiy tarkibi ishtirokida majlis o‘tkazilib, ...
17 mart 2017
16 mart kuni ertalab, immigratsiya qoidalarini buzganlik aybi bilan ushlangan Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri 30 yashar o‘zbekistonlik Xudoberdi Nurmatov ...
1 avgust 2018
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi qaroriga asosan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi statsionar davolanish va profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...