Asosiy mavzular
11 noyabr 2022

RTdan va'z: Fin bilan Pinning farqi

Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.
Matchon Suqilish: Nichiksizlar, mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila?
RT: Matchonboy sen fin bilan pinning farqini bilasanmi?
Matchon Suqilish: Ovong og‘o. Pin bu do‘rt sifrli parol. Telefonni pini bor masalan. Fin asa Finlyandiyada yashiydig‘on manglayi qorolar.
RT: O‘zing manglayi qorasan, Matchon suqilish.
Matchon Suqilish: Do‘g‘ri oytosiz og‘om. Manglayi qoro bizlarni o‘zimiz. Nikolay poshshoni vaqtinda finlandiya ham, xiva xonliqi ham o‘risni mustamlakasi adi. Nikolay og‘dorilg‘ondan keyin finlar Moskvag‘a borib Leninni yoqosinnan olib bizlar indi sizlar bilan o‘ynamiymiz dab, mustaqillikni talab atdila. Bizaniklar asa Lenina o‘rden barip, podxolimchiliq atib oxirinda yo‘q bo‘lib getdilar. Davlat Rizoyo‘p dayan odomlor Xorazm do‘latini soqlab qolamiz, oxir bizlara Leninni o‘zi garantiya bardi dap Chicherin bilan uchrashganda oytvadi. Keyin Davlat Rizaepni xalq dushmani dap otip toshodilor. O‘riso ishongon shunnin bo‘ladi.
RT: Ha, Matchonboy gaplaring to‘g‘ri. Xorazm davlatchiligining yirik arbobi Davlat Rizaev qonxo‘r Stalin o‘lganidan keyin Xrushchev davrida reablitatsiya qilib oqlandi. Nomiga Urganchdagi 5 son maktab internat qo‘yildi. Lekin mustaqillikdan keyin bu jadid otamizning nomini maktabdan olib tashlashdi.
Matchon suqilish. Duz og‘o pinlarni navchun so‘lladingiz axir?
RT: O‘z taraqqiyotini Rossiyasiz belgilagan Finlandiya xalq ta'limi bo‘yicha dunyoda birinchi.
Matchon suqilish. Ovong og‘o, ishitdim. Pin tizimini ko‘piya atjaklar.
Finning maktab aro nedur murodi?
Finlandiya ta'lim tizimi haqida aytib bersam, xalq ta'lim vaziri  labiga  uchuq toshmaydimi mabodo.
Matchon suqilish: siz mongo oytib baravaring. Qo‘ying u o‘ng vazir, chap vazirlarni.
RT: Birinchidan, bu ta'lim tizimi din va boshqa mafkuralar ta'siridan kuchli ihota qilingan bo‘lib,  o‘quvchiga cho‘pchak emas, bilim berishni ko‘zda tutadi.
Ikkinchidan, barcha bolalar – teng, degan printsip. Salim okamgilarni nevarasi ham, musorchi Potma xolani qizi ham bir xilda ta'lim olishi kafolatlanadi. Tenglik printsipiga ko‘ra, har bir fin maktabi o‘quv jarayonini amalga oshirish uchun teng imkoniyatlarga ega: mutanosib moliyalashtirish, bir xil uskunalar.
«Kuchli va kuchsiz» ta'lim muassasalariga bo‘linish mavjud emas.  Ellik beshinchi maktab zo‘r, Enamyaxshidagi maktab ontarilib yotibdi, degan narsa yo‘q.
Finlar, shuningdek, bir mavzuni boshqasiga zarar yetkazish uchun o‘qitish qabul qilinishi mumkin emas, deb hisoblashadi — maktablarda har bir dars teng ravishda o‘rganiladi.
O‘qituvchilarga ota-onalarining ijtimoiy mavqei yuqori bo‘lgan bolalarga imtiyoz berish taqiqlab qo‘yilgan. Barcha bolalar birgalikda o‘qiydilar va kuchli maktab o‘quvchilari va «uchlik» va hatto nogiron bolalar — hech narsa sinfdagi bolalarning tengligi printsipini buzmasligi kerak.
Uchinchi printsip – tekin ta'lim tamoyili
Finlyandiya deyarli barcha maktablarni tekin qilgan davlatdir. Talabaning ovqatlarini davlat to‘lab beradi. Hukumat asosiy ta'limdan boshqa to‘garaklar va  har qanday sinfdan tashqari ishlarni to‘liq moliyalashtiradi: muzeylar va ko‘rgazmalarga borish, sayohatlar va boshqalar. Bundan tashqari, davlat darsliklar, ish yuritish va hatto planshet kompyuterlar uchun pul ajratadi. Har bir maktabda bolalarni bepul avtobusda darslarga olib borish imkoniyati mavjud.
Individuallik printsipi
O‘zbekiston jamiyatini baxti qaro qilgan narsa – jamoa va to‘da zehniyati. Fin ta'lim tizimi, bunga qarshi o‘laroq, individualizmni qo‘llaydi. Maktab ta'limi jarayonida har bir alohida o‘quvchining qobiliyatlari uchun mavzu kursini individuallashtirish muhim o‘rin tutadi: sinfda bolalar o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining topshiriqlarini olishadi. Talabaning darsdagi muvaffaqiyatiga qarab, uy vazifasi ham shakllanadi – kimdir yanada murakkab materialni oladi, kimdir esa oddiy materialni oladi.
Talabalarning natijalari individual qobiliyatlarga qarab baholanadi – bu muhim. Akademik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan har bir talaba Finlyandiya maktabida darsdan tashqari o‘qituvchi bilan qo‘shimcha darslar oladi.
Maxsus «qo‘shimcha o‘qitish ta'limi» ham mavjud, ularda ona tili fin tili bo‘lmagan xorijlik (masalan, o‘zbek) maktab o‘quvchilari  o‘qishadi.
Amaliylik printsipi
Finlar uchun o‘qishdan maqsad – hayotda ilg‘or komil inson bo‘lish.
Finlar «yoki biz hayotga tayyorlanamiz, yoki imtihonlarga tayyorlanamiz. Shu ikkisidan birinchisini tanlaymiz,» deyishadi.  Shu sababli Finlyandiya maktablarida yakuniy maktab imtihonlari mavjud emas va o‘rta va oliy o‘quv yurtlariga kirishda o‘rta maktab davomida olingan o‘rtacha ballar hisobga olinadi.
Bundan tashqari, kattalar hayotida muhim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga e'tibor beriladi.
O‘quvchilar orasida, masalan, rassomlikka qo‘li kelishgani bo‘lsa, o‘z ijodi haqida portfoliya  yaratishadi, veb-saytlar ochish asoslarini o‘rganish, soliqlarni hisoblash kabi kelgusi hayotda asqotadigan mashg‘ulotlar qilinadi. Shuningdek, sinfda tanlangan kasbning ish majburiyatlarini o‘rganish shaklida ham, ikki hafta davomida haqiqiy ish bilan ham ish stajini o‘tkazish imkoniyati mavjud. Masalan, fin maktabida suvoqchilik, kafel yopishtirish yoki gipkiy kamen yasash bo‘yicha ikki haftalik kurs olish mumkin. Bu amaliy ko‘nikma albatta kelajakda kerak bo‘ladi.
Ishonch printsipi
O‘zbek maktabida o‘qituvchi o‘quvchini, o‘quvchi esa o‘qituvchini o‘ziga dushman deb biladi. Ishonmaydi. Fin maktabi esa o‘zari ishonch ustiga qurilgan. Ushbu printsip ikkita postulatani o‘z ichiga oladi. Birinchisi, davlatning o‘qituvchilarga to‘liq ishonchi. Davlat ta'lim dasturi, aksariyat hollarda, umumiy o‘qitish tavsiyalarini o‘z ichiga oladi: har bir o‘qituvchi qaysi o‘qitish usulidan foydalanishni o‘zi hal qiladi. Ikkinchi, tamoyil-bolalarga to‘liq ishonch: sinfda, agar mavzu unga qiziqish tug‘dirmasa, bola o‘zi istagan narsani qilishi mumkin.
Bu tamoyil o‘quvchilarga yetuk odam deya qarab ularga  nisbatan hurmat munosabatidan kelib chiqadi. Finlyandiya maktabi sinfda tanlov erkinligini anglatadi.
Ixtiyoriy ravishda o‘rganish printsipi
Ta'lim jarayoni o‘qishni istagan bolalarning o‘qishini anglatadi. O‘rganmasang urib o‘ldiraman, degan voqelikning teskarisidir fin ta'lim tizimi. Finlyandiya o‘qituvchilari, albatta, bolaning e'tiborini mavzuga jalb qilishga harakat qilishadi, ammo agar bolada qiziqish yoki qobiliyat bo‘lmasa, o‘qituvchilar talabani «oddiy», amaliy ishlarga yo‘naltiradilar. Sendan matematik chiqmasa, botanik bo‘lasan deb, shu yo‘nalishda ta'lim berishadi. Va hech kim «ikkichi»  ekansan deb, talabani izza qilmaydi. Umuman, Finlyandiya maktab o‘quvchilari  ijobiy yoki salbiy emas. Finlyandiya maktab ta'limining eng muhim vazifalaridan biri –  o‘quvchini aniq kelajakka hozirlash. Kimdir osmono‘par binolar dizayneri bo‘ladi va kimdir avtobus haydovchisi bo‘ladi.
Ma'suliyat printsipi
Finlyandiyada o‘rta ta'lim printsipi ikkita asosiy bosqichga bo‘linadi: Quyi maktab (birinchi olti sinf) va yuqori maktab (ettinchidan to‘qqizinchi).
Ushbu asosiy 9 yillik maktab kursida bolalar ko‘plab fanlarni o‘rganadilar: Savodxonlik va ona tili, hayotni tushunish, san'at va musiqa, xunarmandlik va jismoniy tarbiya. Keyinchalik tabiiy fanlar va gumanitar fanlar, xorijiy tillar, shuningdek, kompyuter savodxonligi kabi fakultativ kurslar qo‘shiladi.  Finlyandiyada fanlararo ta'lim asoslari mavjud. Finlyandiya maktablarida qo‘shimcha 10-sinf ham mavjud bo‘lib, u fanlar bo‘yicha o‘rtacha ballarini oshirishni istaganlar uchun taqdim etiladi. Shundan so‘ng, talabalar qaerga borishni tanlashadi: biron bir amaliy mutaxassislikni egallash uchun kasb-hunar kollejiga yoki universitetlarda o‘qish uchun o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajaradigan litseyga yo‘l olishadi. Shu tariqa maktabni tugatgan finlar katta hayot bo‘sag‘asida ko‘zlarini ufqqa tikkanicha qat'iyat va ishonch bilan turishadi. Ular fin ta'lim tizimining mevalari.
Matchon suqilish: Qo‘ying finlarni og‘o. Fin nerda – biza nerda. Tuya qayda – chukki qoyda dagannin. Man siza o‘zimizni sistemani aytib barsam. Toshkentdagi 213-inchi maktab o‘qituvchisini 9-sinf o‘quvchisi akasina aytib urdirdi. O‘qishini eplayolmog‘oni uchun dakki eshitgan 9 sinf o‘quvchisi akasina telefon qiladi. Shu maktabni o‘tkan yili bitirgan aka o‘rtog‘i bilan galib, maktab o‘qituvchisini yerga yotirib dapkilab urib-urib tashaydi. Muallimni urg‘on bezorila Mirobod tuman qomaqinda.
RT: Matchonboy, o‘zigni bos. Vazifamiz marifat. Odamlarga tushuntirish.
Matchon suqilish. Odamlar baribir tushunmiydi. Tizimni shok uslubida qo‘llash kerakmi yoki yo‘q?
RT: Men shok terapiya tarafdoriman. Xuddi vaqtida Otaturk Turkiyada yoki yaqinda Saakashivli Gruziyada qo‘llagani kabi. «Asta sekin, o‘zimizga mos, barcha tizimdan yaxshisini olib o‘zimga loyiq qilamiz» degan yolg‘on bilan 30 yil o‘tdi.
30 yilda yetishgan johil podaning insoniyatga zarari beqiyos.
Ammo zinhor foydasi yo‘q. Ular o‘qishni bilishmaydi. Harf tanishadi. Balki matnni o‘qiy oladi, ammo tushunmaydi nima o‘qiganini.
Bir amallab sarlavhani o‘qib, tagiga almoyi-jalmoyi koment yozadi.
Shu so‘kishni ham to‘g‘ri yozolmaydigan poda. Fin ta'lim tizimi harf tanittirish barobarida o‘quvchining zehnini charxlaydi.
Matchon suqilish. Shuni aniq atip tushuntiring. Bolani zeynini nishatib charxliydi. Novvi bilan charxliydi. Egav bilanmi?
RT: Masalan, o‘quvchi qo‘liga matn berasiz. Bir varaq. Aytaylik kvant fizikasi, OM qonuni yoki g‘isht qanday quyilishi haqidagi ilmiy matn. O‘quvchi matnni o‘qib bo‘lgach, qo‘lidan qog‘ozni olib, «nimani tushunding balam, o‘ratepacha qilib gapirib berchi» deysiz.
Vazir Qo‘chqorovga o‘xshab «Aaaaa» desa, demak bu bola fin uslubida o‘qitilmagan.
Hamma bolalar o‘qishi aniq. Ammo turli xil tarkibdagi matnlarda ma'lumot topish, uni tushunish, baholash va o‘qigan narsangizdan turli xil hayotiy vaziyatlarda foydalanish boshqacha.
Fin ta'lim tizimi dunyoda eng yaxshi ekanligini o‘rgangan tadqiqotchilar aynan shu narsaga e'tibor qaratdilar. Talabalar nafaqat adabiy va badiiy parchalar, balki biznes uslubidagi matnlarni ham tahlil qilishadi. Ko‘rsatmalar, reklama,uchoq parvozlari jadvali, ishga joylashish uchun so‘rovnomalarni ham o‘qib, nima tushunganini mallimga aytib berishadi.
Asnoda fin o‘quvchilar zarur ma'lumotlarni topishda, ayniqsa, bilimdonga aylanishadi. Matnni tanqidiy baholash va matn haqida o‘z fikrini aniq ifodalashni uddalashadi. Fin ta'lim tizimi bog‘chadan boshlanadi. Va finlar bolaligidanoq hodisalar, hodisalar haqida turli nuqtai nazarlarni o‘zaro bog‘lash va ularning ma'nosini talqin qilishga o‘rgatilgan. Bir misol, Finlandiyada o‘qish va uqish darajasi birinchi o‘rinda bo‘lsa, hamma maqtaydigan Gollandiya Finlyandiyadan anchagina pastda 10-o‘rinda zo‘rg‘a turibdi.

Mongoliya molboqari

Xozirgi o‘zbek ta'lim tizimi kasal. Davolanishni istamaydigan kasal. Har qanday kasal ukol olishdan yoki operatsiyadan qo‘rqadi. Ammo doktor avtoritar yo‘l bilan bu kasalni davolashi kerak. Karavotga kamar bilan boylab qo‘yib bo‘lsa ham, bu kasalni ko‘tiga ukol tiqish kerak. Bo‘lmasa o‘ladi.

Matchon Suqilish: Duz og‘o siza bir savol, dunyoni hamma yerinda, hatto sarapoyondam xindistondan galganla kompyuter zo‘tib o‘tiradi. Shunda navchun Xindiston do‘lati so‘vinib suvitlara chiqmiydi. Xozir bir o‘zbek Mongoliyada mol boqsa ham shuni maqtab o‘zbekistonlini qoro, Mongoloyada mol boqado‘n darajaga yetibdi dpr maqtanib, kino qiladilar. Navchun? Baloni balliki bormi Mongoliyada o‘zbeka…
RT: Matchonboy, bu gapingga Rassom Tuz emas Rassom Anzur Buxoriy javob beradi.
MS. Imom Buxoriyni ishitvadim lekin, Anzur Buxoriy dayaanam chiqibdimi, to‘battim.

Rassom Anzur Buxoriy faryodi

O‘zbekiston keyingi paytda zanjirini uzgan yirtqich kabi talavasada. Yangi O‘zbekiston o‘nlab katta harajatli, pafos va pontdan iborat va ko‘p xollardan umuman foyda keltirmaydigan hamda mutlaqo keraksiz proektlar generatoriga aylandi.
Xozir Ozbekistonlik degan modniy proekt borasida ox voh avjida. Bu proekt ma'nosi nima? Nima o‘zi bu?
Chet do‘latda  yurgan talantli, o‘z sohasida ilgari ketgan  va ishi chandon  yurishgan o‘zbeklarni qidirib topishadi.  Ularni yasantirib, oldiga kamera qo‘yib,  po‘n bilan intervyu olishadi «Muxtasham yuz yil» stilidagi musiqalarni  po‘nda gumbillatib. Har ehtimolga qarshi kamera oldida ashi o‘zbeklar bilan sariq savziga oshi sofiy palov  qilib, ko‘k choydi damlab ichib «bizani hali milliy ildizimizni sichqon kemirmadi» degan ma'noda poza qilishadi. Messdej yuvorishadi millatga. Jurnalist ham «onqaraya, oshdi haliyam qo‘lda yeyaptiya chet do‘latda kottta oylik osayam. O‘zbegim ashnaqade» deb haybarakalla qiladi.
Xullas mening qitmir ichimda bu proektga qarshi isyon alangalandi. Savollar chig‘di.  
Qonday qilib bu o‘zbekistonliklar chet do‘latga ketib qoldi? Nega ular o‘z vatanida ish, xurmat va e'tibor ko‘rmadi? Mabodo xudoyim ko‘rsatmasin ular chetga chig‘may O‘zbekistonda qolib ketganida ne ahvolga tushardi? Ochdan o‘lardi, xoynaxoy.
Nega, chert vozmi, ular haqida bugun eslab qolishdi?
Nega masalan La Skalada cho‘p silkib drijerlik qilib turg‘on o‘zbek Toshkandagi Navoiy teatridan ish topmadi?  
Nega  top-menedjer  bo‘lib Teslada ishlayotgan Matqovulga Asakadagi qadrdon  Uzavtosanoatda ish topilmadi? Nega? Kimdir juvop beradima?
Mabodo men Teslada injener bo‘lganimda o‘lsam ham   Ozbekistonlik,  loyihasiga intervyu bermasdim. Qasam ichaman, tepib haydardim. Bor yo‘qal, derdim agar ular qo‘ng‘iroq qilsa. Albatta avvaliga bu e'tibor menga yoqib yog‘day erirdim.   «Nihoyat jalap oniks.  Nakonets-to, blyat! Men faqirni eslashdiya!» – deb baqirib, boshimni qimmat kulbam devoriga tars-tars urardim. Ishkopdan eng qimmat  kastimni olib kiyib galstukka oltin qisqichniyam ilardim. Jundor qo‘limga esa yaltillagan  Breguet Classique sog‘atini taqib qo‘ltig‘imga Sauvage Elixir isli suvini sho‘rillatib separdim. Qo‘shni, qarindosh, sinfdosh, partadosh, kursdosh, kameradoshlar va ayniqsa anjandagi  avtozavodagilar mening ham  otim o‘zganini ko‘rib, hasaddan o‘liblar qolsin, deb o‘ylardim. Qorang – ishim yurishdiya. «Sen otning keyingi ayag‘isan, odam bo‘miysan» deganlarning gapi kapeyka bo‘lib chig‘di. Men chet do‘latda bomj bo‘g‘onim yo‘q. Pomoykadan yemak yeb, sotsialdan sadaqa olib itning keyingi ayag‘i bo‘lib, bo‘yin egib yurmayman. Aksincha. Barchaga ko‘rsatib qo‘ydim qonday pul topishni. Ishim yurishdi. Oxirgi emas, birinchi tuya bo‘ldim. Boyman. O‘zimga to‘qman. Men o‘zim yashaydigan hashamatli pentxaus mutfagida ustiga pil rasmi tushirilgan 110 raqamli choyni damlash uchun namoyishkorona chog‘lanaman. Qaysi go‘rda yotgan, ustiga paxta rasmi tushirilgan sipatsiz chinni choynakni kavlab topib, choy shopiraman. Mana men o‘zbekligini unutmagan vatanparvar. Boylik cho‘qqisidan sizga nazar solmoqdaman kibor va bashang…
Ammo birdan ko‘zim yoshga to‘ladi. Tomog‘imga nimadir tiqiladi. Eski alamlar yil oshgan sharob kabi kuchayib ichimni mushukday timdalaydi. Asakadagi avtozovut KPPsida turgan barzangi meni hatto ichkariga ham qo‘ymay ko‘timga tepkani esimga tushadi. Xolbuki, men  ratspredlojenie bilan keluvdim. O‘zbekistonda itdan bir tiyin qarz bo‘lib, gadoy kabi timirsilaganim esimga tushadi. Men ham odam edimku, axir inson parzanti. Boshimni silashga bir mexribon qo‘l yo‘q edi. Ammo yuzimga shappat uradiganlar quyruq kabi navbatga tizilgandi. Chunki qarzdor edim. Qarzni uzish uchun qarz olardim. Kambag‘al gadoy bo‘g‘anim uchun xotinim betimga tupurib enasinikiga ketib qoldi.  Men bo‘lsam alamdan molday arzon barmatuxa ichib yerlarga dumaladim. Bu yurtni yelkamdi chuquri ham ko‘rmasin. O‘lsam ham chet do‘latda o‘lay deb chig‘ib ketdim. O‘zavtosanoat «ketingni art» deb  mensimagan chizmalarim chet do‘latdagilarni hayron qoldirdi va ular menga ishanib lavozim, pul, resurs va imkoniyat berishdi. Shu tariqa eng boy odamga aylandim. Nos tuplasam yuz dollarlik qog‘ozga tuplab, o‘rab g‘ijimlab o‘ttizinchi etajdagi pentxausim aynagidan pastga uloqtiraman. Nosdiyam itidan chekaman. Shvedskiy nos. Albata, men O‘zbekiston vatanim qo‘llovisiz shu darajaga yetkanimni qishlag‘imdagilar ham  bilsin deyman… Lekin, oxirgi momentda men bu fikrimdan qaytaman.
–  Yo‘q, aslo!!! Ne-ne-ne, kakoe intervyu? Noxiya! – deyman men ko‘zimdan shar-shar oqqan ko‘zyoshlarimni 14 ming yevrolik pidjagim  Brionining yengiga artib.  
Warning:  
Anzur Buxoriy fikri boshqa o‘zbekistonliklar, xususan  Nyu-York yoki  Ashxabaddagi o‘zbeklar fikriga teskari bo‘lishi mumkin.  
No eto ne daet vam prava. Ya'ni meni qarg‘ash huquqi yo‘q siz aftodalarda.
MS: Og‘o, bu dardisarni kim tarjima qildi?
Anzur Buxoriyning manzur maktubini  Rassom Tuz asliyatdan tarjima qildi.
MS: Duz og‘a, shu dasangiz tozo O‘zbekiston haqqinda she'r yozvadim. Ko‘na o‘zbekistonda fermerlar o‘roq katman bilan ishlar adi, tozo o‘zbekistonda toroxtr bilan ishliydi.
RT: Aytchi Matchon jo‘qi she'ringni
MS: Toroxtr daganing qongltr chalak
Vyoninda, byoninda ikki digirjak
yuz dollar barsang yeringni surib barajak
Traktor dagan fermer uchun galajak
Traktor bo‘lmasa fermer o‘lajak…
RT: Matchonboy, paxtani traktor bilan terish kerakligini sen ham tushunibsan oxiri. Lekin bu haqda jurnalistlar yozishi kerak.
MS: Pul barsangiz yozadi jurnalistlar.
RT: Butun dunyoda jurnalist redaktsiyadan oylik yoki gonorar olib ishlaydi. Gazeta jurnal yoki teleradiokanal esa reklamadan pul topib yoki grant asosida muxbirlarni va o‘z faoliyatini ta'minlaydi. Butun dunyoda blogerlar folloverlarining soniga ko‘ra tarmoqdan pul oladi yoki shunchaki xobbi o‘laroq tekin ishlaydi. Titanik cho‘kayotganini ko‘rgan muxbir kema kapitaniga qarab «seni cho‘kkaningni yoritishim uchun pul ber» demaydi. Milliarderlarni fosh qilgan raxmatli Pol Xlebnikov yiliga 40 ming dollar oylik olardi. Xlebnikov fosh qilgani ortidan milliarderlarning aktsiya narxi tushib millionlab zarar ko‘rishardi. O‘sha milliarderlar agar Xlebnikov ular haqida yozmasa yiliga bir million berib turishga rozi edi. Ammo Xlebnikov redaktsiyadan oylik olib yashashni ma'qul bildi. Chunki u maslak  odami edi.
Uzun kirishdan so‘ng O‘zbekistondagi matbuot realligiga o‘tsak. O‘zbekistondagi barcha nashrlar muxbirlari va bemaza qovun urug‘iday ko‘paygan blogerlar o‘zlari yozmoqchi bo‘lgan voqea qahramonlaridan pul oladi. «Pul bersang, problemangni chig‘orib» beraman. deydi. Savodsiz bir jinni videoni yoqib, pul olgan odami haqida aljirab o‘tiradi. Odamlaram matbuot shunaqa bo‘lar ekan deb ko‘inikib ham ketishgan. Biror tadbirga chaqirilsa baqlajon.uz ham «dogovor yuboradi», pulini to‘lab qo‘ying deb. Ilgari odamlar restorandagi mashshoqqa pul berib, ashulla aytirishardi. Xozir «jurnalistga» pul berib maqola yozdirishadi.
Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramaydi. U  egasi bergan suyak va kulba evaziga vovullaydi.
Butun boshqa soxalar kabi jurnalistikani ham o‘ldirib ko‘mib qo‘yishdi O‘zbekistonda. Bir suruv tilanchi esa  jurnalist niqobini kiyib pul evaziga «binnasalar» yozib yotibdi.
Tuyadan so‘rashibdi nega bo‘yning egri? deb. Tuya «qaerim to‘g‘ri» deb javob beribdi.
MS: Sho‘rda bir to‘xtab olib, yonqi gapni oyting
RT: Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
17 may 2019
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov 15 may kuni feysbuk sahifasida ayrim saytlardan to‘siqlar olingani iddaosi ortidan ...
9 iyun 2016
O‘zbekistonda eng «beozor» mavzu hisoblanadigan hisoblanadigan sport xabarlarini yorituvchi ommaviy axborot vositalari ham birin ketin taqiqqa uchramoqda. Futbol mutasaddilari ...
5 may 2016
Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi uchoq ichida janjal chiqargani sababli kema sardori tarafidan samoletdan tushirilgan Ma'mura M, ismli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol ...
4 iyun 2018
Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpievning ishdan olinishi unga aloqador kimsalarni kemadan qochishga urinayotgan kalamushlarga aylantirgan ko‘rinadi. Qudratli soliqchining katta-katta ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...