Asosiy mavzular
25 noyabr 2022

RTdan va'z: Qaynona bu absolyut zulm!

Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.
Matchon Suqilish: Nichiksizla mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila?
RT: Matchonboy sening xotin qizlarga munosabating qanday?
Matchon Suqilish: Qizla bilan kadichilika hamma voxt qiziqqonmon. She'r yozvadim bu haqqinda. Suv bo‘yindo yotomon, suva kasak otomon. Suva galgan qizlani amjakinnan tortaman.
RT: Bu noto‘g‘ri yondashuv. Feodal yondashuv. Huddi qadimgi g‘or davridagi odamlar kabi erkaklarning xotin qizlarga hujum qilishi aks etgan bu sening jo‘qi she'ringda. Nega sen cho‘milishga kelgan qizlarni poylashing va imkon bo‘lishi bilan ularning emchagidan tortishing kerak. Nega? Ularga singling, qizing, opang yoki onang sifatida xurmat bilan qaray olmaysanmi*
Matchon Suqilish: Do‘g‘ri oytosiz og‘om. Bir odamni maqtasak arkak vu deymiz. Ëmonlasak xotinmison yo, diymiz. Top arkak bo‘lish zo‘r, xotin bo‘lsang manglayi qoro bo‘lib do‘g‘ilding dagannin. Bir suri maqol do‘qib qo‘yibdila. Xotin boshlog‘on to‘y torqiydi, qizini urmog‘on dizini uripti, qiz saqlayincha duz saqla, degan maqollar.
RT: Matchonboy, sen ham xuddi milisa vazir Bobojonov kabi adabiy tilda gapirishni o‘rganmading. Faqat xonqalicha gapirasan. Sen aytgan gap mazmunini tarjima qilib beray aksariyat uchun. Jamiyatda erkak kulti shakllantirilgan. Hatto Maxtumquli degan katta shoir ham o‘z asarlarida xotin-qizlarni ikkinchi o‘ringa qo‘ygan. O‘g‘il bo‘lsa davlat qushi, qizam bo‘lsa ko‘ngil hushi davlat kerakdir yigitga. Ya'ni o‘g‘il bu davlat qushi, qiz farzand esa shunchaki ko‘ngil xushi. Sen aytgan maqollar qiz saqlaguncha tuz saqla, qizini urmagan keyinchalik tizzasini uribdi va hokazo. Bular reaktsion maqollardir. Bu maqollarni musorga tashlab yuborish kerak.
Matchon suqilish: Og‘o, lekin bu maqollarda ham haqiqat bo. Qizina yaxshi tarbiya bermagan ota-ona ertang qizini chiqarganda uyolip qoladi. Qiz bola kishiya chiqqonda boshshi oshoq¸ dili yumshoq, sochi sipsa, ali kasav bo‘lib, chiqqan o‘yini o‘tinnan girib kulinnan chiqishi garak. Galin dagan biza tarapda birni do‘g‘mayincha qoynona bilan gaplashmin lol bo‘lib yuridi. Chunki galinni birlangji dushmoni dili.
RT: Qish yaqinlashib, xavolar sovugan sari kelin va qaynanalar orasidagi urush harorati yuksaldi. G‘isht bilan boshi yanchilgan qaynana, uksus ichgan kelin, uch bachasi bilan o‘zini daryoga otgan juvon. 19 noyabr kuni  Toshkentda uyida janjal chiqqan 20 yashar xotin Bo‘zsuv kanaliga kalla tashladi. Yaxshiyam milliy gvardiyaning sharafli askarlari bor ekan. Navro‘z Egamberganov va Sarvar Ibodullaev bu baxti qaro xotinni suvdan chiqarishdi. Har holda hikoyamiz so‘ngidagi heppi end shu. Gapning bo‘ladigani esa – er-xotin to‘ydan keyin alohida yashasin. Qaynana-kelin sistemasi insoniyatga zid jinoyat deb topilishi kerak. Lyubaya qaynana – bu absolyut zulmdir!
Matchon suqulish: Xotinlani birlangji dushmoni ulani ari. Jizzax viloyati Sharof Rashido‘p tumanida bir manglayi qoro arkak zagsdan o‘tmin, pul barip mo‘llo niko qiydirg‘on, xotinini «navchun mongo dik qoroding», dap urip toshodi. Oqibatda ayol olgan tan jarohati bilan voqea joyinda o‘ldi. Xotin go‘rda, ar qomoqda. Hali ko‘o‘o‘p o‘tiradi bu ar qomoqda.

Ayollar, o‘zingizni o‘ldirmang!

Hikoya oddiy. Uyda hali seksual hayot kechirishi mumkin bo‘lgan, ammo ersiz ayol. Eri o‘lgan, yoki bir yoqqa dap bo‘lgan. Bu ayol bir amallab o‘g‘lini uylantirgan. O‘g‘il ham uch churvaqani tug‘dirib, sahnadan g‘oyib. Uyda qaynana va kelin. Erkak zoti yo‘q. Bu ayollar kommunalkasida har kun janjal. Qaynana har turli yo‘llar bilan kelinni ezadi.
Bir kun jonidan to‘ygan kelin uch bachasini qo‘ltig‘iga qisib, o‘zini daryoga otadi.
(Vaziyatga qarab poezd tagiga tashashi, 9 qavatdan o‘zini uloqtirishi, o‘zini yoqishi mumkin) Voqea faqat Samarqandning Jarqishlog‘ida emas, balki  O‘zbekistonning har bir qishlog‘ida yuz berishi mumkin. Xabarlar lentasini qarasangiz, yil bo‘yi shunaqa voqealar bo‘lganini ko‘rasiz.
Ey, qashshoqlar, agar biror kasb-hunarning boshini tutib, pul-mul topadigan bo‘lsagina churvaqalaringizni uylantiringlar. Birovning qizini olib, cho‘ri qilmanglar. Qiz o‘stirayotan qashshoqlar, sizlarga ham shu gap. Er chiqibdi ekan, deb, darrov qizingizni ikki qo‘llab sarupo-suruq qo‘shib topshirvormanglar.
Qizlarga aytadiganim shu. Hayot erga tegib, ikki tizzasini urib yig‘lab o‘tirishdan iborat emas. O‘qinglar, uqinglar, mustaqil bo‘linglar. Johil ota-enalaringiz kabi biologik yaratiq bo‘lib, dunyodan o‘sirib, siyib o‘tib ketmanglar. Sizlarga O‘zbekiston qonunlari teng huquq bergan. Agar qaysidir imomberdi «sen yarimtasan, senga o‘xshagandan ikkitasi bitta guvohlikka yaraydi», desa, darrov milisa chaqirib, ustidan shikoyat qiling.
Erkaklar biologik tur sifatida yo‘qolib ketayotgan bir paytda siz qizlar oyoqda mahkam turishni o‘rganing. O‘zingizni o‘ldirmang.
MS: Nishatsin bechorala. Qiz bola bo‘lib do‘g‘ilgani vulani aybimi?
RT: Matjon suqilish, do‘stim odatda qizlar yaxshi o‘qiydi, iloji bo‘lsa yaxshi ishlarga kirib ishlab, pul topib o‘z qaddini ko‘taradi. O‘g‘il bola bo‘lsa, tug‘ilishi bilan imtiyozni his qilgani uchun o‘qimaydi. Onasi og‘ziga non chaynab solib qo‘ysa, yutadi. Shu tariqa ayollar qo‘lidan yem yeydigan bir mol bo‘lib ulg‘ayadi. Alfons, yoki jigalo deyiladi bunday urodlarning nomi. Rasmda ko‘rib turganing Moskvada mardikorlik qiladigan Shoxruh Karimov va u pichoqlab o‘ldirgani aytilgan Yuliya Tkachyova. Tabiatan parazit Shoxrux Karimov o‘z ko‘rsatmasida Yuliya Tkachevani pul bermay qo‘ygani uchun o‘ldirganini aytgan. Ya'ni bu echkisoqol yaratiq o‘z o‘ynashi hisobidan yeb ichib yurgan.
MS: Ibi baxti qoro. Shu soqolli sopormat qizlani go‘tinnan gun go‘radon alfons akanmi? Buni oytib yoshloro tushuntirish garak.
RT: Matchonboy, oilaviy zulm va bizni botqoqqa tortayotgan arxaik turmush tarzini jurnalistlar tanqid qilishi kerak.
MS: Shu savodsiz jilli. Quri mut seminarlara borip, mut yeb ichib, qidirib galsam diydig‘on. Yeganni og‘zina, giyganni ustina qorob ichi yonodig‘on, bog‘i go‘karmiydon baxil baxti qoro yetimakla odini jurnalist qo‘yib yuripti asiriship. Itni odini marjon qo‘yg‘ondin.

Ëmon jurnalistika haqida

Bir kuni qadimiy yodgorlikklarni saqlashga oid tadbirda qatnashdim. Tadbirda rassom To‘ra Quryozov so‘zga chiqib, Xivadagi ters ayvonlarni saqlab qolish zarurati haqida gapirdi. To‘ra og‘a frantsuz arxitektori Le Korbyuze Xivaga kelib tars ayvon (Quyoshga teskari qurilgan hovli)lardan ilhomlanib,  shunga o‘xshash konstruktsiyalarni Jazoyir va Marokashda qurdi, deya aynan aytdi.
Majlisda Solaevmi – Solmaevmi degan jurnalist bor edi. Ikki kun o‘tib bu jurnalist televizorga chiqib gapiryapti: «Otiga tilim kelishmaydigan frantsuz arxitektori kelib, Xivadagi tars ayvonlarimizni o‘g‘irlab ketdi», deb, g‘irt yolg‘on gapiryapti.

Diydiyo va qarg‘ish jurnalistikasiga ana shu savodsiz johillar asos solgan. Birov bir narsa desa, tagiga yetmay, fakt cheking qilmay, qarg‘ab sannashning oti diyodiyodir, jazavadir, lekin jurnalistika emas.

Nukus muzeyidagi asar narxi bir million desang, darrov javrab beradi: «Sotib gadaylarga yedirish kerak», deb. Ë buning puliga nechta arava o‘tinu tappi beradi, deb g‘ingshiydi.
Rus yozuvchisi Bulgakovning «Ityurak» asari qahramoni bo‘lgan Sharikov ismli itvachcha, «nega falonchida to‘rtta kalish boru, anavi gadayda bittayam yo‘q», deya xitob qiladi. Bu itvachcha nazarida hamma boylikni «gadaylarga bo‘lib berish» lozim ekan.

O‘zbekistonning bugungi jurnalistlari ritorikasi Sharikov aljirashi bilan bir xilda. Ularni ellikta seminarda o‘qitib, tekin kola ichirsang ham tiynati o‘zgarmaydi. Chunki ular o‘qimagan. Fizika qonuniga ko‘ra, «yo‘qdan bor bo‘lmaydi». 35 millionlik O‘zbekiston ichida bitta professional jurnalist bor. Qolganlar xalturshik. Masalan, ko‘chaga rasm chizgan rassom asari o‘chirilganini hamma bir-biridan o‘marib yozdi. Hech kim borib shu rasmni chizgan Abduraxmondan intervyu olmadi. Kim o‘chirtirganini surishtiruv qilib o‘rganmadi. Ikkita kesatiq gap, bitta qo‘qancha hazil jumla yozib, shuni jurnalistika deb bilishadi. Bloger degan besavod va bepoyda  parazit xasharotlar haqida jim turaman. Ularni sinf sifatida tugatvorish kerak.  35 millionlik aholi ichidagi yagona jurnalistning ismi Aleksey. Pamilasi Voloseevich. Borib, o‘rganinglar u kishidan. Lekin undan oldin maktab partasiga qaytib geografiya, biologiya va fizikani qayta o‘qib kelinglar. Inshodan besh oldim, deb jurnalistlikka havaslanganlarni kropiva butog‘i bilan savalash joiz.
MS: Duzog‘o qo‘ying bu biravni ustindagi giyim nichcha so‘m dap ichini chakadon baxillarni. Siz bir ertak oytib baring og‘om.
Ertak emas bo‘lgan voqeani aytib beraqolay.

Ziyo ko‘chasidagi jinoyat

O‘sha tuni Zangiotadagi Ziyo ko‘chasi zim-ziyo edi. Svet o‘chgan. 28 yashar xotin dag‘-dag‘ titrab turibdi, «endi nima qilaman», deb. Sal oldin Sirdaryo tumanida yashaydigan 22 yashar xotin telefon qilib, «3 ming dollarni tayyorlab qo‘y. Bo‘lmasa, siringni fosh qilaman», deb tahdid qilgan.
Gap shundaki, 22 yashar bu alvasti 28 yashar xotin telefonidagi telegram kanaliga kirib to qiyomatgacha sir qolishi joiz bo‘lgan rasmlarni o‘margandi.
«Ashi rasmlarni chig‘orsam, yer o‘z o‘qidan chig‘ib ketadi», deb, qo‘rqitdi juvon opaning oromiyu, huzur-halovatini o‘margan xotin.
«Nima qilsam ekan, arqondi olib o‘zimdi molxonaning to‘siniga ossammi yoki ustimga benzin quyib joqib jubarsammi», deb o‘ylagan xotin birdan eng to‘g‘ri qarorga keldi.
Milisaga aytishga qaror qildi. Qolgan maslahatni milisadagi operlar berdi. Anavi o‘g‘ri xotin 3 mingni olayotganda tappa bosishdi.
Dodlashga ham ulgurmadi.
Xotin qamoqda, sir sandiqda, juvon halovatda, adolat tantanada…
MS: Duz og‘o, yoxshi ertak oytdingiz. Lekin  Ziyo ko‘chasinda yashiydo‘g‘in juvonni telegraminda qandaychigin suvrat bor adi?
RT: Bu savol endi mening ham oromimni o‘g‘irladi Matchonboy. Qanday surat ekan u?
MS: Siz gaz va ko‘mir problemasini o‘ylang. Ko‘cha sovuq. Ashak o‘ldiradon sovuq.
RT: O‘zbekistonda bitta qo‘g‘irchoq partiyani saqlab turish byudjet uchun, aytaylik, yiliga 30 million dollarga tusharkan.
Shu 30 million dollarga bir million tonna qozoq ko‘mirni ertagayoq obkeberisharkan uyingizdi oldiga. Beshta partiyaning puliga besh million tonna ko‘mir! Yana sal harakat qilib, Ësh IT, ma'naviyat kabi parazit idoralarni yopib, puliga ko‘mir olsak yaxshimasmi?
Qani aytinglar bovurlarim, ona xalqim uchun nima zarur?
Ëlg‘onchi, parazit, qo‘g‘irchoq, Karimov davridagi yolg‘oni o‘rtish uchun yasalgan dekorativ partiyami yoki, qop-qora bo‘lsayam, xalqim uchun yonib, kuyib harorat beradigan, nafaqat o‘choqda, balki qalblarimizda ham yonadigan ko‘mirmi?
Nima deysiz sovuqda dirdirayotgan qashshoqlar?
MS: Jon diymiz, og‘om. Ko‘mir garak. Bu yolg‘onchi partiyalar naga garak. Monga ko‘mir garak, noz garakmas, o‘zini partiya degan o‘tirik g‘oz garakmas. Kishtak-kishtak! Lekin qashshoq deb kamsitmang bizani. Divono bo‘lsoqom to‘rvomiz bo.
RT: Qashshoqlar desam pasportiga fuqaro deb yozilganlar xapa bo‘pti. Fuqaro qashshoqdanam past yo‘qsil, bitch degani. Ëqmasa pasportingdan o‘pkala!
MS: Jilliga jilli dasang, orpo bo‘yi o‘sadi. Bulani pasportina fuqaro dab yozilg‘oni uchun bitch bo‘lib getdila.  Shu gunlarda yomon o‘risqul ko‘payib getibdi. Putinni doyim dayanlar ko‘paygan, og‘a.
Toshkentda qancha ӯris josusi bor?
Shvetsiyada 2013 yildan beri Rossiya foydasiga josuslik qilgan o‘ris er xotin qamoqqa olindi.  1990 yillar oxirida Shvetsiyaga ko‘chib kelgan rossiyalik muhojir er xotinlar josuslik bilan shug‘ullanishgan. Mabodo O‘zbekistondagi o‘rislarni tekshirsa qanchasi josus ekan? Ëki o‘zbek rahbarlari ichida nechtasi o‘ris agenti?
MS: Hamma o‘zbek otosinnnon potya olg‘on, o‘risa qul bo‘laman dap. Inobi toksi haydidonlani hammasi o‘risqul. Shu qon toshog‘on taksichilara ponyatka baring og‘om.

O‘zbek taksichilari uchun nasihatnoma

O‘zbek taksichilari uchun nasihatnoma yoza boshladim. Nasihatnoma ularni o‘risqullik va arab zombi bo‘lishdan qutqarish uchun kerak. Demak, ketdik.
Ey farzand, modomiki, sen olim, fozil yoki hunarmand bo‘lmay, taksi drayverlikni tanladingmi, demak, aql va nasihatga muhtojsan. Sen haydagan taksiga tushganlarni NATO tashkiloti ustiga qarg‘ish ag‘darib bezor qilgansan. Sening nazaringda NATO – bu yomonlik. Sening nazaringda, sen yarim kechasi taksi haydagan payting, uyingda yolg‘iz qolgan xotining to‘shagiga kirib olgan bezbet machodir bu NATO degani.  Yanglishasan bo‘tam.
Maktabda geografiya o‘qimay, bachchaboz mulla aljirashi va o‘ris televizorini  ko‘rib miyang aynib qolg‘an. Bu ketishda abariyoga uchrab, o‘lib ketasan. Ammo vaqt borida eshit.  NATO nima? Enangning nosqovog‘imi? Yo‘q, NATO – bu g‘arbning himoya belbog‘i. Putin kabi psixlardan himoya qiladigan qalqonu dubulg‘asi. Modomiki, dunyo xaritasida Turkiya kabi davlat hanuz mavjud ekan, bu davlat o‘z mavjudligi uchun NATOdan qarzdor.
Nega Turkiya haqida gapirdim? (Turtsiya emas sen aytadigan kabi)  Chunki ildizimiz bir bu mamlakat bilan. Turkiya 1952 yilning 18 fevralida, ya'ni ushbu ittifoq tuzilganidan uch yil o‘tib NATOga qo‘shildi. Bu sanani eslab qol, bo‘tam.  Anqaraning bu harakati, ya'ni G‘arb bilan hamkorlik qilish foydasiga tarixiy tanlovi va kommunistik g‘oyalarning mintaqadagi boshqa mamlakatlarga tarqalishiga qarshi turish istagi bilan bog‘liq. Kommunistik Shimoliy Koreya agressiyasiga qarshi chiqqan koalitsiya kuchlari tarkibida turk qo‘shinlarini Koreya urushiga yuborish qarori bu istakning yorqin namoyishi bo‘ldi. Bo‘tam, xabaring bor, o‘zbeklar otini, molini sotib boradigan Janubiy Koreya va yana bir moxovxona Shimoliy Koreya bor. Janubiy Koreyaning bugungi ihtishomini NATO ta'minlagan. Buni ham yod ol. Ëzib ol demayman, chunki sen yozishni bilmaysan. Ëzishni bilganingda taksichi bo‘larmiding. Xullas, qaerga keluvdim?
Turkiyaning shu qalqon markazida ekani.
Rahmat eslatganing uchun. Xullas, Turkiyaning ittifoqqa kirishi bir tomondan Natoga o‘zining «Janubiy qanotini» mustahkamlashga imkon berdi, boshqa tomondan – strategik dengiz yo‘llariga kirish tufayli Anqarani Sovet bosimidan ozod qildi.
O‘rta yer dengizi va yaqin Sharqda muhim strategik mavqega yega bo‘lgan Turkiya o‘nlab yillar davomida ittifoqning sodiq a'zosi bo‘lib qoldi. Bu NATOning xavfsizligiga katta hissa qo‘shdi, ayniqsa, sovuq urush, sobiq Sovet Ittifoqi bilan eng uzun chegarani himoya qilish orqali. Turkiya o‘z qurolli kuchlarining muhim kontingentlarini blok ixtiyoriga topshirdi: deyarli barcha quruqlik tuzilmalari va ikkala havo qo‘shinlari. Shunday qilib, ajratilgan qo‘shinlar soni bo‘yicha ittifoqda yetakchi o‘rinlardan birini egalladi. Shu bilan birga, Anqara G‘arb va Sharq o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish uchun faol choralar ko‘rdi.
Sovet Ittifoqi parchalanib, sovuq urush tugaganidan so‘ng, Turkiya sobiq sotsialistik lagerdagi «-iston» mamlakatlarini ittifoqqa qabul qilishga qaratilgan «ochiq eshik» siyosati doirasida ittifoqni kengaytirish g‘oyasini darhol qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u alyansning NATOga a'zo bo‘lmagan boshqa davlatlar bilan hamkorlik mexanizmlarida faol ishtirok yetdi. Xususan, alyans va Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari o‘rtasida maxsus sheriklik munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash orqali Turkiya elchixonalari Ozarbayjon, Turkmaniston va Qirg‘iziston poytaxtlarida «NATOning aloqa nuqtasi» rolini o‘z zimmalariga oldilar. Bundan tashqari, tinchlik uchun sheriklik dasturini ishlab chiqish doirasida 1998 yil iyun oyida Anqarada maxsus o‘quv markazi tashkil etildi, u yerda NATO sherik davlatlarining harbiy va xarbiy bo‘lmagan xodimlarini strategik va taktik tayyorlash va o‘qitishni ta'minlash uchun kurslar va seminarlar o‘tkazildi.
Ushbu dastur tamoyillari va maqsadlariga muvofiq. «O‘rta yer dengizi muloqoti»ning faol ishtirokchisi sifatida (mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun 1994 yilda ittifoq tashabbusi bilan) Turkiya ushbu muloqot doirasida mutaxassislarni tayyorlash kurslarini o‘tkazish uchun o‘quv markazini ochdi.
Anqara NATO boshchiligidagi tinchlikparvar operatsiyalarning faol ishtirokchisidir. Turkiya armiyasi askarlari sobiq Yugoslaviya  urushidagi operatsiyalarga jalb qilingan.
 Sen g‘alcha sho‘pr doim NATOni qarg‘aganingda NATO musulmonlarga qarshi deb sannaysan. Mabodo, tangrim senga zehn ato qilganida edi, buning tom teskarisi ekanini bilib olarding. NATO Yugoslaviyada musulmon bo‘shnoqlarni agressiv nasroniy serblardan himoya qildi. Bu gapimni yodlab ol. Klientlarga aytib maqtanasan.
Seni ho‘ko‘mating rahbarlari tagiga yotib noz qilayotgan afg‘on bachchaboz toliblarnini enasini ko‘rsatadigan ham NATO bo‘ladi.
Turk bo‘linmalari Afg‘onistondagi xalqaro xavfsizlikka yordam berish kuchlari (AYSAF) tarkibida ishladi va bu mamlakat havo kuchlari Natoning Liviyadagi operatsiyasida ham ishtirok etgan.
Turkiya ittifoqqa a'zo beshta davlatdan biridir (Belgiya, Germaniya, Italiya va Gollandiya bilan birga) NATO yadroviy o‘q-dorilari shu besh davlat hududida. AQShning B61-12 tipidagi yetmishta taktik yadroviy bombasi mamlakat janubidagi Suriya bilan chegara yaqinida joylashgan Injirlik Turk havo kuchlari bazasida saqlanadi. Injirlik nima. deb so‘rayapsanmi? Turklar anjirni «injir» deydi. Anjir o‘sadigan qishloq bu dengiz yonidagi. Rosa dam oladigan zo‘r joylar. Xullas, anjirlikda NATOning yadroviy qurollari turadi.
Sen aqlsizlar tarapini olayotgan Putinga qarshi bu qurollar. Nima qurol deysanmi? Atom. Ergash Karimov aytganidek, atom – bu bomba! Barcha bombalarning do‘dasi. Bugunga yetadi bu dars.
Sening primitiv miyang shuni hazm qilsa ham katta gap. Endi aytchi, nima tushunding aytganimdan? Ha, to‘g‘ri, NATO – bu qalqon. Kirpining ninasi, toshbaqaning toshi, bo‘rining tishi bo‘ladi. Askarda esa qalqon bo‘ladi. Qalqonsiz askar bo‘lmaydi. Umuman yuz yildan beri qullik tanasiga singib ketganlar dushmanga qarshi turish nima, qilich nima, qalqon nima, unutib qo‘yishgan.
Senga o‘xshab, faqat qarg‘ab, sannab, klientni bezor qiladi. Demak NATO – bu qalqqon. O‘ris najosatiga qarshi qalqon.
Ey farzand, sen ham bir kun to‘yib ovqat yeydigan, issiq uyda o‘z bayrog‘ing ostida o‘risqullar diktovkasisiz bemalol o‘tiradigan  kun keladi, mana ko‘rasan. NATO omon bo‘lsin.
MS Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oytiparing
RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
2 iyun 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 53-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) MUSIQA HAROMMI? Buyuk hofiz Komiljon Otaniyozning ...
21 sentyabr 2017
20 sentyabr kuni Rossiya Havfsizlik Kengashi (SB) kotibi Nikolay Patrushev Toshkentga keldi va O‘zbekiston Havfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov ...
18 yanvar 2017
Turk matbuotiga ko‘ra Masharipovning O‘zbekiston vatandoshi ekanligini rasmiy Toshkent tasdiqlagan. O‘zbekiston tarafiga ko‘ra, Masharipov qidiruvda bo‘lgan. Turk politsiyasiga ko‘ra, ...
24 oktyabr 2017
Ijtimoiy tarmoqlar internet orqali axborot yetkazishning eng qulay va tezkor vositasiga aylandi. Ayrim blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda ba'zan shu qadar ...
Bloglar
3 yanvar 2023
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 20-qismida jurnalistning «Adabiyot nima?» degan ...
25 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim ...
20 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 17-qismi muxolifat va hokimiyatning kelajagi haqida ...