Asosiy mavzular
30 noyabr 2022

600’24: Norov rus elchisini taqdirladi; ko‘mir, paxta, otxona va Toshkent hokimi muammolari

Bugun 30 noyabr. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.
+++
«O‘zgidromet»dan sovuq xabar. O‘zbekistonlik meteorologlar dekabr oyining beshinchi kunigacha mamlakat hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishda davom etishini bildirishdi. Buning natijasida shimolda harorat -13 darajagacha sovishi kutilmoqda.
+++
Ayni sovuq havo oqimi kutilayotgan Xorazmda ko‘mirga tuproq qo‘shib sotishmoqda. “Xorazmdan murojaat qilyapmiz. Aholiga berilayotgan ko‘mirga tuproq qo‘shilayotganiga guvoh bo‘ldik. Vaziyatni tegishli tashkilotlar nazorat qilsa yaxshi bo‘lardi” deydi Eltuz portaliga video jo‘natgan xorazmlik shikoyatchi. Videoda bu xolatni aynan kuzatish mumkin. Bundan avval Eltuzga ko‘mir uchun talash aks etgan videolar kelib tushgan edi.
+++
Qashqadaryodagi ko‘prik ibtidoiy qurilishning noyob namunasi kabi sayyohlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Ammo mahalliy aholi uchun undan o‘tish o‘ta qo‘rqinchli.
“Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani  Boyqo‘rg‘on qishlog‘i daryo ustidagi ko‘prik omonat turibdi. Uzilib ketib, fojia ro‘y berishi mumkin. Mustahkam ko‘prik qurib berishlarini so‘raymiz” deya izohlaydi vaziyatni Eltuz portaliga video jo‘natgan muxlis.
+++
Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida otasining mol-mulkni noto‘g‘ri taqsimlaganidan norozi bo‘lgan o‘g‘il otxonani yoqib yubordi. Oqibatda 102 mln so‘mlik 17 bosh toychoq va 145 mln so‘mlik beda g‘arami, hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘g‘il qamoqda.
+++
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.
+++
Xindistonlik sarmoyador Jahongir Ortiqxo‘jaev undan 100 mln dollar talab qilgani aksincha Lake City loyihasidan voz kechasan deya ultimatum qo‘yganini iddao qildi.
Toshkent hokimi agar o‘z xohishim bilan shu ishdan birini qilmasam, “Minerva city”ni ham, qolgan barcha loyihalarim ham olib qo‘yilishini va O‘zbekistonda kun kechirishim qiyin bo‘lishini aytdi. Boshida shartnomani imzolayotganimizda, barcha kelishuvga amal qilinishi va majburiyatlar bajarilishi va'da qilgandi, endi esa hokim bu mamlakatda shartnomalar hech qanday rol o‘ynamasligini ta'kidlamoqda.” deya bildirdi hindistonlik investor, MJ Developers kompaniyasi asoschisi Murari Jala Kun uz saytiga bergan intervyusida. Biroq, shahar hokimi Ortiqxo‘jaev bu mojaro prokuratura tomonidan bosti-bosti qilinmaguniga ovoza qilmaslikni jurnalistlardan talab qildm. Shu o‘rinda uning lyuboy jurnalistni shessekkundda yo‘q qilishi mumkinligi haqidagi gapi memga aylananini eslash joiz.
+++
2022 yil 26 noyabr kuni “Xonqa Gold Fiber” kooperasiyasi yetishtirgan paxta hosilini qayta ishlash uchun olib ketayotgan yuk transporti To‘rtko‘l yo‘lida Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatildi.  YPX xodimlari tomonidan tekshirilgan transport hujjatlarida muammo yo‘qligiga qaramay, transport egasidan Xonqa tuman Agroinspeksiya boshlig‘ining yetib kelishini kutish so‘ralgan.
Kooperatsiya rahbarining aytishiga ko‘ra, paxtani tegirmon usulida qayta ishlash uchun shartnomalar bor. Paxta tashish uchun “Xorazm Paxta Trans” korxonasi bilan shartnoma tuzilgan. Biroq Xorazmda mustaqil fermerlarga qarshi mahalliy hokimiyat vakillarining reyderlik harakatlari davom etmoqda.
+++
Toshkentning Olmazorida profilaktika inspektori o‘ldirib ketildi. Qotillik inspektor ishda bo‘lgan paytda sodir etilgan. Qotil voqea joyidan yashiringan. Inspektor go‘rda, qotil qidiruvda.
+++
O‘zbekiston bilan AQSh faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyor. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqovning AQSh elchisi Jonatan Henik bilan 29 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida qayd etildi.
TIV matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarinining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, muloqot chog‘ida savdo, investitsiya, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha takliflar qarab chiqilgan.
Avvalroq Rossiya Davlat dumasi matbuot xizmati spikeri Vyacheslav Volodin O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida AQSh bilan hamkorlik oqibatlaridan o‘zbek hukumatini ogohlantirgan edi.
+++
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov esa «millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun» Rossiya elchisi Oleg Malginovga «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishonini topshirdi. Rasmiy Toshkentning qaltis ikki xil o‘yini davom etmoqda.
+++
Putin bilan Tokaevning Moskvadagi uchrashuvida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida «uch tomonlama gaz ittifoqi tuzish» haqida gap borgan. Bundan maqsad Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududi bo‘ylab tashishni muvofiqlashtirish ekani ta'kidlangan. Prezidentligini kelgusi yetti yilga mahkamlab olgan Tokaev darhol Moskvaga salomga otlangan va tag‘in eski tashvishi Rossiya gazini tashqariga sotish haqida o‘ylamoqda. Bu safar yana yagona so‘nggi yo‘l, O‘zbekiston hududi orqali.
+++
Ukrainaga ochilgan urush bois Yevropa futbol assotsiatsiyasi UEFA a'zoligidan haydalgan Rossiya futbol uyushmasi endilikda Osiyo konfederatsiyasiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda 27 noyabrda Rossiya futbol ittifoqi ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksandr Dyukov ma'lum qildi.
Osiyo konfederatsiyasiga qo‘shilgach Rossiya xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga umid qilmoqda. Rossiya 2024 yilgi Yevropa chempionatidan ham chetlatilgan, terma jamoa saralash o‘yinlariga qur'a tashlash marosimida ishtirokchilar qatoriga kiritilgan emas.
Rossiya terma jamoasi rasmiy musobaqalarda ishtirok etish huquqidan chetlatilganidan so‘ng Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazgan edi.
+++
Rus propagandonlari Moskva qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirishidan asl maqsadlarini oxirgi kunlarda yashirmay ham qo‘yishdi. Rossiya telekanali boshlovchisi Margarita Simonyan navbatdagi ko‘rsatuvida «Ukrainaning hududi haddan ziyod katta, uni sal-pal qisqartirish kerak va biz bu ishni  muvaffaqiyat bilan amalga oshirmoqdamiz», dedi.
+++
Moskva va Tehron bilan ittifoqchilik aloqalariga ega Armaniston Eronda ishlab chiqarilayotgan qurollarning Rossiyaga yetkazib berilishida muhim rol o‘ynamoqda. Bu qurollar keyinchalik Ukrainadagi urushda qo‘llanilmoqda, deya xabar berdi New Eastern Europe nashri.
Xabarda aytilishicha, so‘nggi oylarda Eronning «Shahed» dronlari yuklangani taxmin qilingan bir necha samolyoti Rossiyaga Yerevan orqali uchib kelgan.  Bu orada ayrim ukrainaliklar, jumladan jurnalist Gordon Eron dronlari Rossiyaga O‘zbekiston orqali yetkazib berilayotganini iddao qilgan, ammo bu ma'lumot to‘g‘ri emasligiga amin bo‘lgach, uzr so‘ragan edi.
+++
Rossiyaning Oltoy o‘lkasida maktab xonalari yetarli isitilmayotgani bois o‘quvchilar masofaviy ta'limga o‘tkazildi. Novosibirskda esa maktab o‘quvchilari minus 30 daraja sovuqda darsga qatnamoqda. Rossiya targ‘ibotchilariga maktablarning yetarli isitilmayotganiga g‘arb va Rossiyaga bo‘ysunmayotgan ukrainaning qaysar prezidenti Zelenskiy sababchi ekan.
+++
Sanktsiyalar ostidagi Rossiyaga Yaponiya va Italiya shirkatlari matritsali printer sotmay qo‘ygani uchun yaqinda rossiyaliklar butunlay pasportsiz qolishi ham mumkin. «Rossiyaning o‘zida esa matritsali printerlar ishlab chiqarilmaydi, tarixdan shunday bo‘lib kelgan», dedi Rossiya IIV informatsion texnologiyalar departamenti boshlig‘i Yuriy Voynov.
+++
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
4 yanvar 2016
Kvartirada uch nafar yosh yigitlar bo‘lishgan. Kadrda shuningdek, ayol ichki libosi va parik kiygan, shuningdek yuziga quyuq upa-elik qilib ...
15 aprel 2017
Yunusobod imomining professional ginekologiya bilan erkaklarning shug‘ullanishini tanqid qilgani barobarida O‘zbekistondagi yuzlab “tabib va azayimxonlar” ayol hastaliklarini dam solib ...
18 oktyabr 2016
O‘zbekiston nashrlarini kuzatib, internet to‘g‘risida turli vahimalar, uning zararini ko‘pirtirib ko‘rsatish barcha nodemokratik tuzumlardagi matbuotga xos xususiyat, degan to‘xtamga ...
12 fevral 2019
Bugun Toshkent metropolitenidan foydalanayotgan yuz minglab vatandoshlarimiz yana shu savolga javobni bilishga haqli. Lekin metropoliten rahbarlari nega bir necha ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...