Asosiy mavzular
17 fevral 2023

600’33: O‘zbek gazi ustidan Rossiya nazorati, o‘g‘ri, zo‘rovon va vagnerchi o‘zbeklar…

E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi 33-sonini taqdim etadi.

O‘tgan hafta Ozodlikda chiqqan tadqiqot muallifi professor Kristian Lassletning da'vo qilishicha, “O‘zbekneftegaz” rahbariyatining yarmi Rossiya  shirkatlarining sobiq xodimlaridir. 

“Hukumat ichki hisobotida O‘zbeknefegaz Eriell tomonidan egallab olingani iddao qilinadi. Bu xavotirlidir!” deb yozadi Kristian Lasslet. 

U o‘zining 40 ming so‘zdan iborat to‘liq hisobotini bir hafta ichida jamoatchilik e'tiboriga havola etishini ma'lum qildi.  

«Fozilov/Filatov jamoat arboblaridir. Ammo korporativ moliyaviy oqimlarni ta'qib qilsangiz, bu aloqalar Gennadiy Timchenko va SNB generallarining o‘g‘illariga borib taqaladi,” deya xulosa qiladi Lasslet. 

“Eslab qoling, Eriell-ga Rossiyaning»Gazprombank»i egalik qiladi, Fozilov+AMGA esa Timchenkoga bog‘langan MChJga aloqador. Fozilov ko‘plab kompaniyalarda ko‘plab ulushlarga ega,  lekin “Inoyatov+Ubaydullaev” bilan yaqin aloqador,” deb yozadi Kristian Lasslet.

Gap O‘zbekiston tabiiy boyliklarining Rossiya doxil kriminal shaxslar qo‘liga o‘tib ketayotgani haqida bormoqda. Yangi hisoboti yuzasidan Eltuz maxsus ko‘rsatuv rejalagan.  

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullaev 72 yoshida o‘ldi. Madaniyat vaziri bo‘lgan davrda u madaniy yodgorliklar hususan Toshkent shahri binolari peshtoqidagi mozaikalarni vandal mulozimlar hujumidan saqlashga e'tibor bergan edi. 

Aynan Sayfullaev davrida vazirlik ochiq va shaffof faoliyat olib borgan va birinchilardan bo‘lib xorij radiosi muxbirlarini o‘z majlislariga chaqirgan edi.  

Eltuz jamoasi Baxtiyor Sayfullaevning yaqinlariga o‘z ta'ziyasini bildiradi.

Toshkent viloyatida ikki nafar bolasi bor ayol to‘rt nafar mahalladosh erkaklar tomonidan navbatga qo‘yib zo‘rlandi.

Eltuzga yetib kelgan xabarga ko‘ra, Turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ishlagani ketgan, katta farzandi 11 yashar bo‘lgan ayol o‘zi va ikki nafar farzandlari bilan Toshkent viloyatidagi bir hovlida yashar edi.

To‘rtta mahalladosh erkaklar, ularning to‘daboshisi muqaddam sudlangan shaxs yetakchiligida, bu ayolni eri yo‘qligidan foydalanib, uyiga bostirib kirishadi. Ular ayolni o‘lasi qilib kaltaklashadi va navbat bilan zo‘rlashadi. Kamiga farzandlarini ham kaltaklashadi.  

Ayol o‘zini ximoya qilaman deb, bir narsa bilan ularni urib qarshilik qilganida, ular bundan battar g‘azablanib uni kaltaklab, bolta va pichoq tirab, yana xayvoniy nafslarini qondirishgan. 

Ayni damda to‘rtta erkak qamoqda. Ularning ustidan 142-modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayol esa reabilitatsiya markazida, ahvoli yomon.  

Toshkentda qo‘qonlik mashxur Akmal-o‘g‘ri qo‘lga olindi

35 yashar Akmal o‘g‘ri kvartira eshigini smichka bilan ochib kirib, oltin taqinchoqlarni o‘marayotgan paytda qulog‘idagi ayrpodning bittasi tushib qolgan. O‘sha ayrpod izidan borgan mirshablar o‘g‘rini ushlashgan. O‘g‘ri qamoqda. 

Namanganda imtihonlarni topshirolmagan talaba o‘ziga o‘t qo‘ydi va kasalxonada til tortmay o‘ldi. Talabaning guruh rahbari studentning otasiga telefon qilib, o‘g‘li imtihonlarni topshira olmagani haqida aytgan.

Otasidan dakki eshitgan student esa Yangiqo‘rg‘on tumani “Nurafshon” mahallasi  chetidagi  adirning o‘rtasiga borib, ustidan benzin quygan va zajigalka tugmasini bosgan. Shifoxonaga keltirrilgan yigit ikki kun qiynalib 13 fevral kuni shifoxonada o‘ldi. Yangiqo‘rg‘on tuman prokuraturasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘adi. 

Toshkentda enaga nogiron bolani kaltakladi

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda enaganing nogiron bolani urgani tarqalgan video yuzasidan ma'lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur videotasvir yuzasidan poytaxt IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 28 yoshli I.X. o‘zining nogiron farzandiga enagalik qilish uchun 21 yoshli S.T.ni ishga yollagan. Biroq enaganing xizmatidan shubhalangan uy egasi farzandining yotoqxonasiga kuzatuv kamerasi o‘rnatgan. 

Tarmoqda Yulduz Usmonovaning korruptsiyani yoqalagani videosi tarqaldi: 

Korruptsiyani olqishlab «xalqning pulini yesa bo‘laveradi» degan Yulduz Usmonova yuridik fanlar nomzodi, sobiq deputat va xalq artistidir. Bundan oldin Sog‘liqni Saqlash vaziri ham mayda korruptsiyaga rag‘bat ko‘rsatib, bemorlarni rozi qilib pul olsalaring bo‘laveradi degan edi.

Afg‘onistonda juma namoziga chiqmaganlarning do‘konlari yopilmoqda

Hozirgacha 70 ga yaqin do‘kon yopilgan. “Tolibon” vakillari do‘kon egalarini 111 dollar miqdorida jarima to‘lagandan keyingina bizneslarini davom ettirishi mumkinligidan ogohlantirgan. 

Qirg‘iziston sudi hukmi bilan 11 yilga qamalgan sobiq prezident Almazbek Atambaev seshanba kuni qamoqdan chiqarildi. Endi u sog‘lig‘ini tiklash uchun chet elga ketishni rejalaganini bildirdi.

2024 yildan boshlab Qozog‘istonda tug‘ilgan har bir qozoq azamati mamlakat neft sanoati mablag‘idan hissa keladigan hisob raqamiga ega bo‘ladi. Har yili bu hisobga pul tushib turadi. Qozoq azamati 18 yoshga to‘lganida bu hisobdagi pulni ishlatishi mumkin.

Rossiya hukumati Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir shahri aholisiga Ukraina urushida ishtirok etish uchun oyiga 260 ming rubldan pul taklif qilayotgan ekan. Biroq Tokaev ma'muriyatining bu shahardagi vakolatxonasi mazkur taklif faqat u yerda yashayotgan rossiyaliklarga taalluqli ekanini bildirgan. Boyqo‘ng‘ir shahri Qozog‘iston tomonidan 2050 yilgacha Rossiyaga ijaraga berilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ijara puli yiliga 115 million dollarni tashkil qiladi. 

Turkiyada zilzila tufayli paydo bo‘lgan eni 3 metrli yoriq yuzlab kilometrga cho‘zilgani aytilyapti. Olimlar hali uni o‘rganishga kirishganlari ham yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, bu yoriq uzoq yillar davomida tadqiqot ob'ekti bo‘lishi mumkin.

Polsha Tashqi ishlar vazirligi Moskva davlat xalqaro aloqalar institutida (MGIMO) o‘qigan barcha xodimlarni ishdan bo‘shatdi. Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau fikricha, bu institut «Rossiya imperializmining unsuri, sovet yumshoq kuchining unsuri»  bo‘lib hisoblanar va MGIMO bitiruvchilari shu imperiya manfaatlariga xizmat qilar ekan. Moskovda tahsil olgan diplomatlarni ishdan haydashni vazir Polshada «dekommunizatsiya» bo‘yicha qo‘yilayotgan qadamlardan biri, deya izohlagan.

Saudiya Arabistoni tarixda ilk bor ayol astronavtni fazoga chiqarishni rejalamoqda. Rayyona Barnoviy xonimning NASA missiyasi doirasidagi parvozi shu yil bahorida amalga oshishi aytilmoqda. 

Moskva viloyatida Ukrainada o‘ldirilgan vagnerchilar go‘ristoni paydo bo‘ldi. Go‘rga kirgan bosqinchilar ro‘yxatida beshta o‘zbek ham bor. Ulardan biri Yusupov Shuhrat Odiljonovich, Sirdaryo viloyati, Guliston shahridan. Bosqinchi go‘rda. 

Rossiya Mudofaa vaziri Putinning mobilizatsiya to‘g‘risidagi farmonini bekor qilish to‘g‘ri bo‘lmasligini da'vo qildi. «Aks holda, safarbar qilinganlar va ularning oilalari oylik va imtiyozlardan mahrum bo‘lib qolishi mumkin», deya bildirgan vazirlik mahalliy deputatga yuborilgan javob xatida. Xulosa shuki, mogilizatsiya tugamagan va hali-beri tugaydiganga o‘xshamaydi. Aytmoqchi Shubadan ehtiyot bo‘linglar. Bu haqda rassom Tuz tayyorlagan maxsus sketchni tomosha qilishni tavsiya etamiz.

Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
23 avgust 2021
Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidagi “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 69 yoshli Sulton Rahimov mashinasiz qoldi.  U 2019 yil 6 noyabrda “Cobalt” mashinasi xaridi ...
28 aprel 2017
Toshkent propiskasiga kirish uchun rasmiy ro‘yhatdagi hujjatlarni yig‘ishga vaqtincha poytaxtda bo‘lish muddati ham yetmasligi haqidagi maqolani chop etgan Kun.uz ...
30 dekabr 2016
Ayni kunlarda «mustaqil gazeta» degan balandparvoz maqom bilan chop etiladigan «Hurriyat» nashrining ilk soni chiqqaniga 20 yil to‘layotir. Shu ...
27 oktyabr 2021
O‘zbekistonda kriminal «avtoritet» sifatida ko‘riladigan 71 yoshli “tadbirkor”  Salim Abduvaliev​ qozog‘istonlik jurnalist Nursait Jilqichiboyga o‘zining Toshkent va Bo‘stonliqdagi qarorgohida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...