Asosiy mavzular
26 fevral 2023

Dunyodan o‘tgan Oshiq Erkin so‘z erkinligi tarafdori edi 

O‘zbekistonlik taniqli shoir Oshiq Erkin – Erkin Madrahimov 86 yoshida olamdan o‘tdi. Shoirning janoza marosimi  25 fevral kuni Urganchda bo‘ldi. 

Erkin Madrahimov o‘zi oshiq bo‘lgan Xorazm tuprog‘iga dafn qilindi. Rahmatli yaxshi odam edi. 

Oshiq Erkin yaxshi odam edi. 1994 yildan to 1999 yil oxirigacha xozir Eltuzda ishlayotgan ijodiy jamoa yadrosi Urganchda TV «Ey El Si» nomi bilan mustaqil telekompaniyada hamkorlikda faoliyat yuritdi. Xorazm va Turkmanistonning Doshovuz va Ko‘na Urganchdagilar ham eslasa kerak bu kanalni. 

Kanalning xabarlar dasturida tanqid ko‘p edi. Bu esa o‘sha paytdagi hukumat mulozimlariga yoqmagan edi. Kanalni yoppasiga tekshiruv boshlandi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasiga esa «TV kanal mazmuni haqida» tanqidiy «xulosa» yozish topshiriluvdi. Xulosani Ëzuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Erkin Madrahimov (Oshiq Erkin) imzolashi kerak edi. Erkin aka yozgan xulosani ko‘rib, buyurtmachilarning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgandi. 

Erkin aka biz yosh jurnalistlarni maqtab piligimizni ko‘tarib yozib bergandi. Sal o‘tib O‘zbekiston teleradiokompaniyasidan ham telekanalni tekshirishgan, rahmatli Ëqubjon aka Xo‘jamberdievni mufattish qilib jo‘natishdi. Shoir va yozuvchi bo‘lgan Xo‘jamberdiev eng avvalo Erkin Madrahimovning uyida mehmon bo‘lgan. 

Tashrif mazmunidan habar topkan Erkin aka Ëqubjon akaga «Agar bu jurnalistlar yuritayotgan telekanal haqida yoziladigan bo‘lsa taraf tutib¸ yaxshi deb yozish kerak» deb Ëqubjonaga uqtirgan. Shu tariqa biz yosh jurnalistlar Erkin akadan yaxshilik ko‘rganmiz. Buni aytish bizga qiyomat qarz. Qolaversa Erkin aka faqat chiroyli qo‘shiqlar emas balki Markaiy Osiyodagi ilk kinochi, 1935 yil qizil armiya jallodlari o‘ldirgan Xudoybergan Devonov haqida «Chaqmoq» nomli kitobni o‘sha SSSR paytida yozishga jsasorat topgan qaxramon edi.  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Oshiq Erkin — Erkin Madrahimov 1937 yil 7 mayda Xivada tug‘ildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy Universitet)ning jurnalistika fakultetini tugatdi. 

Oshiq Erkinning 30 ga yaqin badiiy va publitsistik kitoblari nashr etilgan. Jumladan, “Iqbol”, “Ohular”, “Yilga tatigan bir tong”, ”Yolg‘onning umri qisqa”, “Po‘lat va uning bobosi”, “Tillaqush”, “Azim daryo”, “O‘lguncha sizni derman”, “Ishqing tushdi yurakka”, “ Mujgoningga sallamno” kabi kitoblari she'riyat ixlosmandlariga yaxshi tanish.  

Oshiq Erkinning ko‘plab she'rlarini ko‘plab taniqli xonandalar Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurov, Kumush Razzoqova Aziza Niyozmetova, Og‘abek Sobirov, Azamat Otajonovlar kuylagan. 

Oshiq Erkin “Shuhrat” medali hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan ham taqdirlangan. 

Eltuz jamoasi Oshiq Erkin – Erkin Madraximovning yaqinlariga o‘zining chuqur ta'ziyasini bildiradi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
2 may 2017
Bugun «ochiqlik», «xalq dardini tinglash», «aholining huquqiy v qonuniy manfaatlarini himoya qilish» kabi balandparvoz so‘zlar o‘zbek matbuotidagi o‘ziga xos ...
7 fevral 2017
Shu kunlarda hokimlar, prezidentning viloyatga qachon kelishi xaqida fol ochishmoqda. Mirziyoevning istagan vaqt, istagan hududni borib ko‘rish xohishi, viloyat ...
22 iyul 2017
E'tiroz bildirishga urinib ham ko‘rmang, chunki bu bugunning haqiqati. O‘zbekistonning qaysi viloyatiga bormang, paxtazorda yurgan, ko‘cha supurayotgan, tezak, qog‘oz, ...
12 yanvar 2023
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markazqo‘mining sobiq birinchi kotibi, SSSR Oliy Coveti Millatlar kengashi sobiq raisi taniqli o‘zbek-sovet siyosiy arbobi, diplomat, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...