Asosiy mavzular
31 may 2023

Baxti Tashkentskiy Murod Bildingni ogohlantirdi: Sakramay, jim yur!

29 may kuni Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasida O‘zbekiston “jinoyat olami” vakillarining “sxodka”si bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi yagona “vor v zakone” Baxtiyor Qudratullaev (Baxti Tashkentskiy) tashabbusi bilan o‘tkazilgan bu “sxodka” soat ertalabki 2 dan 4 gacha davom etdi va unda O‘zbekistonning turli mintaqalaridan kelgan 100 ga yaqin “jinoyat olami” vakillari ishtirok etdi.  

Eltuzning Ichki ishlar vazirligidagi manbasiga ko‘ra, 60 nafarga yaqin “avtoritet” mehmonxona ichkarisiga kirgan bo‘lsa, 40 ga yaqin sportchi mehmonxona atrofini o‘rab turishdi.

Mehmonxona xolida Baxti Tashkentskiy raislik qilgan “sxodka” mehmonxona kuzatuv kameralariga yozib olingan.

“Cxodka”da Andijondan Husan “Epchil”, Marg‘ilondan Mansur Margilanskiy, Yangibozordan  Shukur Yangibazarskiylar ham qatnashgan, unga onlayn tarzda Turkiyadan Ravshan Zolotoy ham qo‘shilgan.

Ikki soat davom etgan “sxodka” so‘ngida “jinoyat olami”ga Baxti Tashkentskiy “progon”i (jinoyat olami vakillari uchun ochiq topshiriq) tarqalgan.

Progonda 51 yashar Baxti Tashkentskiy “o‘g‘rilar uchun muqaddas hisoblangan ilk qonun” – siyosatga aralashmaslik ekanini aytgan va jinoyat olami vakillaridan ushbu qonunga rioya etishni talab qilgan. U  organ xodimlari bilan hamkorlik qilayotgan “blatnoylarni”ni aniqlab, jazolashi haqida ogohlantirgan. 

“Bizning qonunlarimizda nomer odin – ne lezt v politiku –  siyosatga aralashmasli, politika  – eto gryaz!” – deb aytgan Baxti Tashkentskiy.

Baxti Tashkentskiy jinoyat olamiga aloqasi bo‘lmagan biznesmenlarni, agar ular “jinoyat olami qonunlari” bilan ish tutishga urinsa oqibatlari yaxshi bo‘lmasligidan ogohlantirgan.

Baxti Tashkentskiy “ko‘cha”da Murod Bilding (Murod Nazarov) Baxtidan ruxsatsiz o‘zidan “ko‘chinskiy” yasab olgan sportsmenlarga murojaat qilgani, internetda Baxti Tashkentskiyning nomini “obizlichit” qilishga uringani, va yana biznesmenlar orasida Murod Bildingning partiya ochish maqsadi borasida gap so‘zlar yurganiga to‘xtalgan.

Baxti Tashkentskiy jumladan shunday degan: “Man Bilding bilan shaxsan tanishmasman, nima deb interda mutit qilvotti?! Sakramay, jim yursin! Unga va boshqa chala sportsmenlar va boshqa sistema ko‘rgan biznesmenlarga aytib qo‘ylaring, mazasini qochiraman, shaxsan o‘zim so‘rab olaman”.

U bu topshiriqni bajarishni Shukur Yangibazarskiy zimmasiga yuklagan.

“Sxodka”da Turkiyadan onlayn qatnashgan Ravshan Zolotoy Baxti Tashkentskiy “progoni”ga ikki kun ichida Turkiya, Rossiya va boshqa davlatdagi o‘zbek avtoretetlari bilan maslahatlashib javob berishini aytgan. 

Ma'lumot o‘rnida: Toshkentlik «vor v zakone» 51 yashar Baxtiyor Qudratullaev  Baxti Tashkentskiy 26 yoshida “vor v zakone” tojini kiygan O‘zbekistondagi yagona kriminal avtoritet hisoblanadi.

40 yashar Murod Nazarov O‘zbekistondagi eng yirik qurilish shirkatlaridan biri – “Murad Building” asoschisi va rahbaridir. 

Aziz Eltuz obunachilari va kanalimiz mehmonlari, eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kriminal olami g‘oyalari va iddaolari ayni paytda Eltuz nuqtai nazarini aslo ifodalamaydi. Yuqorida bildirilgan fikrlar yuzasidan siz ham izoh qoldirishingiz mumkin. Kanalimizga obuna bo‘ling Layk sizdan –  xizmat bizdan!

Tag‘in o‘qing
7 aprel 2016
2005 yilning may oyidagi Andijon shahrida yuz bergan voqealar xaqida xikoya qiluvchi “Sotqin” filmi shu kunlarda Jizzax viloyatida keng ...
15 may 2017
May oyi boshida O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga daxldor «Oltin qalam» mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi ortidan ijtimoiy tarmoqlar va ...
18 fevral 2016
“Izzatini bilgan biror baliq bunday gazetaga o‘rashlarini istamasdi” degan chikagolik jurnalist Mayk Roykoning so‘zlari bugungi o‘zbek gazetalari haqida aytilganday, ...
25 avgust 2016
«Toshkent oqshomi» gazetasida (23.08.2016) O‘zA muxbirining ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bilan suhbati bosildi. Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ichki ishlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...