Kundalik
7 aprel 2016

Xalq dushmani obrazi yaratilgan film targ‘ib etilmoqda

2005 yilning may oyidagi Andijon shahrida yuz bergan voqealar xaqida xikoya qiluvchi “Sotqin” filmi shu kunlarda Jizzax viloyatida keng namoyish qilinmoqda.

“Sotqin” va yana shu kabi targ‘ibot ruxidagi filmlar shu yilning 4 aprelidan Jizzaxda start olgan «Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” deb nomlangan respublika miqyosidagi tadbirlar doirasida namoyish qilinmoqda.

rasm1124
“Sotqin” filmi viloyatning barcha tumanlarida namoyish qilinayapti

Taniqli shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari xamda san'atkorlardan iborat bo‘lgan mehmonlar guruhi 9 aprelga qadar Jizzaxning barcha tumanlaridagi o‘quv yurtlariga tashrif buyuradi va maxalliy ommaviy axborot vositalari tili bilan aytganda “o‘quvchi va talaba yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma'naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida” ular bilan jonli muloqotlar o‘tkazadi.

Eski an'analar ruhida

Kommunistik davrning eng yaxshi an'analari ruxdagi bu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvardagi «Madaniy-ma'rifiy va targ‘ibot ishlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi”ning ijrosi doirasida o‘takazilayotgani maxalliy matbuotda aytilayapti.

rasm1125
Tashviqotda ishtirok etish uchun poytaxtdan 75 dan ziyod mehmonlar kelgan

Tadbirda ishtirok etayotgan Jizzaxlik o‘qituvchining aytishicha bu film 4 apreldan buyon, birgina Jizzax shahridagi ta'lim muassasalarining 11 ming nafarga yaqin o‘quvchi va talaba-yoshlariga ko‘rsatilgan.

“Bu Jizzax shaxridan olingan raqam. Xali tumanlarimizdagi barcha maktab va kollejlarda xam “Sotqin” filmi namoishi 9 aprelgacha davom etadi. Andijonda bo‘lib o‘tgan qonli voqealar qanday sodir bo‘lganini ko‘rsatuvchi bu filmni yoshlar sevib ko‘rishyapti. Odam sig‘may ketayapti zallarga” deydi Jizzaxlik o‘qituvchi.

Tadbir doirasida bu filmdan tashqari rejisser Hilol Nasimovning “Gumrohlar” filmi xam keng namoyish qilinayotgani aytilmoqda.

“Xorijga chiqib olgan turli aqidaparastlar, Vatanimiz xoinlari, kindik qoni to‘kilgan bu yurtga g‘araz niyat bilan boqqan vatangadolarni gumrohlar sifatida ko‘rsatuvchi bu film xam yoshlarimiz tomonidan juda katta qiziqish bilan kutib olinayapti” deb xabar beradi bu xaqda Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi o‘z dasturida.

Jizzaxning rasmiy nashrlari «Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” tadbirida “jami 19332 nafar, shundan 11 256 nafar o‘quvchi yoshlar, kollej va litseylarda 6957 nafar, oliygohlarda 1119 nafar, talabalar ishtiroki ta'minlangani” xaqida xabar berdi.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2020
«Eltuz» tahririyatga joriy yilning 14 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov nomiga yuborilgan jamoaviy murojaat nusxasi kelib tushdi. 109 ...
13 fevral 2022
Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi deya faraz qilaylik. Innan keyinchi… innan keyin nima bo‘ladi? Shuni sovuqqonlik bilan bir tahlil qilib ...
18 fevral 2022
Mana fevralniyam belini sindirdik. Yana 15 kun chidab bersak bahor keladi. Balki ko‘klam kelsa prezidentga maqtov yozadigan maddoxlar bahor ...
24 dekabr 2018
O‘zbekiston fuqarolik jamiyatining bir guruh faollari Zeromax GMBH kreditorlarining Gulnora Karimovaning noqonuniy aktivlarini tovon sifatida olish harakatlari kuchayganidan xavotir ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...