Asosiy mavzular
30 iyun 2023

Mullalar zo‘rlagan yosh avlod haqida – RTdan va'z

Xafta girr etib aylanib yana siz bilan muloqotdaman. Muloqot so‘zi sal bo‘rttirilgan. Chunki men gapiraman, siz eshitasiz.

MS: Manam so‘lliman og‘o. Suqilishmin durip bilmiyman.

RT: Matchonboy, baribir sening gapingni ko‘p odam tushunmaydi. Yaxshisi urganchlik shoir Matnazar Abdulhakimning she'rlaridan o‘qib tursang yetadi. 

MS: Iydala gullapti… Teyinnan o‘tip,

Yur, gulim, bir jilli vo‘lip galamiz.

Getkanda bir dulli vo‘lip getamiz,

Galyanda bir dulli vo‘lip galamiz

Og‘o nichik?

RT: Zo‘r!

MS: Og‘o bir savolim bo. Bo‘sh xolto dik durmiydi. Non imonni o‘rasi. Ochdan qoch. Bu gapladan xulosa aldin iqtisod keyin siyosat daganimi? Dunyoni kim boshqorodi?

RT: Dunyoni siyosat boshqaradi. Siyosat birlamchi va qolgan hamma narsa o‘ninchi. Yurmaydigan mashinaning o‘tirg‘ichiga yangi charm qoplash bilan u yurib ketmaydi. Jamiyat va davlatda siyosiy o‘zgarish kerak. SIËSIY. O‘zbekistonning Karimov davrida yetishgan bir gurux bor. Bularni qisqa qiilib UMIDchilar deylik. O‘zbekistonda siyosiy muxolifat haydalib dissidentlar ustidan qamoqda qaynoq suv quyilib turgan paytda bu yigitlar Karimov bilan rasmga tushib, uning kitobini o‘qib davlat hisobidan G‘arb va AQShdagi o‘qishga ketishdi. Ular bilan o‘sha paytda G‘arbda uchrashganimda qo‘rqib pisib o‘zini bildirmaslikka tirishardi. Asnoda ular karimovchi ham, vatanparvar ham, liberal demokrat ham bo‘la olishmadi. Balki tuzukroq yashash. Kattaroq yeyish. Brend ustivosh kiyish kabi moddiy ne'matlarga ko‘zi mo‘ltiragan bechoralar edi ulvp. Ko‘pining tagi o‘ta qashshoq bo‘lgani bois ular o‘zlari erishgan moddiy boylikka ortiqcha hirs qo‘yishgan edi. Itlar o‘z egasiga sadoqatli bo‘ladi. Ammo ular itlardan farqli Karimovga sadoqat ko‘rsatishmadi. «Iqtisod siyosatdan ustun» degan ilm va mantiqqa zid «g‘oya» sallotlari edi bular.  «Axir ular inglizcha biladi» desam bir o‘rtog‘im AQShning bir qavatli qismidagi millionlab rednek va bomjlar ham ingliz tili biladi deb havasimni so‘ndirgan edi. Bu UMIDChI degan to‘p ichida masalan Saakashivili kabi siyosiy isloxotlar zarurligini tushunadigan birortasini ko‘rmabman. Xolbuki Saakashivili ham ular kabi G‘arbda o‘qigan ekspat edi. Besh yil Karimovning besh tamoyilini chuldirab 20 yil davomida G‘arb oshqozonida singib yaxshi oylik olguvchi klerklarga aylangan galstukli jamoa (Umidchilar) yana sahnada paydo bo‘lib eski ashlani aytmoqda.

Uch yil oldin tuzilib bugun bor yo‘qligini birov bilmaydigan  «El-yurt umidi» fondi 300 dan ortiq mutaxassisni bir joyga to‘plab «bir narsa qilmoqchi edi. Ammo uncha o‘xshamadi.  Ularning aksariyati 1997-2003 yillarda «Umid» fondi orqali chet elda bilim olgan. Bir qismi xorijda turli sohalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar. Ikkinchi qismi esa O‘zbekistonda davlat, nodavlat va xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan kadrlar.

Ularni birlashtiradigan narsa  bo‘yinlaridagi galstuk va Siyosatning jamiyatni o‘zgartiruvchi kuch ekanligini tushunmaslik kabi shizofreniya.

Ular Karimov haykali tikilgan yurtda «biror narsa o‘zgaradi» degan o‘zlari ham ishonmaydigan cho‘pchakka boshqalarni ishontirmoqchi.

Bularga qarata men texaslik kovboylar aytadigan gapni qaytaraman. Yerda o‘lib yotgan odamga qarab kovboy «Sen shunchalik krutoy bo‘lsang nega o‘liksan?» deydi. 

Nega bunchalik o‘liksiz?

O‘likdan biror naf chiqmaydi. Karimov o‘ligidan va uning o‘lgan «Umid»idan ham.

Siyosiy isloxot Lyustratsiya va eski tizim demontaj qilinishini taqozo qiladi. Bu siyosiy isloxotga Karimov davrida yetishgan boshqaruv elitasi xususan Mirziyoev qamoq xujrasining panjarasidan qarab o‘tirish huquqigagina  ega. 

MS: Boshing omon bo‘lsin nerda bo‘lsongom,

Go‘zzingdagi yoshing yoddon chiqmosin.

Na-da murod bilan Sultonbovodon

Olib galgan doshing yoddon chiqmosin.

Yo‘qotilgan allod

O‘zbekistondagi «yo‘qotilgan avlod» mansubi bo‘lgan yigitlar eng iflos yo‘l bilan ham ham pul undirishni istaydigan maxluqlarga aylanishgan. Bunga hayotning o‘zi kunora misollar beryapti. Samarqand. O‘sha basseynga kupalnik bilan tushgan qizlarni jazolaydigan tupoy milisalar, devordagi rasmni o‘chirtiradigan urod mallimlar, ko‘chaga qo‘yilgan ulug‘ rassom otini oldirib tashamoqchi bo‘lgan chmo domkomlar yashaydigan zalolat maskani. 

Xullas Samarqand viloyatidagi 32 yashar I.M. ismli xotin joriy yilning yanvar oylarida “Abdulaziz” ismli yigit bilan tanishib, u bilan yaqin munosabatlarga kirishib, gaplashib yuradi. Abdulaziz degan aprs bu lox xotinning qulag‘iga «senga uylanib baxtli qilaman»  deb lag‘mon iladi. Bu orada “Abdulaziz” bu xotinning  ishonchiga kirib, uni uy sotib olish niyatida pul yig‘ib qo‘yganligidan xabardor bo‘lganligini, shunda uning ishonchiga kirib unga subsidiya asosida uy olib berishni va'da qilib, 2023 yilning mart oyida 7.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni, so‘ngra esa haydovchilik guvohnomasi olib berishni va'da qilib, 950.000 so‘m miqdoridagi pulni  olib yeb yutib yuboradi. 

Bundan tashqari, “Abdulaziz” uning obro‘siga putur yetkizadigan videotasvirlarini Internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborishini bildirib, ushbu ishni qilmaslik evaziga 5.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni berishni  talab qiadi. 

Jonidan o‘tib ketgan xotin milisaga murojaat qiladi. 

Bu xotin arizasi asosida viloyat IIB TQX JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Abdulaziz” ismli yigit arizachidan uning shaxsiy videotasvirlarini Internet tarmog‘iga tarqatmaslik evaziga talab qilib kelgan 5.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. “Abdulaziz” ismli yigitning shaxsiga aniqlik kiritilganda u muqaddam sudlangan 39 yoshli N.A. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) va 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu moddalar bilan unga ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda, ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

MS: Nerda vu apirist?

 Aprs qamag‘da.

Ey go‘zal Qirim!

Barchaga yangi kun qutlug‘ bo‘lsin.»Ey go‘zal Qirim» Taniqli qo‘shiqchi Jamala chiqargan yangi musiqiy albom o‘ris bosqinchilariga bo‘lgan nafratimizni kuchaytiradi. Chunki bu o‘ris bosqinchilari Jamalaning ona vatani Qirimni qonga botirishgan.  19 asrda  Chor imperiyasining Qrimdagi imperiyachilik  siyosati yarim oroldan Qrim tatarlarining ikki katta to‘lqinini ketib qolishni yuzaga chiqardi. Sovet genotsidi bu siyosatning cho‘qqisi edi.

Qrim tatarlari deyarli yarim asr davomida o‘z vatanlaridan ayro yashadilar. 

1944 yilning mayida Sovet hukumati jallodlari  ularni Qrimdan deportatsiya qila boshladi.

Faqat uch kun ichida 220 000 dan ortiq odam Sovet Ittifoqining sharqiga – Uraldan tashqariga va Markaziy Osiyoga olib ketildi.

Deyarli 8 ming kishi haddan tashqari  sharoiti og‘ir bo‘lgan mol tashiladigan yuk vagonlarida o‘ldi.  Dastlabki bir necha yil ichida deportatsiya qilinganlarning yana uchdan bir qismi vafot yetdi.

1944 yildan boshlab  Sovet Ittifoqida Qrim tatarlari haqida gapirish ham taqiqlangan: aholini ro‘yxatga olishda ham, rasmiy tarix fanlari va etnografik tadqiqotlarda ham sukut saqlandi. Sovet hukumati Qrimdagi shaharlar, qishloqlar va ko‘chalarning deyarli barcha Qrim-turk  nomlarini o‘zgartirdi. Va Qirim vatandoshlarining uylariga rus harbiylari va NKVD zobitlarining oilalarini joylashtirdi.

«Men bu yerda yasholmadim. Vatanimga hasrat qoldim, ey go‘zal Qirim»

Munisaning chamadoni

MS: Bu jamalak dayanni itam donimidi. Ina Munisa dagani bor. Dik olodi xorop. Ëvvoyi pishikdin.

RT: O‘zbekiston va dunyoda shuncha voqealar bo‘layotgan paytda o‘zbeklarni faqat bitta voqea to‘lqinlantirmoqda. Ashlachi Munisaning chamadoni Istanbulda qolib ketibdi. Bechora Bodrumdagi kurortga bitta shippak va kir mayka sho‘rtuda kebti. Mana sizga o‘zbeklar uchun asr fojeasi.

MS: Sani qizg‘ong‘onnon tilka poromon,

Quvri o‘lgan odom sango boqmiydi.

Alingnan dod atip neyra voromon,

Saningdiyn qiz oxir kima yoqmiydi.

Sani dap yonomon gulxonnon gulgun,

Sani dap bir guni o‘chip getaman.

Yo sani to‘y atip olomon bir gun,

Yo vo‘lmoso berdan ko‘chip getaman.

200 million dollarni fortochkadan qanday irg‘itsa bo‘ladi?

Juda oddiy ekanligini tushuntirib berishdan oldin rasmiy habarni ulashsam. Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev Navoiydagi «saylovchi» lar bulan betlashgan paytida mana bu gapni dedi:

“Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirgan o‘g‘il-qizlarimizga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi.

“Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. 

Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi.

Endi bir sirni aytsam. O‘zbekistonda universitetga kirish qiyin ammo chet eldagi universitetlarga kirish oson, ammo bitirish qiyin. O‘zbek abiturient so‘nggi 6 yildagi o‘zgarish bois darrov chet eldagi universitetga kira olmaydi. Xalqaro standartga ko‘ra kamomadini o‘qib berish kerak (Karimov davrida xalqaro stadndart bor edi) Kamomadni o‘qigan student aytaylik Pragadagi Karlov universiteti cho‘pchak fakultetiga qabul qilinadi. Karlov top 500 taga kiradi. Demak o‘zbek student bola o‘qishga kirgani haqidagi «isprapka»ni oborib bersa o‘zbek hukumati pulini to‘lab beradi. O‘qigani uchun yashash vizasi ham olgan bu o‘zbek «student» darsga bormay uber taksi haydab O‘zbekistondagi enasiga pul jo‘natadi. Yaxshi o‘qimagani uchun uni cho‘pchakchilik fakultetidan haydashadi. U bir amallab ish vizasi qilib Chexiyada qolib ketadi. Uber haydaydi agar AQShda bo‘lsa fura minadi. Balkim traktor haydar. Nima qilsa ham undan o‘qimishli inson chiqib O‘zbekiston koriga yaramaydi. Unga berilgan pul esa xuddi fortochkadan otvorilgan musor kabi besamar bo‘ladi. O‘zbekiston nima qilsang ham o‘xshamaydigan jamiyat.

MS: Ilonlo o‘rmalap yurar haz atib,

Sulyunla boshlodi ajoyib gulki.

Go‘zzimni teyinnan boqsom as atib,

Bu bog‘ olg‘on akan jannatdan ulgi.

Sani moxtop sayrar bulbul, to‘tilo,

Mani holim hamma oshiq holidiyn.

Ishq yomg‘iri yog‘ib, ko‘nglimda o‘tlo

Go‘karib chiqdilo, bo‘lib g‘olidiyn.

«feedback»

Xayrilla Nuridinov va naftalin xidi anqigan bir arava odam «jurnalistlar bayrami»da o‘rden oldi. Xuddi Sovet davridagi kabi «otdel nagrad» tanlab olgan odamlar suruvi. O‘rden olganlarning matbuotdagi o‘rni deyarli yo‘q. Palon qishloqda har zamonda oz nushada chiqadigan qog‘ozdan bo‘lgan gazetaning jamiyatga ta'siri no‘l. Soxildagi kapalakning qanot silkishi okeanga qanday ta'sir qilsa o‘rden olganlarning  jamiyatga ta'siri shuncha. Ta'sir qilish masalasida Eltuzda yaxshi tajriba bor…

Bir kuni bir odam telefon qilib paloncha pulimni palon amaldorning qarindoshi obqo‘yib bermayapti dedi. Bu odam O‘zbekistonda, Eltuz muxbirlari esa Berlin, Praga, Stokgolm, Lissabon, Bonn va boshqa bonlarda «chachilib yotibdi».  Xullas bu muxbirlar o‘rganib maqola yozdi. Maqola yozilib tayyor bo‘lganida Londondagi muxbirimiz ichiga sig‘may ketib, qisqa va o‘ta abstrakt anons chop qildi. Bu anons xuddi Pompeyada otilgan vulqon kabi rezonans berdi. Hali chiqmagan maqolani aynan kim yozganini bilmagan mulozimlar barcha muxbirlar «qalbiga yo‘l izlab» boshladi. Barcha muxbirlarning son sanoqsiz qarindoshlari birdan paydo bo‘lib «uka yaxshimisan, o‘lgan otang tushimga kirib jigaringdan xavar ol dedi» deya avradi. O‘sha mulozimning shotirlari telefon qilib «uka gaplashaylik» deb boshladi. 20 yil oldin yuzko‘rmas bo‘lib ketgan «qarindosh»ning qalbida birdan mexr uyg‘onib shartta Londondagi  muxbir «jigari»ni ko‘rish uchun jihodga otlandi.  Britaniyaning Toshkentdagi konsulligi viza bermadi. Lekin ular eng yuqoridan xat qildirib vizani olib Londondagi «muxbir qarindosh» diydoriga to‘yish uchun oshiqishdi. O‘rtaga qazi, qarta, archa kabob, norin, konyak, viski  va palov ham kirib muxbirlarni avrashga vasila bo‘ldi. Oltin bilan tikilgan har biri 1500 yevro turadigan choponlar ham diplomatik yo‘nalishda ishga kirishdi. Stokgolm, Lissabon, Praga va Berlindagi muxbirlar va Londondagi jurnalistlar oshni yeb patixani urishdi. Lekin gapga kirishmadi. Keyin anavi boy ota o‘rtaga tushdi. «Man palonchi o‘g‘riman. Koronani Yo‘ldoshdi o‘zi kiygizgan.» 

Bu o‘g‘riga  «jinoiy avtoritetlar ponyatkasidagi siyosatga aralashmaslik »  tamoyili sekin tushuntirildi. O‘g‘ri boy ota zadniyga urdi. 

Bu juldirvoqi jurnalistlarni avraydigan ko‘lvor ilon hali yumurtodan chiqmagan edi. 

Xullas kunlardan bir kun Londondagi jurnalistning kulbasidagi eski telefon sholdiradi. «Uka men janob oliylarining  adyudandiman. Xozir siz bilan o‘zlari gaplashadi». 

«O‘zlariya?»

«Ha ishonmasangiz mana videoni yoqaman.» Darhaqiqat video yoqilganda janob oliylarining ulug‘vor turqi shamoyili ko‘rindi. 

«Balam qo‘y endi. Bilaman seni yozganing to‘g‘ri. Hatto sen bilmagan yana o‘ttizta jinoyati bor bu kalamushni. Sal vaqt ber menga, uzog‘i bilan uch oyda dumini tugaman. Xozir sal nozik payt. Bu kalamushni kremlda egalari bor…» Janob oliylari yana ancha gapni aytib aytib javobni eshitmay trubkani joyiga ilib qo‘ydi. 

Londonning yomg‘irli havosida bir vayrona kulbada yirtiq jo‘rop kiyib o‘tirgan jurnalist g‘alati ahvolda qoldi. 

Nahotki men yozganlarim  saroyni shu qadar qaltiratib yubordi? Boshqa tarafdan bu «feedback» edi. Bu «feedback». do‘stlik o‘rdenidan ham qimmat.

«feedback»  bu muayyan  kontent voqea yoki harakatlarga javob. Bu bitta odamning yoki katta auditoriyaning javobini anglatadi.

O‘quvchilarning kontentga javobi¸ reyting, sharhlar, izox¸ yoqtirishlar, repostlar. Ular bunday kontent haqida yaxshi fikr bildirganidan darak.

Mulla nega kerak?

MS: Og‘o shu mo‘llola bir gun qarasang hammani paranjiga diqjoqla. Bir qarasang xotinlara addelniy poezd. Shu mo‘lla naya garak.?

RT: Oddiy qilib tushuntiraman. Jamiyatni bir mashina deb tasavvur qiling. Undagi barcha narsa avtomobilning tez va ravon yurishini ta'minlaydi. Mashinani portlatib yuboradigan mexanizmni uning ichiga o‘zini bilgan injener o‘rnatmaydi. Siyosiy islom (xizb, salafiy va hk) zamonaviy demokratik tuzumni demontaj qilishni o‘z oldiga qo‘ygan harakat. Motor ichiga qo‘yiladigan soatli bomba. Negadir Frantsuz faylasufi Volterga ko‘ra¸ dunyodagi eng so‘ngi cherkov ag‘darilib eng so‘nggi ruxoniy ota shu cherkov toshlari ostida majaqlanib o‘lsa insoniyat baxtli bo‘lar ekan. Volterning bu gapinii kengroq talqin qilsa bo‘ladi. Insoniyat fikri o‘yi ustidan o‘zining mutloq hukmronligini o‘rnatmoqchi bo‘lgan har qanday klerikal g‘oya¸ mafkura yoki sekta taraqqiyot uchun kishandir.

Namangandagi imom yordamchisi bo‘lgan oq soqolli mullaning yosh bolani zo‘rlayotgani aks etgan videoni to‘laligicha ko‘rdim. Agar bu videoni FBga qo‘ysam bloklanaman. Umuman bu birinchi marta emas. Allaqachon o‘zbek masjidlari seksodromga aylanib trax trax bo‘lib yotibdi. Oltinxon to‘ra masjidi imomi masjid mehrobida mutavallining xotini bilan oral seks qiluvdi. Ëki o‘sha Namanganda qur'on o‘qish bo‘yicha musobaqa g‘olibi bo‘lgan mulla yosh o‘g‘il bollar bilan jinsiy aloqa qilganlikda aybdor topilib qamalib ketuvdi. Faqat bizda shunaqami? Yo‘q albatta. Erdo‘g‘on Turkiyasida piligi ko‘tarilgan mulla va imomlarning masjidda yosh bolalarni zo‘rlagani yuzasidan yiliga yuzga yaqin sud mahkamalari bo‘ladi. Turkiyaning Balikesir (Balıkesir) bo‘lgasi  Dursunbey  elchasi  Ericek mahallasidagi qishloq masjidi imomi  8-12  yoshdagi bolalar bilan seks qilgani uchun qamaldi. Bu bolalardan 4 nafari o‘g‘il bola. Umumlashtirishni sevmayman. Lekin Negadir diniy radikalizm kuchaygan joyda o‘g‘il bollar bilan seks qilish ya'ni pedofillik soni statistik raqamlarda ko‘paygani ko‘zga tashlanadi. Afg‘onistonda Qandaxor pedofillar eng ko‘p urchigan xudud. Ayni paytda Qandaxor diniy ekstremizm o‘chog‘i.

MS: Og‘a Anvar Nazir dagan biratni yozganini o‘qisangiz

Maqtanchoqlar podasi

Agar bunday dahshatli holat  normal jamiyat va yurtda yuz berganida, prezidentdan tortib deputatgacha – hamma munosabat bildirardi. Lekin savollar bor: 

O‘sha ro‘yxatdan hammani chiqazish katta xato bo‘lmadimi?

Bularning hammasi vijdon  mahbuslari deyilgan boshqa ro‘yxatni kim tuzdi o‘zi?

Nega bu odam, shuncha qamalib chiqib, yana imom yordamchisi bo‘lib tayinlandi? Muzaffar Komilov, din qo‘mitasi boshchisi, bu sizga savol! 

Yana biz bilmagan qancha fakt bor bu mavzuda?

Nega katta dinchilarimiz va ma'naviyatchilarimiz jim? Xotin kishi mavzusida bir og‘zi yerda, bir og‘zi ko‘kda bo‘lgan farishtalar qani?

Yangi O‘zbekiston davrida hammani alohida o‘rganmasdan ro‘yxatdan chiqarishgani shu ahvolga olib kelmadimi?

Nega shuncha qamalib, shuncha qonun buzgan odamni ichki ishlar xizmatlari profilaktik nazorat qilishmadi? Ukraina mavzusida fikr bildirgan yoki prezidentni ozgina tanqid qilib ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirganni chaqirib, nazorat qilishdan charchamaydigan terrorizmga  va ekstremizmga qarshi ichki ishlar bo‘limi qani?? 

Birovlarni, chet elliklarni, LGBT mavzusini chaynab, g‘iybat bilan ovora farishta jamoatchilik qani? Vaqtini birovlarning aybini qidirishga ketkazadigan farishtalar qani? «Biz Yevropa emasmiz», mentalitetimiz, u-bu, deb  yurgan maqtanchoqlar podasi qani? Bitta basseyn deb doood degan ko‘pchilik qani? 

G‘arbda mana bir necha yil cherkovdagi pedofiliya fosh qilinyapti. Kinolar olindi, kitoblar chiqdi, jabrlanganlar televidenieda chiqishdi, ularga kompensatsiya to‘landi, cherkov  jamiyatdan uzr so‘radi. Ya'ni bu jamoatchilik uchun eng muhim mavzuga aylandi, bizda-chi? Bir yetimxona, keyin bog‘cha – hammasi osongina qutuldi. Ko‘pchilik esa  sezmadi ham. 

Va eng muhimi, yaxshiyam so‘z erkinligi ozgina bo‘lsa ham bor, ochib tashladi. Bo‘lmasa yana bu jinoyat boshqalari singari yopdi-yopdi bo‘lib ketardi. 

Anvar Nazir

O‘zbekiston boshqaruvidagi hususiyat

O‘zbekiston boshqaruvidagilarga xos ikki xususiyat bor. Ularning barisini ichida ta'magir poraxo‘r yashaydi. Ikinchidan ularda empatiya, ya'ni achinish xissi yo‘q. Bir paytlari Toshkentda Mirag‘lam degan zamprokuror bo‘lardi. Mirziyoev davrida qamalgan. Blin zuluk ham undan uyalardi. 

2003 yil yoz. Mirag‘lamning Toshkentdagi xovlisi. Mirag‘lam xovlidagi supada o‘tiribdi. Bir odam kirib kelib supa yonida turadi. Mirag‘lam o‘tir deb ham aytmaydi. Mirag‘lam odamlarga kaltakesakka qaraganday ijirg‘anib qarardi. Kelgan odam qo‘lidagi paketni so‘ri chetiga qo‘yib «Muxabbat opa aytgan summani obekeldim» deydi. Paket ichida 70 ming yevro bor edi. O‘sha paytda yevro endi chiqqan va tanqis edi. Bir oy oldin bu odam 70 ming dollar ko‘tarib kelganda uni taxqirlash uchun shuni yevroga aylantirib kel deyilgan edi. U odam dollarni yevroga aylatirish uchun bir oy yugurdi. Nihoyat 70 ming yevro ko‘rpacha ustida. Mirag‘lamni ko‘zi marmar favvoradan oqayotgan suvda. Xizmatkor kelib mexmonni qo‘lidan ushab xovlidan chiqarib yuboradi. Bechara pul berganidan mamnun bo‘lib ketadi. U odamni bu pulni olib kelishga majbur qilgan Mirag‘lamning advokat xotini Muxabbat edi. Darrov aytaman. Bu odamning o‘g‘lini Mirag‘lamning milisada ishlaydigan jiyani podstava qilib Toshoblda qamagan edi. Milisaga qo‘l ko‘tardi deb rasmiylashgan ish narkotik savdosi va yana boshqa moddalar qo‘shilib katta srok oladigan ishga aylantirildi.

Bolaning qarindoshlari mashina¸ uy joy va taqinchoqlarini sotib 70000 yevro yig‘ishdi.

Uch yil oldin bechoralarga zulm qilgan xotin qora turoqqa ko‘mildi. Uning sassiq tanasini qurtlar yedi. Necha marta ko‘karib chiqdi.

Rassom Tuzga zulm qilgan ne ne kimsalar qaro tuproq ichida yotibdi. Nechtasi qamag‘da. Bittasi qamag‘da birovning xaltasidan ovqat o‘g‘irlagani uchun urib mayib qilingan. Qamag‘dan chiqib xor zorlikda o‘lib ketdi. Nima devdilar Bobur bovomiz. Har kimki jafo qilsa jazo topqusidir. Yaxshi kishi (ya'ni kamina Rassom Tuz) daryo bo‘yida sokin o‘tiribdi. Daryodan bir vaqtlar zulm qilganlarning jasadlari oqib o‘tmoqda.

Matchon suqilish: Kim birovga chuqoloq qazsa o‘zi o‘sha yerga tushadi. Qoni alingizni ochip uring potyani og‘o!

Assalam O‘zbekiston Juma Muborak!       

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
19 oktyabr 2018
Muhammad Bekjon esdaliklaridan iborat birinchi kitobning so‘nggi qismi 1999 yil 16 fevral portlashlari yoritilgan maqolalarga asoslangan. Karimov rejimi muxolifi ...
29 iyun 2018
«Nonkesar» nonni bo‘laklarga ajratish bilan band, yonida sut chelagi va yana allambalo narsalar… «Yo‘qot ashqol-dashqolingni! Tezlat, jallab! Nega immillaysan, ...
13 iyul 2017
15 iyuldan tabiiy gaz, issiqlik va elektr narxlari qimmatlaydi. 21 iyuldan esa suv narxlari ko‘tariladi. O‘zbekiston moliya vazirligi reestriga ...
23 dekabr 2019
Taniqli siyosatchi va shoir Muhammad Solih “Begona” filmining 9-qismida prezident saylovida muxolifidan ko‘proq ovoz qozongani bois, saylov natijalarini soxtalashtirishga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...