Asosiy mavzular
28 aprel 2024

Teragi kesilgan fermer

«Hayotda har bir odam qiladigan uch ish bor. Daraxt ekish. Farzand o‘stirish va kitob yozish.»
Bu gap 19 asrda yashab ijod qilgan kubalik publitsist Xose Martiga oid.
Bugungi hikoyamiz qaxramoni 68 yashar Baxtiyor aka qiz o‘stirdi¸ daraxt ekdi. Ekkandayam ellik ming tup terak va ming tup yong‘oq.
Ammo bu daraxtlar qad ko‘targanida uni xokimiyat vakillari kesib tashladi.
Baxtiyor akaning keyingi uch yil mobaynida sudma sud yurib o‘z teraklari himoyasiga yozgan arizalarini bir yerga to‘plasa yostiqday kitob bo‘ladi.
Videoda ko‘rayotganingiz to‘nkalar yaqindagina ko‘kka o‘rlagan teraklar edi.
Eltuz tanishgan hujjatlarga ko‘ra¸ bu teraklarni hokimiyat vakili kesib olib ketgan. 2023 yil kuzidan to 2024 yilning mart oyiga qadar bo‘lgan vaqtda eng kamida 33 ming tup terak kesib olib ketildi.
Fermer Baxtiyor Xolxo‘jaev teraklari kesib tashlangan bu yerni 2018 yili tenderda yutib olgan edi.
Paxta va g‘alla yo‘nalishidagi faoliyat uchun tenderga qo‘yilgan bu yerni tender g‘olibi o‘laroq olgan Xolxo‘jaev Farg‘ona tuman hokimining 2018 yil 9 fevraldagi 308 sonli qarori asosida bu yerda dehqonchilik qildi.
Ammo bir yil o‘tar o‘tmas muammolar boshlandi. 2019 yili Xolxo‘jaevga oid yerning 11¸5 gektari «Paxta oy Agro» fermer xo‘jaligiga olib berildi. 2021 yil 4 iyulda chiqarilgan Farg‘ona tuman hokimining 453 sonli qarori asosida 99 gektar yer fermerning yozma roziligisiz tortib olinib «Fergana Oceana» MChJga berib yuborilgan.
Eltuz suhbatlashgan huquqshunos Asqar Fayzullaevga ko‘ra¸ bu vazirlar mahkamsining 2003 yildagi 476 qaroriga zid bo‘lgan oshkora qonunsizlikdir. Fermer qisman o‘zining 99 gektar yeridan 51 gektarini qaytarish uchun ariza yozgan xolos.
Terak va yong‘oqlarning kesib tashlanishi yuzasidan Eltuz muxbiri Farg‘ona tumani Langar MFY raisi Naziraxon Akbarovadan izox so‘radi. Suhbatdosh fermerni ogoxlantirmasdan daraxtlar kesilganini ta'kidladi.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashi raisi Mo‘minov imzolagan 2021 yil 18 may tarixli tuman kengashi qarorida fermer Xolxo‘jaev yerlarini tortib olish sabablari keltirilgan.
Xujjatda Xolxo‘jaevning 3 yil mobaynida paxta va g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bajarmagani¸ paxta meydonlarini begona o‘t bosgani¸ agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani ta'kidlanadi.
Shuningdek Xolxo‘jaev kultivatsiya ishlarini sifatsiz bajargan yerga qo‘shimcha mineral o‘g‘it bermagan.
Fermer xo‘jaligi soliq va boshqa to‘lovlarni vaqtida amalga oshirmagan. 2020 yil xolatiga ko‘ra davlat soliq inspeksiyasidan 42 million 489 ning so‘m qarzdorlik mavjud. SIU tashkilotidan suv uchun qarz 2020 yil xolatida besh million 810 ming so‘mni tashkil qilgan.
Shulardan kelib chiqib «Muhammad Xolxo‘jaev»fermer xo‘jaligining 95 gektar yeri tortib olingan. Yer maydonidagi kmaida 33 ming terak qarzni undirish vaji bilan kesib olingan.bu
Baxtiyor aka bu qarorda keltirilgan sabablarning haqiqatdan uzoqligini isbotlash uchun idorama idora yurib boshladi.
Ammo hokimlik byurokratiya tizimi deb nomlashiiz mumkin bo‘lgan mashina qoshida fermer chorasiz qoldi. Huquqshunos yordami zarur edi bu xolatda.
Baxtiyor Xolxo‘jaev huquqlarini himoya qilayotgan huquqshunos Asqar Fayzullaev fermerning yeri olinib teraklari kesilgani xolatida qonunchilikka rioya qilinmaganiga e'tibor qaratadi.
Video sinxron Titr huquqshunos Asqar Fayzullaev 4.52 minutdan boshlab
Lekin hech qanday jinoyat ishi ochilmadi. Vaziyat eski tos eski hammaom tarzida qolaverdi.
Dehqonchilik mashaqqatli soha. Agroiloxot o‘tkazilmagan¸ yerga bo‘lgan egalik huquqi mavhum va hokimlikning tashqi aralashuvi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston qishloq xo‘jalik sohasi muammolar ko‘pligidan boshi berk ko‘chaga kirganday taasurot qoldiradi. Har xolda qaxramonimiz keksa fermer Baxtiyor aka Xolxo‘jaev buni o‘z taqdirida sinab ko‘rdi.
Dehqon ertalab soat to‘qqizda ishga borib oltida uyiga qaytadigan xizmatchi emas.
U o‘z ish joyida uyg‘onadi va shu ish joyda uxlaydi. Fermerlik bu hayot tarzidir. 15 asrda yashagan nemis faylasufi Martin Lyuter «agar ertaga qiyomat bo‘ladi deyishsa bugun daraxt ekaman» deb yozgan edi.
68 yashar Baxtiyor aka o‘z huquqlari va boshqa o‘zbek dehqonalri huquqlari himoya qilinadigan agro isloxotni ko‘radimi yoki yo‘qmi bilmaymiz.
Balki qishloq xo‘jalik sohasi juda yomon tanazul botqog‘iga botar.

Bilganimiz shuki Baxtiyor aka bugun ham daraxt ekdi.
Fermerning teraklari 2023 yilning oxiri noyabr-dekabr oylari va 2024 yilning boshi yanvar-fevral oylarida kesib olingan. Fermerga bir dona ham terak berilmagan. Hammasini klaster olib ketgan.

Tag‘in o‘qing
26 oktyabr 2015
Samarqandning Urgut tumanidagi maktablardan birida esa bolalarini Hayit namoziga olib bormaslik haqida ota-onalardan tilxatlar olingan, talabni buzganlar 15 minimal ...
15 fevral 2023
O‘rusiya shaharlaridan birinda bir qizaloq yashardi. Sochi sariq, ko‘zi ko‘m-ko‘k qizgina. Bir kuni shu qizning otasiga voenkomatdan povestka keldi. ...
4 aprel 2018
«O‘zbekkontsert» davlat muassasasida 30 mart kuni san'atkorlar ishtirokida «To‘y-hashamlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda majlisda ...
6 noyabr 2018
Farg‘ona viloyati notarial idoralarining bir guruh sobiq xodimlari o‘zlariga nisbatan Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) tomonidan uyushtirilgan ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...